Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
46.8K subscribers
17.3K photos
2.23K videos
70 files
6.46K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

"Bunyodkorlik yo'lida"

📺"O'zbekiston" telekanalining "Bunyodkorlik yo'lida" dasturida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi Abdulla Qodiriy ijod maktabi faoliyati haqida ko'rsatuv tayyorlandi.

👇👇👇

https://www.youtube.com/watch?v=Tq_altwsb-I
#Qaror_ijrosi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi zimmasiga umumta’lim maktablar foydalanishi uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, fizika fani bo‘yicha zamonaviy multemediya mahsulotlarini yaratish hamda tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar uchun metodik ko‘mak ko‘rsatish kabi vazifalar yuklatildi.

📃 👉 Batafsil

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Постановление

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев подписал постановление от 19.03.2021 г. № ПП-5032 «О мерах по повышению качества образования и совершенствованию научных исследований в области физики».

Документом утверждена Программа комплексных мер по повышению качества образования по физике и обеспечению результативности научных исследований в области физики в 2021−2023 годах. Ее основными задачами являются:

повышение качества преподавания физики в школах, совершенствование учебников и учебных пособий;
развитие системы подготовки, переподготовки и повышения квалификации кадров в области физики, в частности учителей школ в сельской местности;
широкое внедрение в образовательный процесс ИКТ;
расширение уровня охвата молодежи обучением по физике, подготовка кадров по новым и востребованным на рынке образования специальностям;
обеспечение неразрывной связи научных исследований в области физики с производством.

⬇️ Мы в социальных сетях:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
📣 ЭЪЛОН!!!

✍️Республикамиз ижодкорлари диққатига!

Азиз ижодкор юртдошлар, жорий йил “ҲАЛИМА ХУДОЙБЕРДИЕВА ЗАМОНДОШЛАРИ ХОТИРАСИДА” номли китоб нашр этилиши режалаштирилган.

📚Мазкур китобга Ўзбекистон Халқ шоири ,“Эл-юрт ҳурмати” ордени соҳиби, Ҳалима Худойбердиевага бағишланади. Китобга республикамизнинг барча ҳудудларидан шоира билан ҳамсуҳбат бўлган замондошлари: ҳамкасблари, ижодкор дўстлари, шогирдлари, ёзувчилар, шоирлар, журналистлар, олимлар (эсдалик хотиралар, бадиҳалар, мақолалар, шеърлар) ижодий материалларини тақдим этишлари мумкин.

Матнда кўрсатилган фактларнинг тўғрилиги ва аниқлигига муаллифларнинг ўзлари масъул.

📮Ижодий материалларни Ҳалима Худойбердиева номидаги ижод мактабига 2021 йилнинг 15 апрелига қадар тақдим этишингиз мумкин.

Бизнинг манзил:

📩Гулистон шаҳри, 2-мавзе, Ислом Каримов кўчаси.

☎️ Ижодий материалларни электрон шаклда, муаллифнинг исми, шарифи, иш жойи тўлиқ кўрсатилган ҳолда
📌+99893-587-77-47
📌+99894-911-11-90
телефон рақамининг телеграмига юборишингиз сўралади.

Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларни ривожлантириш агентлиги тизимидаги Ҳалима Худойбердиева номидаги Ижод мактаби жамоаси.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uzbekiston24

Yoshlar siyosati amalda

Toshkent shahridagi Prezident maktabi faoliyati haqida "O‘zbekiston24" telekanalida ko‘rsatuv tayyorlandi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Qozog‘istonning “Nazarboyev intellektual maktablari” hamkorligi yuzasidan Zoom orqali uchrashuv tashkil etildi.
Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova, “Nazarboyev Intellektual maktablari” boshqaruv raisi Kulyash Shamshidinova va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

👉 Batafsil

Международная встреча по обмену опытом
Агентство по развитию Президентских, творческих и специализированных школ и “Назарбаевские Интеллектуальные школы” Казахстана организовали встречу через Zoom.
👉 подробно

International meeting on exchange of experience
A meeting was held via Zoom on cooperation between the Agency for the development of the Presidential, Creativity and Specialized Schools and the Nazarbayev Intellectual Schools of Kazakhstan.
👉 more

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Olimpiada

Xivada xalqaro «Kenguru» olimpiadasi o'tkazildi

🦘Xiva shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 2-son umumiy o'rta ta'lim maktabida “Kenguru-2021” tanlovi bo'lib o'tdi.

🏢Tanlovda Xiva shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli maktab o'quvchilari, Xiva shahrida joylashgan Ogahiy ijod maktabi hamda Prezident maktabidan jami 165 nafar o'quvchi ishtirok etdi.
Tanlov ota-onalar kengashi a'zolari va maktab kuzatuv kengashi raisi ishtirokida o`tdi.

📜 Ma'lumot uchun, «Kenguru» - eng ommaviy xalqaro matematika tanlovlaridan biri bo'lib, unda har yili 80 dan ortiq mamlakatning 8 mln o'quvchisi ishtirok etadi. O'zbekistonda 2018-yildan buyon o'tkazilmoqda. Xiva shahrida bo'lib o'tgan olimpiada ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Trening

Agentlik tizimidagi maktablar ingliz tili o‘qituvchilari uchun trening o‘tkazildi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining ingliz tili fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish maqsadida trening tashkil etildi.

👩‍💻Ushbu trening “Macmillan” nashriyot uyi bilan hamkorlikda olib borildi. Treningda Toshkent shahrida joylashgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili fani o‘qituvchilari Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida, viloyatlardagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining o‘qituvchilari Zoom orqali ishtirok etishdi.

⚡️Mazkur trening orqali o‘qituvchilar o‘zaro fikr almashib, interaktiv topshiriqlarni bajarib, buni amaliyotga tadbiq etish borasida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

⚡️Qolaversa, darsni tashkil etishda faqat tayyor material, qo‘llanmalarga bog‘lanib qolmasdan, o‘quvchilarning qiziqish va istaklariga moslashtirish bo'yicha ham tajriba orttirishdi.
#Tanlov

“Mitti yulduz jilolari” nomli she’riy musobaqa o‘tkazildi

✍️Ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, Abdulla Oripov hayoti va ijodini o‘rganish hamda targ‘ib etishga qaratilgan ushbu musoboqada ijod maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqaning hakamlar hay’ati tarkibi esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Alisher Boymurodov, Mansur Jumayev, Nargiza Asadova hamda Toshkent Prezident maktabi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Zulfiya Rashidova, shuningdek, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi vakillaridan iborat bo‘ldi.

👉 Batafsil

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#yangi_darslik

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Darsliklarni nashrga tayyorlash bo'yicha mualliflar, nashriyotlar ishtirokida navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

👉 Batafsil
#Yoshlar_siyosati

Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga tadbiq etish, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎤 Jumladan, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va bir qancha davlat idoralari mas’ullari yoshlar bilan muloqot qilishdi, ularning muammo va takliflarini o‘rganishdi. Uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayev ham ishtirok etdi.

⚡️ Yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi, turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyat yaratib berish ta’kidlandi. Jumladan, ularning bir nafariga sport komleksi ochish uchun kredit ajratilishi aytildi hamda o‘quv markazi ochishni reja qilgan 2 nafar universitet bitiruvchilari uzoq muddatlik arzon ijara joy bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.