Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.2K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_baholash_tizimi

2023-2024-o’quv yilidan e’tiboran Respublikamiz boʻylab 500 ta umumtaʼlim maktablarida mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan edi.

📍 Joriy o’quv yilidan boshlab esa mazkur baholash tizimiga yana 1000 ta maktab qamrab olindi.

❗️Ushbu jarayonlar, yangicha baholash tizimi, uning afzalliklari haqida vazirlik rahbariyati, xorijiy ekspertlar, direktor va o’qituvchilar hamda ota-onalar fikrlariga quloq tutdik.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI FAOLIYATI OʻRGANILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Agentlik tizimidagi mazkur maktabda o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganilib, dars jarayonlari kuzatildi. Maktab hududida qurilayotgan oʻquvchilar turar joyi binosi koʻzdan kechirildi.

Bitiruvchi o‘quvchilar bilan bo‘lgan suhbatda Agentlik direktori yoshlarga zamonaviy kasblarni tanlash borasida tavsiyalar berib, yetuk mutaxassis boʻlish uchun oʻz sohasi boʻyicha puxta malakaga ega boʻlish bilan birga, bir nechta xorijiy tillarni bilish, axborot texnologiyalarini mukammal oʻzlashtirish, siyosiy, madaniy bilimlarni ham bilishi lozimligini taʼkidladi.

Oʻrganish davomida ta’lim maskani erishib kelayotgan yutuqlar, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori maktab oʻquv jarayonida qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#yashil_makon

🤩 Agentlik tizimidagi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida kuz mavsumiga mos bo‘lgan gul ko‘chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi.

🌱"Yashil makon" doirasida oʻquvchilar ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi hamda kuzgi gul ko‘chatlari ekildi.

Maʼlumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yig‘ilishida taʼlim tizimi rahbarlariga 20 mingdan ziyod bogʻcha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 2,5 million dona koʻchat ekishni tashkil qilish topshirilgandi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer bilan uchrashdi.

“Mahoratli o’qituvchi — millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari” konferensiyasi doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo’nalishlari va rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida vazir Hilola Umarova O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, buning natijasida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining bilim olish ko‘rsatkichi va natijalari yildan-yilga ortib borayotganligini alohida qayd etib o‘tdi.


Muloqot doirasida mamlakatimizdagi ko‘plab maktablarda joriy qilinayotgan yangi baholash tizimi, uning afzalliklari hamda ta'limdagi o'sish ko'rsatkichlari haqida fikr yuritildi.

Bundan tashqari, Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzurida tashkil etilgan Xalqaro baholash markazi faoliyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

✔️ Andreas Shlyayxer o‘z so‘zida:

"Barchamizga ma’lumki, kelgusi yil PISA 2025 sinovlari bo‘lib o‘tadi va unda o‘zbekistonlik o‘quvchilarning ham munosib ishtirok etishi kutilmoqda. Va o‘ylaymanki, yurtingizda bugungi kunda olib borilayotgan keng miqyosdagi ta’lim islohotlari ushbu jarayonlarda ham o‘z samarasini beradi.

Shuningdek, 2025-yilda TALIS 2024 tadqiqot natijalari e’lon qilinadi. Maktablardagi ta’lim olish sifati va natijalarini o‘zida ifoda etadigan ushbu tahlillarda o‘zbek yoshlarining o‘rni va bilim darajasi munosib baholanishiga ishonaman", — dedi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#qizlar_olimpiadasi

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablarda "Qizlar olimpiadasi"ning maktab bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📚Olimpiada jarayonlari matematika fanidan test va yozma ish shaklida tashkil etilgan boʻlib, maktab bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan (1-2-3-oʻrin) oʻquvchilar Hududiy bosqichga yoʻllanma olishadi.

🗺Jarayonlardan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM