Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Tashrif #Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida 2021-2022-o‘quv yillari uchun Andijon viloyatidagi Prezident va ijod maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini tekshirish bilan birga, ijod maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida yo‘lga qo‘yilgan zargarlik to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga ham tashrif buyurib, u yerdagi o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda qabul jarayoniga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021

📹 Sizga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo'yicha bosqichma-bosqich yo‘l ko‘rsatuvchi video-qo'llanma taqdim etilmoqda.
——
📹
For your convenience, we provide a step-by-step video guide on applying online to Presidential schools.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021

Agar Prezident maktabiga topshirilgan hujjatlar rad etilsa, qayta hujjat topshirish mumkinmi?
🔰Agar talabgorning hujjatlari rad etilsa, u qayta hujjat topshira olmaydi.

Men Andijonlikman. O‘g‘lim Andijon shahridagi maktabda o‘qiydi. Lekin, keyingi yil Toshkent shahriga ko‘chib ketishni rejalashtiriyapmiz. Hozir farzandim Andijon shahridagi Prezident Maktabiga hujjat topshirib, o‘qishga qabul qilinsa-yu, biz 1 yil o‘tib ko‘chadigan bo‘lsak, o‘g‘limning o‘qishini ham ko‘chira olamizmi?
🔰Prezident maktabiga o‘qishga kirgan o‘quvchini boshqa hududdagi Prezident maktabiga ko‘chirib ketish masalasi ko'zda tutilmagan.

Qizimning bir qo‘lining barmoqlari ishlamaydi. U ham Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?
🔰Ha, topshira oladi. Aqlan sog‘lom har qanday o‘quvchi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Videobayonot

Direktorimiz tabelda rus tili va geografiyadan 4 baho borligi uchun Prezident maktabiga hujjat topshirishimga ma'lumotnoma bermayabdi. Nima qilsam bo‘ladi?
Rus tili va geografiya fanlaridagi yillik 4 baholar Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Agar STEM fanlardan yillik baho 5 bo‘lsa, direktor sizga ma'lumotnomani tasdiqlab berishi kerak.

Agar talabgor hujjatlarini xato yuborgan bo‘lsa, u hujjatlarini darhol tahrir qilsa bo‘ladimi yoki operator tomonidan hujjatlarning tahrirga jo‘natilishini kutish kerakmi?
Hujjatlar xato yuborilgan bo‘lsa, operator javobini kutish kerak.

Bola otasining ikkinchi oilasi bilan yashaydi. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida o‘gay onasining ismi yozilmagan bo'lsa-da, uning hujjatlarini o‘gay onasi topshirishi mumkinmi?
Bunday holatda ariza ota nomidan berilishi kerak.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari #Qabul_2021

Agentlik tizimidagi Ijod maktablarining ijodiy imtihonlari haqida video-yo‘riqnoma taqdim etmoqdamiz.

Farzandingizning ona tili va adabiyot, tarjimonlik, jurnalistika, zamonaviy medianing SMM sohasiga bo'lgan qiziqish va iqtidorini rag‘batlantirishni xohlaysizmi?

⚡️ Unda portal.piima.uz sayti orqali hujjatlarni topshiring. Ijod maktablarida iste’dodlar rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

——

We provide video-guidance about the entrance exams to the Creativity schools under the Agency

Do you want to stimulate your child's interest and talent in the field of SMM,mother tongue and literature, translation, journalism and modern media?

⚡️Then submit the documents through the site portal.piima.uz. There are all the opportunities for the development of talent in the Creativity schools.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Videobayonot

portal.piima.uz saytiga joylashtirgan ma'lumotlarim tahrirga tushibdi. Hujjatlar tahriri qanday jarayon?
Hujjat tahriri, bu siz yuklangan hujjatlarda kamchiliklar topilganda, operatorlar talabgorga arizani to‘g‘rilab, qayta jo‘natish uchun yuboradigan jarayon. Demak, sizning hujjatlaringizda kamchilik topilgan va siz ularni to‘g‘rilab, yuklashingiz lozim bo‘ladi.

Prezident maktabiga nechta o‘quvchi qabul qilinadi? Bitta sinfga o‘rinlar soni va kirish bali haqida ma'lumot bersangiz.
Yangi tashkil etilayotgan Prezident maktablariga 144 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Har bitta sinfda ikkitadan guruh va har bir guruhda 12 ta bola bo‘ladi. Ya'ni, har bitta sinfda jami 24 ta o‘quvchi o‘qiydi.

Hujjat tahrirga berildi degani rad etildi deganimi?
Tahrirga berilgan hujjatni siz 48 soat ichida to‘g‘rilab, qayta jo‘natishingiz kerak. Tahrirga berilgan hujjat rad etildi degani emas.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2021 #Ijod_maktablari

Өзбекстан Республикасындағы бәрше Дөретиўшилик мектеплерине қабыллаў 2021-жылдың 5-июнь сәнесинен басланғанлығын мәлим етемиз.

❗️Ҳүжжетлерди тапсырыў онлайн тәризде әмелге асырылады ҳәм 25 июньге дейин даўам етеди.

🔰Бул бойынша сораўлар болса, сиз ушын арнаўлы жаратылған имканиятлардан пайдаланыўыңыз мүмкин.
Буның ушын:
telegram bot (t.iss.one/Qabul2021_bot)
☎️ Call-орайы: 1206 ҳәм +99871-207-72-22
Телефонлар арқалы байланысып, өзлериңизди кызықтырған сораўларға жуўап алыўыңызға болады.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Prezident maktabiga imtihon topshirgan o‘quvchi kirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmasa, uning ijodiy ishlari yoki erishgan yutuqlari inobatga olinadimi?
Yo‘q. Prezident maktabiga kirish imtihonlarida talabgorning yutuqlarini inobatga olish ko‘zda tutilmagan.

Agar Prezident maktabida o‘qiydigan o‘quvchining uyi uzoq bo‘lsa, u shanba-yakshanba kunlari uyiga bormay, chorak so‘ngiga qadar maktab hududida qoladimi?
Prezident maktabi o‘quvchilari shanba-yakshanba kunlari uylariga borib-kelishlari lozim.

Prezident maktabi bitiruvchilariga qanday imtiyozlar beriladi? Ularga oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz kirish huquqi beriladimi?
Yo‘q, Prezident maktabi bitiruvchilariga hech qanday qo‘shimcha imtiyozlar taqdim qilinmaydi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Prezident maktabida o‘quvchilarning qo‘shimcha shug‘ullanishlari uchun sport to‘garaklari ham bo‘ladimi?
Ha, Prezident maktablarida sport to‘garaklari mavjud.

Prezident maktabiga ariza to‘ldirayotgan vaqtda, talabgor arizasidagi onasining ismi pasportdagidan boshqacharoq yozilib qolibdi. Bunday holatda nima qilish kerak?
Bunday holatda siz 1206 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, operatorlarga vaziyatni tushuntirishingiz kerak bo'ladi. Operatorlar murojaatingizni ishchi guruhga yetqazishadi. Ishchi guruh masalani o'rganib chiqib, siz bilan bog'lanadi va hujjat tahrir qilinadi.

Agar talabgor imtihon tili sifatida ingliz tilini tanlagan bo‘lsa, u o‘qishga kirgandan keyin ham ingliz tilida o‘qiydimi?
Yo‘q, bunday holatda faqatgina imtihon tili ingliz tilida bo‘ladi. Darslar esa tegishli dastur asosida olib boriladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot #Qabul_2021

Men portal.piima.uz sayti orqali ariza topshirganimga 3 kun bo‘ldi. Hali ham javob kelmadi. Bunday holatda nima qilishim kerak?
1206 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘laning. Operatorlar sizning masalangizni o‘rganib chiqib, amaliy yordam ko‘rsatadilar.

Farzandlarim Amerikada o‘qiydi. Ularda baholash tizimi O‘zbekistonnikidan farq qiladi, ya'ni baholar 5,4,3 shaklida emas balki A+, A, B, C tarzida amalga oshiriladi. Biz Prezident maktabiga hujjat topshirishda baholar tabelini qanday taqdim qilishimiz kerak?
Bunday holatda siz AQSh dagi maktab ma'muriyatidan A+, A, B va C shakllardagi bahoni sharhlab, yozib berishini so‘rashingiz lozim. Keyin esa tabelni o‘zbek tiliga notarial tarjima qildirasiz.

Prezident maktablarida alohida maktab formasi bo‘ladimi?
Maktabning o‘z maxsus formasi bor. O‘g‘il bolalar ham, qiz bolalar ham, formada yurishadi. Maktab formasi davlat tomonidan beriladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube