Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47K subscribers
17.2K photos
2.22K videos
70 files
6.44K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#online

🔴Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" asarini ingliz tiliga tarjima qilgan AQSHlik yozuvchi Mark Riz Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari bilan ijodiy uchrashuv o'tkazmoqda:

👉https://fb.watch/58KQFodb0d/

🔴American writer Mark Reese, who translated Abdullah Qadiri's "Bygone days" into English, is holding a meeting with pupils of the Abdullah Qadiri Creativity School:

👉 https://fb.watch/58KQFodb0d/
#hujjatli_film

“TIRIK SAYYORA” HUJJATLI FILMINING SURATGA OLISH ISHLARI BOSHLANDI

O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda.

Ssenariy muallifi Xurshid Do‘stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov.

📽 Mazkur film syomkalari adib yashagan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi xonadonida, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog‘ida, shoir nomidagi ijod maktabida, muzeylarda bo‘lib o‘tadi, xronikal tasvirlar ko‘rsatiladi, muallifning lirik she’rlaridan parchalar o‘qiladi, oila a’zolari, shogirdlari, adabiyotshunos olimlar va boshqa mutaxassislar intervyularidan foydalaniladi.
❗️E'lon ❗️

O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 92 yilligi munosabati bilan I.Yusupov
nomidagi ijod maktabi
"Sen so'nmaysan poeziya yulduzi"nomi ostida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov shartlari:

❗️Shoir she'rlaridan 3 kuplet parcha o'qib bizga video ko'rinishida jo'natishi kerak.
❗️Video hajmi 30-40 MB dan oshmasligi kerak
❗️Video boshida "Sen so'nmaysan poeziya yulduzi" tanloviga deb aytilishi shart
❗️ Ishtirokchilar yoshi va soni cheklanmagan
❗️Tanlov yakunida 3ta g'olib aniqlanadi
❗️Videolarni qabul qilish 27-aprel sanasidan 3-maygacha davom etadi
❗️ 4-may kuni g'oliblar aniqlanadi
Videolaringizni @JahangirMuratbaev ga yuborishingiz mumkin

G'oliblarni taqdirlash:

Tanlov g'oliblari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi
1-o'rin sohibi faxriy yorliq, statuetka va sovg'alar bilan taqdirlanadi
2 va 3-o'rinlar esa faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi

🎁 Taqdirlash marosimi 6-may kuni bo'lib o'tadigan Gala konsertimizda o'tkaziladi.
Tanlov ijod maktabimizning rasmiy telegram kanalida bo'lib o'tadi⤵️

👉@i_yusupov_mektebi

Savollar bo'lsa⤵️

👨‍💻 @JahangirMuratbaev
#Uchrashuv

Аgentlik tasarrufidagi Аbdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “O‘tkan kunlar” romanini bevosita o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan Mark Edvard Riz bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tadqiqotchi asar tarjimasi jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, o‘nlab lug‘atlarga murojaat qilgani va shevalarni o‘rganish orqali madaniyatimiz bilan yaqinroq tanishgani xususida gapirib o‘tdi.
👉Batafsil saytimizda


В Творческой школе имени Абдуллы Кадири при Агентстве состоялась встреча с Марком Эдвардом Ризом, переводчиком и исследователем, который перевел роман «Минувшие дни» с узбекского на английский язык. В нем исследователь рассказал о трудностях, возникающих в процессе перевода произведения, сославшись на десятки словарей и познакомившись с нашей культурой через изучение диалектов.
👉Подробнее на нашем сайте


A meeting was held at the Abdullah Qadiri School of Creativity with Mark Edward Reese, who translated the novel "The days gone by".
👉More on our site
Mahalliy OAV biz haqimizda

"Zamonaviy ustoz"
gazetasida job.piima.uz imkoniyatlari haqida batafsil yoritildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_siyosati

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yilda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 - yilga mo‘ljallangan Yoshlar dasturi” bo‘yicha, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizimni yaratish, taʼlim muassasalarida o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi va ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

📌 Agentlikning O‘quvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i E’zozxon Karimova bilan suhbatni saytimizda o'qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#yangi_kanal

📣Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinish tartibi, kirish imtihonlari, ta’lim jarayonlari haqida barcha ma’lumotlarni quyidagi (yangi) rasmiy telegram kanalida kuzatib borishingiz mumkin:

👉🏼https://t.iss.one/ictschooluz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PIIMA #PRESS

AQShlik yozuvchi Mark Riz Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurganidan xabaringiz bor. Yozuvchi o'quvchilar bilan uchrashuvdan so'ng o'zining Facebookdagi sahifasida taassurotlari bilan bo'lishdi.
"...ushbu tadbir shu kungacha bo'lgan uchrashuvlarimning eng yuqori cho'qqisi bo'ldi. O'quvchilarning chiqishlaridan ta'sirlanib ko'z yosh ham to'kdim..."
——
The Abdulla Qodiry Ijod Maktab visit yesterday was the high point of my trip so far. Simply amazing. Khondamir Qodiry and I shed a few tears interacting w/ these kids. Nilufar, the Rector, Nilufar from the Agency for Presidential, Creative and Specialized Schools Development are now old friends. Their work is extremely impactful and you can see it in the students. The newly estb Turon Library is gorgeous! Named after the library estb by the Jadids I could easily make it my place to read when in Tashkent. The attached Qodiry Museum has a multi-media approach. I hope to develop more media materials for their presentations...
#Ilk_kitob

⚡️Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi Gulmira Ravshanbekovaning "Sohir so'zga muhabbat" nomli ilk she'riy va hikoyalar to'plami nashrdan chiqdi.

📚 Ushbu kitobining taqdimoti 30-aprel kuni Ogahiy ijod maktabi "Iste'dodlar markazi"da bo‘lib o‘tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Ашхободга жўнаб кетди.
Давлат раҳбарларининг учрашувида икки мамлакат ўртасидаги дўстлик, яхши қўшничилик ва стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, турли соҳалардаги ҳамкорликни ривожлантириш масалалари муҳокама қилинади.
Ашхободдаги “Туркманбоши руҳи” мажмуасида хотира тадбири бўлиб ўтади.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев отбыл в Ашхабад.
Главы государств проведут двустороннюю встречу, на которой будут обсуждены вопросы дальнейшего укрепления отношений дружбы, добрососедства и стратегического партнерства, развития сотрудничества в различных сферах.
С участием лидеров состоятся поминальные мероприятия в комплексе “Туркменбаши Рухы” в Ашхабаде.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
20:00:00-21:00:00
RADIO 24
#padioreportaj

"O'zbekiston24" radiokanalining "Axborot24" informatsion dasturida Abdulla Qodiriy ijod maktabida bo'lgan adabiy uchrashuvdan reportaj tayyorlandi.

"O'tkan kunlarni tarjima qilishimdan maqsad amerikaliklarga serqirra, murakkab, ko'pmadaniyatli o'lkani yaqindan tanishtirish bo'lgan..." - deydi Mark Riz

Radioreportajda ijod maktabi o'quvchilarining adabiyot haqidagi fikrlarini ham tinglashingiz mumkin.
#project #gender

Namangan shahridagi Prezident maktabida o'tkazilayotgan "Face to face with the leader" loyihasining navbatdagi mehmoni Namangan viloyati Adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Zulfiya Ahmedxo'jayeva bo'ldilar.

Trening ayollar va xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini yanada yuksaltirishga qaratilgan "Gender tenglik bizning nazarimizda" mavzusida tashkil etildi.

Jarayon davomida o'quvchi qizlar dunyo mamlakatlari va respublikamizda ushbu sohada tashkil etilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube