Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.1K subscribers
17.1K photos
2.21K videos
70 files
6.42K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | В Джизаке открылась Президентская школа
#12nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
#Prezident_maktablari
#Chavandozlik

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qo’riqlash xizmati bilan hamkorlikda “Kamondan otish”va “Chavandozlik” maydonchasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

📍Tadbir doirasida o’quvchilar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan birgalikda otlar ishtirokidagi ko’rgazmali chiqishlarni tomosha qilishdi va otlarda sayr qilish hamda kamondan otish mashqlarini bajarib ko’rishdi.

⚡️Shuningdek, Andijon shahridagi Prezident maktabida ham 11-noyabr kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati qo’riqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kamondan otish seksiyasi tashkil etildi.

📌Ta’kidlash joiz, bunday tadbirlar yurtimizda yoshlarning sportga bo'lgan qiziqishlarini orttirishda alohida ahamiyatga ega.
#Yashil_makon
#Prezident_maktablari

Xabaringiz bor, butun mamlakatimiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham munosib ishtirok etishmoqda.

🔸
Xususan, Andijon shahridagi Prezident maktabi jamoasi maktab hududida 16 tup archa, qarag'ay, mushmulla va boshqa ko'plab manzarali daraxtlar hamda 16 tup uzum toki ko'chatlarini ekishdi.
________

As you know, the nationwide project "Green Space" continues throughout the country. Schools of the Agency for Presidential Educational Institutions are also participating in this project.

🔸 In particular, the team of the Presidential School in Andijan planted 16 spruce, pine, birch and many other trees and 16 vines
.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Фарғона_Президент_мактаби

⚡️FARZANDI PREZIDENT MAKTABIDA O'QIYDIGAN OTA-ONALAR BILAN SUHBATLASHISHDA DAVOM ETAMIZ

Soyibjon Tojiakbarov - novvoy, Mohiraxon Tojiakbarova - uy bekasi. To'rt farzandning ota-onasi Farg'ona viloyatining Quva tumanida istiqomat qilishadi. Oilada to'ng'ich farzand bo'lgan Hikmatillo Tojiakbarov Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinfida tahsil oladi.

- "Kim o'ylabdi deysiz - oddiy novvoyning farzandi shunchalik marralarga erishadi deb...";

- "O'g'limning o'qishga kirgani haqidagi sms-xabar soat kechki 12 da keldi. Shunchalik xursand bo'ldikki, tong otgunga qadar vaqt qanday o'tganini bilmadik".
_
We continue to organize interviews with the parents whose children study at the Presidential Schools. Tojiakbarov Hikmatillo is a baker and Tojiakbarova Mohirahon is a housewife.Tojiakbarov Sohibjon studies at the Presidential School in Fergana.
#Xalqaro_hamkorlik
#Malayziya

Bugun Malayziyaning Binary universiteti ta'sischisi va ijrochi raisi, Tan Sri Dato professor Joseph Adaikalam, xalqaro hamkorlik direktori Gilbert Alvin, universitet prorektori Puan Sri Datin professor Rohini Devi Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

⚡️Uchrashuv davomida Malayziya tomoni Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati hamda ta'lim tizimini alohida e'tirof etgan holda, o'zaro hamkorlik tashabbusini bildirishdi.

⚡️Tomonlar, shuningdek:
🔸o'qituvchilar malakasini oshirish,
🔸talabalar almashinuvi va
🔸 ta'lim dasturlari yuzasidan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

📌Uchrashuv davomida Agentlik faoliyati yuzasidan taqdimot ham bo'lib o'tdi.
_____
Tan Sri Dato's Professor Joseph Adaikalam - Executive Chairman of Binary University, Gilbert Alvin - Director of International Collaborations, Puan Sri Datin professor Dr. Rohini Devi - Deputy vice chancellor of the University visited the Agency and discussed mutual cooperation.
#Ijod_maktablari

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🏢 Xususan, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi ham Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o'quvchilar uchun kamondan otish bo'yicha mahorat darslarini o'tib berishdi.

📌 Qo‘riqlash xizmati kamonchilar guruhi a'zolari va kamondan otish sport turi murabbiyi tomonidan yosh o‘g‘il-qizlarga ushbu sport turining tarixi, musobaqa shartlari, kamon va o‘qning tuzilishi, tarkibiy qismlari, masofadan foydalanish qoidalari haqida mahorat darsi o‘tildi. O‘quvchilar kamondan otish bo‘yicha o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
_________
It was held a master class in archery for students by the Syrdarya Regional Department of the National Guard at the creative school named after Halima Khudoiberdiyeva.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 24-25-noyabr kunlari “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” mavzusida xalqaro forum tashkil etilmoqda!

Mazkur forumdan ko‘zlangan maqsad:
🔸xorijiy davlatlar vakillarini O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari bilan tanishtirish;
🔸zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning xorij tajribasini joriy etish;
🔸nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashishdan iborat.

⚡️Forumga Yevropa, Amerika, Osiyo qit'alaridan ta'lim sohasining 100 dan ortiq yetuk mutaxassislari, o‘z yo‘nalishida jahonning eng nufuzli ta'lim dargohlari rahbarlari va jahon OTMlari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti ishtirok etishi kutilmoqda.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!
#Xalqaro_forum
#Workshop
Mavzu: "Ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish"

"Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" mavzusidagi xalqaro forum doirasida seminar-treninglar boshlandi!

🔸15-noyabr kuni O'zbekistonga yetib kelgan Germaniyaning TUM International tashkiloti delegatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston” Universitetida universitet xodimlari va pedagog-kadrlar uchun seminar-trening (Workshop) tashkil etildi.

✔️Unda TUM International Strategiya va amaliyot bo‘limi boshlig‘i Jana Legtenborg, loyiha menejerlari Katrin Rixter va Aleksandr Turnvald va oliygoh rahbariyati boshchiligida universitet ta'lim jarayonini strategik rejalashtirish, ilmiy yo‘nalish va g‘oyalar bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

📎 Forum doirasida seminar-treninglar davom etadi...

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot orqali yo’llang!