Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Nigora Abdulazizova Xitoyning Malayziyadagi Xiamen universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga kirdi.

Bugungacha oʻquvchimiz xorijiy oliygohlardan yutgan jami grantlar miqdori 688.000 AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Nigora Abdulazizova MUN (Model of United Nation) ishtirokchisi, IELTSdan 7.5 ballik natijaga ega.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

"BARCHA BOLALAR MUVAFFAQIYATLI" LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV


AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda besh yilga mo‘ljallangan “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasini ishga tushirgan. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida mazkur loyiha doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
.

Unda USAID vakillari, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligining tegishli boshqarmalari mutaxassislari, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ishchi guruhi ishtirok etdi.

Muloqotda mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan yoʻl xaritasi muhokama qilinib, yangi takliflarni qoʻshish, ta’lim natijalarini baholash tizimini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qayd etilganidek, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun inklyuziv baholash materiallari va barcha sinflar uchun baholash instrumentlari ishlab chiqilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, “Barcha bolalar muvaffaqiyatli” loyihasi inklyuziv taʼlim bilan bog‘liq uchta muhim yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlaydi: inklyuziv taʼlim uchun qulay o‘quv-metodik materiallar, o‘qituvchilar uchun amaliyot va maktab muhitini yaratish, shu bilan birga  asosiy manfaatdor tomonlar, yaʼni o‘qituvchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda ishlab chiqilgan barqaror siyosatni rivojlantirish. 

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_fan_olimpiadasi
#10_11_may

⚡️STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazildi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi barcha hududlarda yakunlandi.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazildi.

Ma'lumot uchun, Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi shu yilning 23-24-fevral kunlari o’tkazilgan edi.

Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi. Gʻolib va sovrindorlar joriy oʻquv yilining yakunida tantanali tarzda taqdirlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Muhabbat Tojiyeva malaka (test) sinovida eng yuqori — 100 ball natijani qoʻlga kiritdi va oliy toifaning sohibi bo‘ldi.

Avvalroq, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Rishton tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻqituvchilari ham malaka (test) sinovlarida 100 ballni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_university

⚡️Barchani dunyoga mashhur olim Luciano Rezzolla bilan uchrashuvga taklif qilamiz

Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi. U hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratishga qo'shgan ulkan hissasi bilan ham taniqlidir!

📆 Sana: 15-may
⌛️ Vaqti: 13:00-14:00
🗺 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, konferensiya zali

📶 Tadbirda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'ting: https://newuu.uz/rezzolla

❗️ Joylar soni chegaralangan. Koinot haqidagi tushunchangizni kengaytirish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

#uchrashuv #qora_tuynuklar #koinot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
#Spirituality_Sport_Science_Socializing

"SPIRITUALITY, SPORT, SCIENCE, SOCIALIZING" FESTIVALI YAKUNLANDI


Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablarida ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Oʻquvchi-yoshlar orasida sport va milliy urf-odatlarimizni keng targʻib etish, pedagog-murabbiylarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish, taʼlim maskanlarining ayni yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish platformasini shakllantirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan ushbu keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Nurafshon shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtdi.

Yakuniy festivalda mezbon taʼlim maskani bilan birgalikda Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari va pedagoglaridan iborat jamoa ishtirok etdi.

Festival doirasida sport mashgʻulotlari, science, robototexnika oʻqituvchilari va maktab psixologlari tomonidan seminar-treninglar, madaniy-badiiy kechalar oʻtkazildi. Taʼlim maskanlari jamoalari oʻrtasida qizgʻin bellashuvlar, milliy liboslar boʻyicha modalar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi.

Festival nihoyasida ikki taʼlim muassasasi oʻquvchilari va ustozlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube