Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.9K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari – Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashdi.

Unda vazirlik va tashkilot mas'ullari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda vazirlik va UNICEF bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari, ta’lim tizimidagi islohotlar, o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Rehina Kastijio vazirlik va UNICEF o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash niyatida ekanini ma'lum qilib, bu borada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24|Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar yangi imkoniyatlar eshigi

Uza.uz|Prezident maktablarida Murojaatlar markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

"Oʻzbekiston" telekanali|Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga hujjatlar qabuli bilan bog'liq jarayonlar

Rasmiy xabarlar
|Joriy o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand viloyatlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etildi

UzReport |Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli yuzasidan lavha

"Oʻzbekiston" telekanali|Shayxontohur ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati va yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilayotgan qabul jarayonlari "Yangi Oʻzbekiston" dasturida

Samarqand MTRK|Prezident, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o'quv yili uchun qabul masalalari

Yoshlar TV|Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga press-tur

Sirdaryo MTRK|Guliston shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” bo’lib o’tdi

Sevimli|Nukus shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Xorazm MTRK|Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtgan “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas” tadbiri tafsilotlari "Assalom, Xorazm" dasturida

Qaraqalpaqstan MTRK|Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari televiktorina bellashuvi ishtirokchlari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️ IQTISODIYOT SOHASIGA QIZIQUVCHILAR UCHUN AJOYIB YANGILIK!

❗️ Dunyoda top 13-oʻrinda turuvchi AQShning Chikago universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan yozgi maktabga qabul boshlandi.

Yozgi maktabda sizni quyidagilar kutmoqda:
dunyoning yuqori oʻrinlarda turuvchi oliygohlaridan kelgan professorlarning mahorat darslari;
iqtisod sohasiga qiziquvchi saralangan yoshlar bilan doʻstona aloqalar oʻrnatish;
oʻz karyerangizni rivojlantirish uchun mutaxassislardan maslahatlar.

Kimlar qatnasha oladi?
oʻz bilim va tajribasini oshirishni maqsad qilgan iqtisodiyot sohasida ishlovchi xodimlar;
kelajakda ushbu sohada ishlashni maqsad qilgan oʻquvchi va talaba yoshlar.

📝 Roʻyxatdan oʻtish
🌐 Batafsil

📆 Roʻyxatdan oʻtish joriy yilning 16-iyun sanasiga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#moliyaviy_savodxonlik
#davra_suhbati

⚡️AGENTLIKDA DAVLAT XARIDLARIGA OID DAVRA SUHBATI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Toshkent shahar G‘aznachilik boshqarmasi bilan hamkorlikda davlat xaridlariga oid soha qonunchiligi, tizimning nazariy va amaliy asoslariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Agentlikning Moliya-iqtisod boshqarmasi, Buxgalteriya hisob bo‘limi mutaxassislari, tizimdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning direktor va tegishli xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat xaridining mohiyati, maqsadi va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar haqida so‘z bordi.

Bundan tashqari, davra suhbati doirasida Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazilib, davlat xaridlari sohasida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari e’tiboriga davlat xaridlari tizimida savdolarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha taqdimot havola etildi.

Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy teatrni ibratxonaga mengzaganda juda to‘g‘ri ta’rifni tilga olgan edi.

Buni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Turon” maktab teatri tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida yana bir bor his qildim.

Belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan Navoiy viloyatining “Ibrat” jamoasi chet elga ta’lim sayohatiga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.

Men ushbu ma’rifat tanlovida qatnashgan yoshlarni chin qalbimdan qutlagan holda, “ilm egallashdan, kitob o‘qish va tafakkuringizni boyitishdan to‘xtamang”, deb qolaman.
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Joriy yilda tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlaridagi filiallariga qaysi siniflarga qabul boʻladi?

2024/2025-oʻquv yilida:
Nukus filiali
🇺🇿 Oʻzbek tili sinflari boʻyicha 5-, 6-, 7-sinflariga,
🇺🇿 Qoraqalpoq tili sinflari boʻyicha 5-, 8-, 9-sinflariga;
Andijon filialining 5-, 7-, 8-, 9-sinflariga;
Samarqand filialining 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflariga oʻquvchilar faqat aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni paytda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan“Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya o’z ishini boshladi.

✔️Unda bir qator xorijiy va mahalliy ta’lim sohasi mutaxassislari, ustozlar va metodistlar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining nusxasi;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Incheon_taʻlim_festivali

⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichiga start berildi.

Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi.

Festivalning birinchi bosqichi joriy yilning 27-31-may kunlari Agentlik tizimidagi maktablar va umumtaʼlim muassasalarining koreys tilini B1 darajasida biladigan 7-10-sinf o‘quvchilari oʻrtasida onlayn formatda o‘tkazilgan edi.

Eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar o‘quvchi Festivalning yakuniy bosqichida ishtirok etib, bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazadi. Festival doirasida Koreya oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Ta’lim yarmarkasi” ham bo‘lib o‘tadi.

Festivalga Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal