Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni

⚡️BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDA PREZIDENT MAKTABLARI PAVILONI OCHILDI

Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etildi. Bu shaharchaning "Ta’lim" ko’chasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Prezident maktablaripaviloni ochildi.

Mazkur pavilonni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonda ta’lim tizimida yangi tendensiyalar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan mahalliy va xorijiy yoshlarni tanishtirishdan iborat.

Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida STEAM fanlari ahamiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, oʻgʻil-qizlarni ilmga ragʻbatini oshirishni ham koʻzda tutadi.

Ushbu pavilonda Prezident, ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan yaratilgan loyihalar va ishlanmalar namoyish etilmoqda. Yoshlar fanlar bo‘yicha test va topshiriqlar asosida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazib, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, robototexnika, dasturlash, STEAM Art yoʻnalishlarida mahoratlarini oshirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni

⚡️KUTIB OLING PIIMANOID!

Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “
Prezident maktablaripaviloni ochilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi.

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi.

Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan.

Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega.

PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM