Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Universitetga tayyorlov kurslariga qabul boshlandi!

Universitetimizda 10-11-sinf o‘quvchilari uchun SAT va IELTS xalqaro imtihoniga tayyorlov kurslariga qabul boshlandi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish
https://newuu.uz/admission/pre-university#my-iframe

📚 Tayyorlov kurslari o‘quvchilarning bilimiga ko'ra ikki bosqichda tashkil etiladi.

☑️ Har bir bosqich davomiyligi 4,5 oy bo'lib, darslar haftada 3 marotaba tashkil etiladi.

Tel: +998712024111
Telegram: @ccecontact_bot
Elektron pochta: [email protected]
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💬 Kichik insayd:

☝️ Ekofaollar COP29da "Yosh ekochempionlar" xalqaro yoshlar hamjamiyatini tuzish tashabbusini taqdim etmoqda.

🌳 Bolalar barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish muhimligiga urg‘u berib, tengdoshlari o‘rtasida ma’rifiy faoliyat olib boradigan kuchli hamjamiyat yaratishga intilmoqda.

🌍 Ular birgalikda yoshlarga mo‘ljallangan iqlimga oid ma’lumotlarni ishlab chiqadi va moslashtiradi hamda milliy va xalqaro miqyosda axborot kampaniyalarini tashkil etadi.

🤝 Bizga qo‘shiling!

~~~

💬 Небольшой инсайд:

☝️ Экоактивисты на COP29 презентуют свою инициативу: международное молодежное сообщество «Молодые экочемпионы».

🌳 Ребята стремятся создать мощное сообщество, которое будет заниматься просветительской деятельностью среди своих сверстников, делая акцент на важности устойчивого развития и защиты окружающей среды.

🌍 Вместе будут разрабатывать и адаптировать информацию о климате, ориентированную на молодежь и организовывать информационные кампании на национальном и международном уровнях.

🤝 Присоединяйтесь!

~~~

💬 A little insight:

☝️ Eco-activists at COP29 are presenting their initiative: the international youth community Young Climate Champions.

🌳 The guys aim to create a powerful community that will educate their peers, emphasizing the importance of sustainable development and environmental protection.

🌍 Together they will develop and adapt youth-friendly climate information and organize awareness campaigns at national and international levels.

🤝 Join!

#COP29

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

⏺️
Qarshi, Guliston shahridagi Prezident maktablari, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi pedagog-xodimlari 11- noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan sport, intellektual musobaqalarda ishtirok etdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabida ilmiy yoʻnalishdagi ”Vertex CC” oʻquvchilar jamoasiga
asos solindi.

⏺️Fargʻona shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari oʻz malaka va tajribalarini Rishton tumanidagi oʻqituvchilar bilan
oʻrtoqlashdi.

⏺️
Toshkent, Termiz, Andijon shahridagi Prezident maktablari, Ogahiy, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablarida psixologik-treninglar oʻtkazildi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Tabiat – umumiy uyimiz” shiori ostida eko-harakat
amalga oshirildi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Yuqori sifatli oʻqitish va oʻrganish" mavzusida seminar-trening
boʻlib oʻtdi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabining 10- sinf oʻquvchisi Jamoliddin Toirov xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballga
ega boʻldi.

⏺️
Navoiy, Namangan shahridagi Prezident maktablarida pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga qaratilgan treninglar oʻtkazildi.

⏺️Is'hoqxon Ibrat nomli ijod maktabida joriy oʻquv yilning 1-chorak natijalari ota-onalar ishtirokida
tahlil qilindi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga bir guruh taniqli shoir va adiblar, maʼrifat targʻibotchilari
tashrif buyurdi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
Samarqand filiali , Guliston shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan hududlardagi fizika, kimyo hamda biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

⏺️Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Metodik marafon”
tashkil etildi.

⏺️Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari OʻzFA akademigi Saidahror Gʻulomov bilan
uchrashdi.

⏺️Bugun Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zilzila natijasida yongʻin va portlash yuzaga kelgan obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakati" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi
oʻtkazildi.

⏺️Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh oʻquvchilari “Japan Education Fair Bukhara-2024” ta’lim koʻrgazmasida
ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

⚡️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbarlik lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 13-noyabr sanasidan start beriladi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

🟢 Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🌏Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Agentlikning Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu va maqsadlari, taʼlim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqib, kuchli bilim olish, zamonaviy fanlarni puxta egallash doim yuqori samara berishini taʼkidladi.

Shundan soʻng, Qarshi shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi taʼlim maskanlari direktorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda maktablarni oʻrganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha mas'ullarga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qoʻllanilishi muhim boʻlgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Xususan, xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport oʻyinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib oʻrganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Bokuda o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Xalqaro strategiya imzolandi.

Ziroat Mirziyoyeva COP29da ishtirok etayotgan yoshlarning global barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga tayyorligini yuqori baholab, shunday dedi: "Biz yosh avlod bilan tizimli va muntazam “iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, ekologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini kengaytirish tarafdorimiz".

В Баку на 29-й сессии Конференции сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата Узбекистаном, Азербайджаном, Венгрией, Казахстаном, Кыргызстаном, Таджикистаном и Турцией была подписана Международная стратегия продвижения культуры устойчивого развития и вовлечения детей и молодежи в климатическую повестку на 2024–2030 годы, основой которой стали проекты и инициативы молодых экоактивистов этих стран.

Зироат Мирзиёева, высоко оценив готовность молодых участников COP29 внести вклад в глобальное устойчивое развитие, подчеркнула: «Мы выступаем за системный и регулярный «климатический» диалог с представителями молодого поколения, расширение возможностей нашей молодёжи в борьбе с изменением климата, поддерживая экологические стартапы».

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube