Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#tadbir
#Prezident_maktabi

⚡️Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida G‘afur G‘ulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan "Kichkintoylarning katta shoiri" nomli tadbir o'tkazildi.

✔️ Tadbir davomida, iqtidorli o'quvchilar tomonidan shoirning she’rlaridan parchalar hamda asarlari asosida yaratilgan filmlardan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#hamkorlik

📍 Olmaliq shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi hamda "Gennis Campus" nodavlat ta'lim markazi trenerlari tomonidan "Ta'limga zamonaviy yondashuv" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰 Seminarda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi maktablarning salohiyatli o'qituvchilari hamda tashabbuskor o'quvchilari ishtirok etishdi.

⚡️Trening davomida xorijiy OTMlarga kirishdagi grandlar to'g'risida to'liq ma'lumotlar berildi. Shuningdek, o'qituvchilar va o'quvchilarga amaliy mashg'ulotlar, ta'limiy mahoratini oshirishga, tanqidiy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga doir ma'lumotlar berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ta'lim jarayonini xalqaro akkreditatsiya talablariga muvofiqlashtirish hamda akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g'risida shartnoma imzolangan.

📍Ixtisoslashtirilgan maktabga Xalqaro bakalavrni rivojlantirish tashkiloti boshqaruvchisi Verdanu Pavletich tashrif buyurdi.

IB xalqaro dasturi vakili maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilarning ingliz tilida suhbatlasha olish qobiliyatidan hayratlanib, ijobiy fikrlar bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod
#IT_festivali

⚡️Joriy yilning 6-may kuni soat 18:00da "DG Contest" musobaqasi onlayn bo'lib o'tadi.

📌 2-bosqich esa, saralab olingan eng kuchli 20 nafar ishtirokchi o'rtasida 11-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda offline tartibda tashkil etiladi.

Ro'yxatdan o'tish uchun: raqamliavlod.uz

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 5-6-may kunlari Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Ushbu olimpiadada:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o'tkazilgan maktab bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2022-2023-o'quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g'oliblari;
2021-2022-o'quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

⚡️“MILLAT VA YURT TAQDIRIDA HAL QILUVCHI KUCH”

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning "Янги Ўзбекистон" gazetasida maqolasi chop etildi.

Unda Alisher Ubbiyev Agentlik tizimidagi Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan loyihalar, qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalqaro hamkorlik, istiqboldagi rejalar hamda xorijda tahsil olayotgan yoshlar haqida so'z yuritdi.

📌 Maqola bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT
❗️OLIMPIADA BOSHLANDI!!!

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida hududlarda o‘tkazilayotgan Agentlik fan olimpiadasi
jarayonlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Namangan viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Toshkent shahri (Kimyo, biologiya, science)
📍Toshkent shahri (Matematika, fizika, informatika)

📌 Imtihonlar 5-6-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibroyım_Yusupov_94_yoshda
#ijod_maktabi

⚡️ O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri Ibroyim Yusupovning 94 yilligi munosabati bilan Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

📚 Shoirning hayoti va ijodi yodga olinib, o'quvchilar tomonidan uning qalamiga mansub she'rlaridan o'qildi.

📝 Tadbirlar davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM