Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.2K subscribers
17.7K photos
2.29K videos
70 files
6.6K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan.

Turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan.

Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan.

Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi keng nishonlandi.

Shu munosabat bilan "Navoiyxonlik" adabiy kechalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, olimlar, shoir va yozuvchilar bilan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, tanlovlar, koʻrgazmalar hamda chellenjlar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlarda oʻquvchilarimiz Alisher Navoiy xotirasiga ehtirom koʻrsatish bilan birga mutafakkirning ijodiy merosini chuqurroq oʻrganish, uning asarlarida ustuvor boʻlgan ezgulik va ma’rifat tushunchalarini yanada teranroq anglash imkoniga ega bo‘lmoqda.

Bu kabi ma’rifiy tashabbuslar yosh avlodlarni ajdodlar yodi va milliy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM