Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
69.4K subscribers
20.9K photos
2.63K videos
72 files
7.64K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish sektori boshqaruv direktori Safiya Shakil hamda OTBning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, STEM laboratoriyalarini jihozlash loyihasi muhokama qilindi.

Vazir tomonidan mazkur loyihaning ahamiyati ta’kidlanib, bu yoshlarning zamonaviy bilim va texnologik ko‘nikmalarni egallashlariga yordam berishi alohida qayd etildi.

❗️Ushbu tashabbus mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shish bilan birga, global raqobatbardoshlikni oshirish hamda kelajak avlodni innovatsion rivojlanishga tayyorlashda muhim rol o‘ynashi aytib o‘tildi.


📍 Shuningdek, tomonlar maktabgacha va maktab ta’limi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusi rejalarni muhokama qildilar.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Munavvar kun | Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari ustozlari bilan teledasturda ishtirok etdi.
#surxondaryoMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#dars_jarayoni
#Prezident_maktablari

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida zamonaviy yondashuv fani doirasida 7-sinf oʻquvchilari uchun “Qonun va jinoyat” mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar tomonidan amerikalik bolalar yozuvchisi Doktor Syuzning “Loraks” asari asosida sud jarayoni sahnalashtirildi. Sud jarayonida asar qahramoni Vonsler daraxtlarni kesib, tabiatga ziyon yetkazish va havoni ifloslantirilishda aybdor deb topildi.

Qiziqarli dars jarayoni oʻquvchilarga mavzuni mukammal oʻzlashtirishga yordam berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dastur_ijrosi_amalda

OʻQUVCHILAR ALMASHINUVI DASTURI AMALDA

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida boʻlib, tengdoshlari bilan ilmiy, ijodiy tajriba almashmoqda, Qashqadaryo viloyatining diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Oʻz navbatida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining bir guruh oʻquvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi oʻquv jarayonlarida ishtirok etib, ijodiy va kasbiy toʻgaraklarda mahoratini oshirmoqda. Yoshlar Marhamat tumanida joylashgan Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf uy muzeyi, Andijon viloyat Yoshlar kutubxonasi hamda Erkin Vohidov nomidagi shaxmat maktabiga ham sayohat qildilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 21-noyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM