Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ilmiy_metodik_kengash

ILMIY-METODIK KENGASH YIGʻILISHI DARSLIKLAR MUHOKAMASIGA BAGʻISHLANDI

Bugun, 5-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik mas’ullari, nufuzli oliy taʼlim muassasalari olimlari, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi oʻqituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev yigʻilishni ochib berdi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi, – dedi agentlik direktori. – Mazkur vazifalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha Agentligimizda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yigʻilishda Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan 5-6-sinflar uchun Matematika, 6-sinflar uchun Informatika, 7-sinflar uchun Fizika, 8-sinflar uchun Ona tili, 9-sinflar uchun Biologiya fanidan Kembrij darsliklarining mahalliylashtirish jarayonlari muhokama etildi.

Muhokama jarayonida kengash yigʻilishi kun tartibida belgilangan 9 ta fan darsliklarining tuzuvchi-mualliflari tomonidan taqdimoti oʻtkazildi.

Yigʻilish soʻngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklar taqdimotiga asosan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Ibroyim_Yusupov_nomidagi_ijod_maktabi

Agentligimiz tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida bugungi kunda 191 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.

Bu yerda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 13 ta fan, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 150 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali, kutubxona mavjud. Shu bilan birga aкtyorlik mahorati, dizayn, media, tasviriy va raqamli san’at, musiqa yo‘nalishlarida to‘garaklar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Maktab o‘quvchilarining  34 nafari ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega. Gulqumar Jaqsilikova, Sayora Tileuniyazova, Ajiniyaz Ataniyazov, Muxriddin Qurbaniyazov, Asadbek Sultamuratov kabi bitiruvchilar AQSh, Janubiy Koreya,Turkiya davlatlarining nufuzli universitetlari ta’lim grantlarini qo‘lga kiritgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

IJOD MAKTABIDA GERMANIYA TA'LIM KOMPANIYASI VAKILLARI

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Simson Private Akademie" kompaniyasi rahbari Max Reumschussel va loyiha koordinatori Shonosir Shorahmedov tashrif buyurdi. Ularga Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari hamrohlik qildi.


Mehmonlar dastlab ijod maktabidagi Abdulla Oripov muzeyida boʻlib, atoqli shoir hayoti va ijodiga oid eksponatlar bilan tanishdi. Shundan soʻng Germaniya ta'lim kompaniyasi vakillariga Ijod maktabi faoliyati, bu yerda yaratilgan taʼlim sharoitlari, turli toʻgaraklar, iqtidorli yoshlar erishayotgan yutuqlar haqida ma'lumot berildi.

Tashrif doirasida mehmonlar ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan nemis tili toʻgaragi oʻqituvchisi Nafisa Hamidova va uning shogirdlari bilan suhbatlashdi. Muloqotda nemis tilini oʻquvchilarga oʻrgatishda samarali boʻlgan oʻquv qoʻllanmalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlar tomonidan toʻgarak faoliyati uchun zarur qoʻshimcha elektron adabiyotlar tavsiya etilib, ular bilan taʻminlashda amaliy yordam taklif etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Eco_school

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Trening davomida, o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Xalqaro “Yashil bayroq” mukofotiga ariza berish bo‘yicha soha mutaxassisi tomonidan taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube