Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Dasturchilar_festivali
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun

GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining ikkinchi kuniga start berildi.

Tadbir “Yangi O’zbekiston” universitetida bo’lib o’tmoqda.

👉Bizni
jonli efirda kuzating.
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

🔸Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tmoqda. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

🔸GDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda tashkil etilgan. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilib, unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Bugungi tadbirimizda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

🔸Bugun
kun davomida turli taqdimotlar va mahorat darslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan, shuningdek jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan.
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun
#Tashkilotchilar_nima_deydi

Nuriddin Iminoxunov, GDG Tashkent kompaniyasi tashkilotchisi va asoschisilaridan biri

🔸DevFest festivali 2018-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Har yili mazkur tadbir Markaziy Osiyodagi eng katta dasturchilar festivali, deb e'tirof etiladi. 2021-yil ham bundan mustasno emas. Biz mazkur festival doirasida ko'plab xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda yosh dasturchilarni qamrab olamiz.

🔸 Biz dasturchilarni birlashtirib, mahalliy IT hamjamiyatlarini Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan bog'laydigan ko'prikka aylantirishga o'z hissamizni qo'shishni maqsad qilganmiz.

🔸Bunday tadbirlar yosh dasturchilar uchun o'ziga xos motivatsiya hamdir. Bu yerda 10 yildan ortiqroq vaqt davomida eng yaxshi jamoalarda faoliyat olib borayotgan IT mutaxassislari ishtirok etishmoqda. Ularning maslahatlari va tajribasi IT sohasiga endi qadam qo'ygan dasturchilarni ruhlantirishiga aminman.
#Халқаро_таълим_форуми
#2_kun

🔴Agentlik delegatsiyasi ishtirok etayotgan Butunjahon ta'lim forumi doirasida bugun ta'lim sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarning taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.

Taqdimot va uchrashuvlar davomida ta'lim sohasida pandemiyadan keyingi chora-tadbirlar, karantin sharoitining o'qitish tizimiga ta'siri kabi masalalar muhokama qilinmoqda.

✔️Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi. Bu yil forumda 1000 nafarga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Халқаро_таълим_форуми
#2_kun

🔴Butunjahon ta'lim forumi doirasidagi taqdimotlar davom etmoqda.

Butun dunyodan tashrif buyurgan ta'lim sohasi mutaxassislari o'z chiqishlarida ta'limni rivojlantirish, bu boradagi xalqaro hamkorlik hamda qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida so'z yuritishmoqda.

❗️Xususan, Cambridge University Press &Assessment tashkilotining Bosh ijrochi direktori Peter Phillips o'z taqdimotida Agentlik tizimidagi maktablar bilan o'zaro samarali hamkorlik yo'lga qo'yilganligini alohida ta'kidlab o'tdi.

#The_World_Education_forum #International_cooperation

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun

📷 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" seminar-treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

❗️Treninglar fanlar kesimida - aniq, ijtimoiy va gumanitar yo'nalishda sho'balarga bo'lingan holda tashkil etilgan bo'lib, unda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

#2_kun #Fotoreportaj #Innovatsion_pedagogika

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#CIS
#2_kun

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining rahbar kadrlari uchun Xalqaro maktablar kengashi (CIS) tashkilotiga a’zolikka kiritish hamda akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazish yuzasidan seminar-treninglarining 2-kuniga start berildi.

Bugungi treninglar:

▶️iqtidorli o‘quvchilarning talablarini o‘rganish,
▶️Ta’lim berish va ta’lim sifatini yaxshilash,
▶️Ta'lim jarayonlarida hisobotlar tayyorlash kabi mavzularda o'tkaziladi.

📍Seminar jarayonlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar -treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Agentlik_olimpiadasi
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Agentlik fan olimpiadasining maktab bosqichi davom etmoqda.

❗️Bugun o‘quvchilar fizika va informatika fanidan o‘zaro kuch sinashishmoqda.

Eslatib o'tamiz, olimpiada quyidagi fanlar kesimida tashkil etilgan:

▶️ Matematika,
▶️ Fizika,
▶️ Kimyo,
▶️ Biologiya,
▶️ Informatika va axborot texnologiyalari,
▶️ Science.
_____
✔️Fotolavhalarda Xorazm va Navoiy viloyatidagi jarayonlar aks etgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda.

✔️ Treninglar doirasida ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosarlari tomonidan yo’nalishlar kesimida sho’balarda davra suhbatlari tashkil etildi.

❗️Muhokamalar davomida hududlarda mavjud muammolar eshitilib, yechimlari to’g’risida so’z yuritildi.

📍Shundan so’ng, Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimdagi qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo’yicha tavsiyalar mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

✔️ Unda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Sarvar Erkinovning ma’ruzasi eshitildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijodiy_hamkorlik
#2_kun

⚡️Xabar berganimizdek, Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga borgan edi.

O'quvchilar ijod maktabi bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda Xo'jayli tumanidagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi, Qoraqalpog'iston davlat tarix muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeylarida bo'lib, u yerdagi qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari, san'at namunalari bilan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo'lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

⚡️ Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarining 2-smenasidan fotoreportaj

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 134 019 tasi ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari Respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda

📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 134 019 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 9 235 ta;
📍Andijon viloyatiga 12 907 ta;
📍Buxoro viloyatiga 6 060 ta;
📍Farg‘ona viloyatiga 17 808 ta;
📍Jizzax viloyatiga 9 982 ta;
📍Namangan viloyatiga 12 652 ta;
📍Navoiy viloyatiga 2 989 ta;
📍Qashqadaryo viloyatiga 11 828 ta;
📍Samarqand viloyatiga 13 125 ta;
📍Sirdaryo viloyatiga 5 644 ta;
📍Surxondaryo viloyatiga 12 011 ta;
📍Toshkent shahriga 3 598 ta;
📍Toshkent viloyatiga 7 502 ta;
📍Xorazm viloyatiga 8 678 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM