Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.4K subscribers
20.1K photos
2.56K videos
72 files
7.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Ta'lim sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Trening tadbirida xorijiy ekspertlar tomonidan:


maktab o‘quvchilarida tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tabiiy fan doirasida rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini tuzish,
dars mazmuniga loyihaga asoslangan ta’limni (PBL) singdirish,
o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy usullari xususida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.


Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bo'ylab ekskursiya tashkil etilib, o'quv jarayonlari va o'quvchilar faoliyati bilan tanishtirildi.
___
Khairi Abdullah, xorijiy ekspert (Singapur):

- Bugun ertalab bizga maktab bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning bilimga chanqoqligi va o‘qituvchilarning izlanuvchanligiga guvoh bo‘ldik va bu bizda katta taassurot qoldirdi. Darslar juda ajoyib tashkil etilgan, o‘qituvchilar o‘z fanlarini ma’lumotlarga boy holda o‘tishmoqda.

Bizni bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Shu nuqtai nazardan men istiqboldagi hamkorlik va birgalikdagi loyihalarga umid qilib qolaman.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Diyor yangiliklari | Matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi
#27nov #SamarqandMTRK

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshtepa_IM

🗺Agentlik tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf oʻquvchilari tumanda joylashgan "Global textile infinity" qoʻshma korxonasida boʻlishdi.

🗣Tashrif davomida paxta xomashyosidan kalava ip tayyorlash, undan mato toʻqish, tayyor matodan milliy brenddagi kiyimlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot oʻtashdi.

Tashrif yakunida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 "Raqamli Avlod IT FEST" boshlanmoqda!

📅 28-noyabr: DG Contest
📅 29-noyabr: Robototexnika bo'yicha Respublika musobaqalari
📅 30-noyabr: Hackathon
📅 2-dekabr: Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan

🏅 Haftalik davomida har kuni sizlarni qiziqarli bellashuvlar kutmoqda! O'z mahoratingizni namoyish etish va "Noutbook" hamda "Planshet" kabi qimmatbaho sovg'alarni qo’lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! 💻📱

Ro’yhatdan o’tish uchun: online.raqamliavlod.uz

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Fotoreportaj

⚡️Treninglar davom etmoqda: xorijiy ekspertlar ishtirokida amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda tabiiy fanlar yo'nalishida dars jarayonlarini samarali tashkil etish mavzusida treninglarining ikkinchi kuni bo'lib o'tdi.

❗️
Unda singapurlik mutaxassislar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan tabiiy fan mazmun-mundarijasini tashkil etuvchi o‘quv fanlaridagi integrativ yondashuv haqida fikr almashishdi.

Shuningdek, seminar doirasida amaliy mashg'ulotlar ham tashkil etilib, unda dars jarayonlarini yanada interaktiv tarzda tashkil etish haqida so'z bordi.

📸 Jarayonlardan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM