Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.4K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.37K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#survey_result #сўровнома_натижаси

📝Matbuot xizmati jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida Agentlikning telegram kanallari orqali so'rovnoma o'tkazdi.

📊So'rovnomadan maqsad, tarmoq foydalanuvchilarini Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatiga doir eng ko'p qiziqtiradigan mavzularni aniqlash.

So'rovnomada 2228 kishi ishtirok etdi, natijasi quyidagicha:

1️⃣ Prezident maktablariga qabul va imtihonlar – 71%
2️⃣ Ijod maktablariga qabul va imtihonlar – 18%
3️⃣Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va imtihonlar – 21%
4️⃣ Agentlik tizimidagi maktablarga ishga kirish – 20%
5️⃣Agentlik tizimidagi maktablarning o'qitish metodikasi – 27%

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Survey #Сўровнома

📢Hurmatli, kuzatuvchilar!

💬 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatiga e'tibor qaratasizmi? Unda Agentlik faoliyatini yoritishni yanada rivojlantirish bo'yicha o'tkazilayotgan anonim so'rovnomada ishtirok eting.

So'rovnoma savollari qisqa, 45 soniya vaqtingizni oladi.
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
📌 https://forms.gle/P8RLhr1ML4tvkD5D7 👈

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўровнома_натижаси #PIIMA_PRESS

🧾📌 Xabaringiz bor, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatining yoritilishi yuzasidan Google Forms orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Shu kungacha ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etilgan ushbu so‘rovnomada 134 kishi ishtirok etdi. Natijalar esa quyidagicha:

📊Bizni kimlar kuzatadi:
15 - 25 yoshgacha bo‘lgan kuzatuvchilar 29.9 %
26 - 35 yoshgacha bo‘lgan kuzatuvchilar 30.1 %
36 -45 yoshgacha bo‘lgan kuzatuvchilar 37.3%
46 va undan yuqori yoshdagi kuzatuvchilar 3 %

🌎 🧭 Bizni qayerda kuzatishadi:
Barcha viloyatlardan kuzatib borishmoqda, Toshkent shahrida kuzatuvchilar soni boshqalariga qaraganda ko‘proq.Shuningdek, turli kasb egalari Agentlik faoliyatini kuzatib borishadi. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, umumiy miqdorda o‘qituvchilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

💻📱Bizni qaysi resurs orqali kuzatishadi:
Telegram orqali 61%
piima.uz orqali 13 %
Instagram orqali 20 %
Youtube orqali 0.7 %
Facebook sahifasi orqali 5.2 %

📝🎥💽 Kuzatuvchilar ma’lumotlarni qanday shaklda olishni ma’qul ko‘rishadi
Matn shaklida 67.2 %
Video shaklida 31.3 %
Audio shaklida 1.5 %

⌛️🕰Bizni qanchalik kuzatib borishadi:
Doimiy 65.7 %
Zarurat bo‘lganda 11.2 %
Vaqt bo‘lganda 22.4 %
Deyarli yo‘q 0.7 %

🖍Umumiy hisobda, PIIMA axborot yoritib borish faoliyatini 1 dan 5 gacha baholash bo’yicha o‘rtacha 4 baho (38.1%) natijasi qayd etildi. Agentlik axborot xizmati faoliyatini rivojlantirish bo'yicha so'rovnomada bildirilgan takliflar kelgusida inobatga olinadi. Mazkur so'rovnomada qatnashganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
#Survey #Сўровнома

Prezident maktablariga qabul boshlandi, hujjatlar kelib tushmoqda, murojaatlar bo'lmoqda. Biz qabul jarayonining qanday kechayotganini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqdamiz.

❗️Hurmatli ota-onalar, ushbu so'rovnomada qatnashing. Bu sizning faqat 20 soniya vaqtingizni oladi, xolos.
Sizning fikringiz biz uchun muhim
:👇

👉https://forms.gle/X22irA9otHNvY3f36

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Survey_result #Сўровнома_натижаси

Prezident maktablariga qabul: hujjatlar, muammolar va fikrlar

✔️ Agentlik axborot xizmati tomonidan jarayonni o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 1500 nafar kishi qatnashdi. Natijalar esa quyidagicha:

📊Respublikamizning qaysi hududidan ariza topshirmoqdasiz?
Eng ko‘p
: Toshkent shahridan 11.7 %
Eng kam: Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 3.2 %

🔹Prezident maktablariga qanday hujjat topshirish haqida ma’lumotga egamisiz?
Ha, portal.piima.uz orqali online topshiraman - 50.8%
Yo‘q, qaysi saytda topshirish kerakligini bilmayman-10.1 %
Allaqachon topshirdim - 21.7 %
Endi topshirmoqchiman - 17.3 %

🔸Portal.piima.uz sayti orqali hujjat topshirishda nimada qiyinchilikka duch kelyapsiz?
Hujjatlarni yuklashda- 41.7 %
Fotosurat va tabel – 28.2 %
Ma’lumotnoma to‘ldirish- 17.6 %
Arizani saqlash – 12.6 %

🔰Prezident maktablariga arizangiz qabul qilindimi?
Ha, qabul qilindi- 26.8 %
Yo‘q, tahrirga berildi – 37.2 %
Javob kutyapman – 36 %

So‘rovnomadan bilishimizcha, ariza topshirish asosan talabgorning ota-onasi tomonidan amalga oshirilgan, maktab ma’muriyati hamda boshqa shaxslar yordamida hujjat topshirish esa nisbatan kam.
#Сўровнома_натижаси

Agentlikka doir qaysi mavzu aholini ko‘proq qiziqtirishi haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik. Qatnashuvchilarning 64 foizini “Prezident maktablarining o‘qitish metodikasi” qiziqtirarkan. Quyida shu haqida:

🔰 Prezident maktablarida xalqaro standartlarga muvofiq Cambridge o'quv dasturi orqali darslar olib boriladi. Albatta, bunda milliy o'quv dasturi bilan ham uyg‘unlik inobatga olingan. Darsda o’qituvchining emas, balki o‘quvchining faolligi, dars markazida bo‘lishi muhim. O‘quvchi dars davomida shunchaki tinglovchi bo‘lib qolmaydi, balki u asosiy ishtirokchidir.

🔸Mazkur dastur amaliy mashg‘ulotlar va savol-javobga asoslangan jarayonlar bilan kengroq boyitilgan. O‘qituvchi har bir o'quvchining individual ehtiyojidan kelib chiqib dars jarayoniga yondoshadi.

🔹Bundan tashqari, Prezident maktablari o‘quv dasturi bilimni shunchaki xotirada saqlab qolish emas, balki fikrlash va tahlil qila olish qobiliyatini ham shakllantirishni ko‘zda tutadi.
#Сўровнома #Survey

Ma'lumki, xorijiy OTMlarga kirishda A-level sertifikati talab etiladi. Endi mazkur imtihonlarni o'zimizda topshirish imkoniyati yaratildi - Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi O‘zbekistondagi rasmiy Markazga aylandi.

🔸A-level imtihonlari hamda mazkur imtihonning topshirish tartiblari yuzasidan so'rovnoma o'tkazmoqdamiz.

✔️ Sizning javobingiz biz uchun muhim! Faolroq bo'ling!

👉 https://forms.gle/aKkQjxfSDJdErXdt7

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўровнома_натижаси

A-LEVEL IMTIHONLARI VA SERTIFIKATI YUZASIDAN SO‘ROVNOMA

✔️Agentlik Axborot xizmati tomonidan A-level sertifikati yuzasidan so'rovnoma o'tkazildi. Unda 336 kishi ishtirok etdi. Natijalar quyidagicha:

🔹A-level sertifikati va u qanday imtiyozlar taqdim etishi haqida ma'lumotga egamisiz?
Ha - 31,5 %
Yo'q - 68,5%

🔹A-level sertifikatini olish tartibini bilasizmi?
Ha - 17,1 %
Yo'q - 82,9 %

🔹A-level imtihonlarini topshirganmisiz yoki topshirishni rejalashtiryapsizmi?
Ha , topshirganman - 3,7 %
A-level sertifikati uchun imtihon topshirishni rejalashtiryapman - 55,7 %
Yo'q, A-level imtihonini topshirmaganman - 40,7 %

🔹A-level sertifikatining IELTS, TOEFL va SAT sertifikatlaridan farqini bilasizmi?
Ha - 24,9 %
Yo'q - 75,1%


🔹A-level sertifikati haqida ko‘proq ma'lumot berishimizni istaysizmi?
Ha - 97,9 %
Yo'q -2,1 %

So'rovnoma natijasiga ko'ra, A-level sertifikati haqida ko'pchilik ma'lumotga ega emasligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda ko'proq ma'lumot taqdim etib boramiz.
#Сўровнома
#Survey

Xabaringiz bor, Agentlik tomonidan nomzodlarga maktablarning bir nechtasiga hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan.

❗️Ushbu so‘rovnoma nomzodlar ushbu imkoniyatdan qay darajada foydalanganini aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

🔸So'rovnomaga javob berish 5 soniya vaqtingizni oladi, xolos.

✔️ Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉 https://forms.gle/ZvuTqxEbtt9DRDPX7
________
✔️P.S. Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari davom etmoqda. Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali onlayn topshiriladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўровнома_натижаси
#Survey_result

✔️Agentlik tomonidan talabgor-o’quvchilarga maktablarning bir nechtasiga hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan bo’lib, nomzodlar ushbu imkoniyatdan qay darajada foydalanganini aniqlash maqsadida so’rovnoma o‘tkazildi.

❗️Unda 6353 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning javoblari esa quyidagicha:

🔹Prezident maktabi va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabga topshirdim - 34,9 %
🔹 Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirdim - 11,2%
🔹 Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim- 4,9 %
🔹 Ijod maktabi va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim - 2,9%
🔹 Faqat Prezident maktabiga hujjat topshirdim - 5,5%
🔹 Faqat yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim - 38%
🔹 Faqat ijod maktabiga hujjat topshirdim - 2,6%

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўровнома
#Survey

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI FAOLIYATI YUZASIDAN IJTIMOIY SO‘ROVNOMA

❗️Ushbu so‘rovnoma kuzatuvchilarning Agentlik rasmiy sahifalari orqali qaysi mavzular ko'proq yoritilishini istashlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

🔸So'rovnomaga javob berish 5 soniya vaqtingizni oladi, xolos.

✔️ Sizning javobingiz biz uchun muhim!

👉https://forms.gle/v7xxayFvQnURrAER8

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўровнома_натижаси
#Survey_result

✔️Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati yuzasidan ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi.

❗️Unda 810 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning savollarga javoblari quyidagicha:

🔹Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi qaysi maktablar haqida rasmiy sahifalarimiz orqali ko‘proq ma’lumot berib borishimizni istaysiz?

-
Tayanch va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar - 70,4 %
-
Prezident maktablari - 27,1 %
-
Ijod maktablari - 2,5 %

🔹Qaysi loyihalarni ko‘proq taqdim etib borishimizni istaysiz?

-
"Mutaxassis javob beradi" - 31,3 %
-
"Xorijlik professorlar bilan intervyu" - 28,6 %
-
"Prezident maktabiga sayohat" - 20,2 %
-
"Farzandim Prezident maktabi o'quvchisi" - 19.9 %

❗️Prezident ta’lim muassasalari agentligi faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik 92,1% bilan
ijobiy baholandi.

⚡️So'rovnoma ishtirokchilarining taklif va mulohazalari:

▶️Agentlik tizimidagi maktablarga qabul kvotalarini oshirish
▶️Kirish imtihonlarining namunaviy savollarini ko'proq e'lon qilish
▶️Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar haqida ko'proq ma'lumot taqdim etib borish.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube