Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Jizzax_Prezident_maktabi

PREZIDENT MAKTABI ENDI JIZZAXDA

Bugun, 12-noyabr kuni, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Jizzax shahridagi Prezident maktabining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.

✔️Tadbirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, o'quvchi yoshlarni yangi o'quv yili bilan tabrikladi.

- Eng buyuk sayohatlar ham aslida birinchi qadamdan boshlangan. Bugun siz, qalbida shijoat jo'sh urib turgan yoshlar nigohida men ertangi O'zbekistonni - porloq kelajagimizni ko'raman. Ishonamanki, siz mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shib, bildirilgan ishonchni albatta oqlaysiz. Omad va zafarlar yor bo'lsin!

📎Tadbirda, shuningdek Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliev va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Ochilish tadbiridan o'rin olgan badiiy chiqishlar yig'ilganlar tomonidan iliq kutib olindi.
#Amir_Temur_tavalludining_686_yilligi
#Jizzax_Prezident_maktabi

🔴 Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari va jamoasi Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi.

⚡️Ziyorat davomida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o'quvchilar bilan uchrashib, ularning o'qishlari va kelgusidagi ishlarida omad tilashdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilar Samarqand shahrining tarixiy qadamjolarida bo'lib, Amir Temur haykali poyiga gul qo'yishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jizzax_Prezident_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Jizzax shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida Agentlik direktori o'quvchilarning fikrlari hamda orzu-niyatlariga quloq tutdi va ular bilan o'z tajribalarini bo'lishdi.

✔️Maktabda yangi tashkil etilgan ''The Dawn'' jurnalini taqdimoti ham bo'lib o'tdi. Hilola Umarova o'quvchilarning ijodi va ularning loyihalarini yuqori baholadi.

❗️Shuningdek, shu kuni Agentlik rahbariyati Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tgan ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar kadrlarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichida ishtirok etishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Jizzax_Prezident_maktabi
#Giyohvandlikka_qarshimiz

⚡️JIZZAX SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O'QUVCHISI "GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" TANLOVI G'OLIBI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o'quvchisi Dovud Abduqodirov "Giyohvanlikka qarshimiz" shiori ostida o'tkazilgan onlayn videoroliklar tanlovining Respublika bosqichida 3-o'rinni egalladi va taqdirlandi.

❗️ Mazkur tanlov Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan.

👉3-o'ringa munosib ko'rilgan videorolikni taqdim etamiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси
#Jizzax_Prezident_maktabi

"YANGI O'ZBEKISTONNING IBN SINOSI BO'LISHGA BOR KUCH-G'AYRATIM BILAN HARAKAT QILAMAN"

IJOD MAKTABI O'QUVCHISI PREZIDENT MAKTABIGA 1-O'RINDA O'QISHGA QABUL QILINDI

Dilro'za Jumanova Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi. Otasi G'aybulla aka haydovchi, onasi Dilafruz opa o'qituvchi.

❗️Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Dilro'za bunga qadar Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida tahsil olgan.

⚡️Dilro'za IELTS xalqaro imtihonidan 8 ballni qo'lga kiritgan.

U, shuningdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Diplomacy education" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritib, Italiya davlatiga sayohat qildi.

Dilro'zaning otasi uning yutuqlari haqida faxrlanib shunday deydi: "Qizim biz ko'rmagan joylarda bo'lib qaytdi..."

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#Fotoreportaj

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu imtihon agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

Chorak bo‘yicha summativ baholash imtihonlari 2 smenada tashkil etilmoqda.

➡️Summativ baholash tizimi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

#Samarqand #Jizzax #Buxoro #Sirdaryo #Toshkent #Фарғона #Qarshi

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#JIZZAX

#Zamonaviy_maktab_liderlar_nigohida_loyihasi_boshlandi

🎬 Jizzax viloyatidadagi jami 554 nafar umumta’lim maktablari direktorlari uchun "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi doirasida seminar-treninglar boshlandi.

⭕️ Bugun Do’stlik tumani, Arnasoy tumani, Paxtakor tumani va Mirzacho’l tumani umumta’lim maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.

Maqsad – agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumtaʼlim maktab rahbarlariga o‘rgatish.

🔰Seminar-treninglar 10 fevral kunigacha davom etadi

https://t.iss.one/PTMAJizzax
#OAV_biz_haqimizda

Diyor yangiliklari | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga o'quvchilarni saralab olishning 1-bosqichi bo'lib o'tdi
#Jizzax_MTRK

Andijon axboroti | Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabidagi ijodiy imtihon jarayonlari
#Andijon_MTRK

Eslatib o'tamiz, mazkur bosqich ijodiy imtihon bosqichi bo'lib, unda talabgorlardan ijodiy matn yaratish talab etiladi. Ijod maktablarining imtihonlari joriy yilning 16-iyul kuniga qadar bo'lib o'tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_uchrashuv
#Jizzax

VAZIR: “ENDI JIZZAX VILOYATIDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASI JORIY ETILADI”

Bugun Jizzax viloyatida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

❗️ Yig’ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida Hilola Umarova tomonidan:

✔️ Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o’rgatishni joriy etish,

✔️ maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo’lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,

✔️ maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish,

✔️ Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Gʻallaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#Jizzax_shahar_2_IMI

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog xodimlari uchun oʻquv-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktor oʻrinbosari Iroda Saibova tomonidan oʻtkazilib, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qoʻllanmalaridan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berildi.

🗣Seminar davomida oʻqituvchilar oʻquv jarayonini
rejalashtirish, taʼlim samaradorligini taʼminlash, oʻquvchining ehtiyojini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini amalga oshirish, hamkasblar va oʻquvchilarning ota-onalari bilan hamkorlik qilish singari mavzularda oʻzaro fikr almashdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchi_almashish_dasturi
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o‘zaro o‘quvchilarni almashishdi.

🗺Dastur doirasida Xiva, Namangan, Qarshi, Sirdaryo, Fargʻona va Jizzax shaharlarida boʻlib turgan oʻquvchilarimiz mashg‘ulotlardan soʻng ushbu hududlarning qadimiy va madaniy maskanlariga sayohat qilishdi.

#ijod_maktablari #oʻquvchi_almashish #Xiva #Namangan #Qarshi #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Jizzax shahridagi Prezident maktabida maktabning “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari Olimjon Oʻktamov, Samandar Xolmoʻminov, Behruzjon Meliboyev ishtirokida viloyatdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bitiruvchilari uchun jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
#Jizzax_MTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube