Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
82.8K subscribers
21.1K photos
2.65K videos
73 files
7.69K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

Shu yilning 25-29-mart kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida ilmiy-amaliy treninglar haftaligi bo‘lib o‘tdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlib, ta'lim maskanida  oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida S.King maktabdagi yuqori sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashdi, ularning xalqaro darajada erishayotgan yutuqlari bilan qiziqdi.

Muloqot davomida mehmon oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib, maktabda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini ham bildirib oʻtdi. 

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Gulistan Kojabayeva ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida Stiv King ishtirokida Prezident maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Muloqotda mehmon oʻquvchilarimizning kelgusidagi rejalari, ilmiy izlanishlari, ilgʻor loyihalari bilan qiziqib, yoshlarimizning ilmiy, ijodiy salohiyatiga yuqori baho berdi.

Xalqaro ekspert oʻquvchilarimizga ta’lim sohasidagi yangi istiqbollar, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ilmiy izlanishlar va loyihalarni amalga oshirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#Cambridge_sinflari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Renessans_oromgohi

Renessans sogʻlomlashtirish oromgohida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini Cambridge oʻquv dasturi orqali dars oʻtayotgan oʻqituvchilar uchun "Matematika fanini oʻqitishdagi zamonaviy yondashuvlar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening doirasidagi oʻquv-amaliy mashgʻulotlar Agentlik mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, Prezident maktablarining ilgʻor xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan olib borilib, matematika fani darslarini oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan holda tashkil etish, tadqiqotga asoslangan taʻlim masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

🗣Shuningdek, ishtirokchilarga ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ta’limni innovatsion texnologiyalar bilan boyitish va ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda matematika fani Cambridge oʻquv dasturi asosida ingliz tilida oʻqitilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Cambridge_dasturi_matematika
#xalqaro_tajriba

🤩 Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabiga Guliston shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan filippinlik pedagoglar Jad Andrew Acabado Borromeo va Shela Borromeo taklif etildi.

Xorijlik oʻqituvchilar Cambridge oʻquv dasturi asosida ta'lim oluvchi 5-sinf oʻquvchilariga dars mashgʻulotlari oʻtishdi.


Darslar xorijlik pedagoglar tomonidan interaktiv va kreativ fikrlashga yoʻnaltirilgan metodlar asosida oʻtkazildi. Shuningdek, ular fan oʻqituvchisi A.Shermatovning matematika fanini ingliz tilida oʻtish jarayonini kuzatishdi va tahlil qilishdi.

Dars mashgʻulotlari oʻquvchilarda nafaqat yangi bilimlar, balki xalqaro tajriba va ilgʻor taʼlim uslublari bilan tanishish imkoniyatini ham yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM