Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#climate_box

🌎BMTTD Qozogʻiston va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo uchun BMTTD mintaqaviy byurosi tomonidan tashkil etilgan III-Xalqaro oʻqituvchilar konferensiyasi, II-Xalqaro o‘quvchilar festivali hamda I-Xalqaro iqlim maktabida Nukus shahridagi Prezident maktabi vakillari ishtirok etdi.

Xususan, Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Aydos Kitaybekov ushbu yirik tadbirlarda yoshlarning iqlim oʻzgarishi muammolari toʻgʻrisida xabardorligini oshirishga qaratilgan “Planet-2050” loyihasini taqdim etdi.

Shuningdek, taʼlim maskani pedagogi Zoya Begmuratova “Hamkorlik orqali oʻrganish: Yosh iqlim chempionlari" mavzusida taqdimot oʻtkazdi.

"Iqlim qutisi" xalqaro dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirlar Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston hamda Oʻzbekiston oʻqituvchi va oʻquvchilarini iqlim taʻlimini rivojlantirish maqsadi ostida birlashtirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#COP29 #Boku

Joriy yilning 10-22-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi – COP29 doirasida oliy darajadagi tadbirlar tashkil etilib, muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha Xalqaro strategiya imzolandi. Ekologik taʼlim va “yashil” koʻnikmalarni rivojlantirish, ushbu jihatlarni ham rasmiy, ham norasmiy taʼlim tizimiga singdirish strategiyaning muhim qismidir.

Shuningdek, tadbirlarda “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi aʼzolari ham ishtirok etib, mintaqaviy va xalqaro eko-oromgohlar davomida ishlab chiqilgan iqlimga oid tashabbuslarini namoyish etdilar.

Yosh ekofaollarimiz Ekologik kun tartibi boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasini tuzish, bilim almashish, mintaqaviy va milliy iqlim loyihalarini muvofiqlashtirish uchun maydon taqdim etuvchi raqamli platformani ishlab chiqish, “Young Climate Champions” xalqaro ekofaollar hamjamiyatini kengaytirish, “Transchegaraviy ekotizimlar” kabi loyiha va takliflarni bildirishdi.

@hilola_umarova
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM