Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.5K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.36K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xushxabar

⚡️PEDAGOGIK MAHORAT VA XALQARO BAHOLASH ILMIY-AMALIY MARKAZI TRENERLARI O'ZBEKISTONDA BIRINCHI BO'LIB XALQARO PDQ DASTURI KOORDINATORLARI MAQOMIGA EGA BO'LDI!

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkilotinining PDQ (Kasbiy rivojlanish dasturi) joriy qilinmoqda.

Hozirda Markazning 2 nafar treneri - Xushnamo Burxonxo'jayeva va Emine Sheykhametova Cambridge Assessment International tashkilotining xalqaro sertifikatiga ega bo'lishdi. Endi ular sertifikatlangan PDQ dastur yetakchisi sifatida faoliyat yuritishadi.

30 nafar ishtirokchilar orasida 2 nafar trenerimizning xalqaro sertifikatga ega bo'lganligi Markazning Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan akkredetatsiyadan o'tishiga birinchi qadamdir.

Endilikda ular xalqaro trenerlar sifatida PDQ dasturi asosida seminarlar tashkil etishlari mumkin.

📌Ma'lumot uchun, PDQ dasturi rahbar va pedagog kadrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bunda kasbiy rivojlanish amaliyotdan uzilmagan holda joriy qilinadi.

❗️Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston PDQ dasturini milliy darajada, ya’ni mahalliylashtirilgan tarzda joriy etayotgan birinchi mamlakatlardan hisoblanadi.
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

Jumladan:

▶️️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 20 nafar bitiruvchisidan 13 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov shartnomasi asosida oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilindi.

▶️️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o'quv yilidagi 21 nafar bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi OTM talabalariga aylanishdi.

❗️O'quvchilarimizning barchasiga kelgusi ishlari va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari ham oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

❗️Jumladan, mazkur maktabni 2021-2022-o'quv yilida jami 19 nafar o'quvchi tugatgan bo'lib, ularning hammasi OTM talabasiga aylanishdi.

O'quvchilarimizning 10 nafari to'lov shartnoma, 9 nafari esa davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.

O'quvchilarimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinflari uchun MATEMATIKA darsligi yaratildi.

Ushbu darslikda:

✔️ o‘quvchilarning olingan bilimni turli xil vaziyatlarda qo‘llash, masalani chuqur tahlil qilish, tadqiq qilish, muammoni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga urg‘u berilgan;
✔️ muammoli hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ulushi oshirildi, loyiha ishlari, summativ baholash namunalari berildi.

Darslikda matnli masalalar guruhlarga ajratildi, jumladan:

▶️ Ishga oid masalalar;
▶️ Mantiqiy masalalar;
▶️ Iqtisodiy mazmundagi masalalar;
▶️ Harakatga oid masalalar;
▶️ Quyish va tortishga doir masalalar.

❗️Masalalar mazmuniga mos ravishda chizilgan rasm va chizmalar mavzuni chuqurroq anglashga, masalalarni idrok qilib ishlashga yordam beradi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Olimpiada

🔰Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi robototexnika yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida ishtirok etishmoqda.

❇️Qozog‘iston STEM robototexnika olimpiyadasida 250 ta guruh qatnashishdi. Ular orasida Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi 1️⃣-o‘rinni egalladi.

❇️Andijon va Farg‘ona Prezident maktablari ishtirokchilari uchirgan samolyotlari esa rekord natija ko‘rsatdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI!

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g'oliblari e'lon qilindi.

Unda dunyoning 21 ta mamlakatlaridan jami 1238 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.

❗️Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 5 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

⚡️Shundan 10 nafari (4 ta kumush, 6 ta bronza) Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilar hisoblanadi.

👉G'oliblar bilan saytimizda batafsil tanishing.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Mendeleyev_olimpiadasi

⚡️⚡️⚡️57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 7 nafar o‘quvchilarimiz g’oliblikni qo‘lga kiritishdi!

Bugun, 6-may kuni Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📍 Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o'quvchilar o’zaro kuch sinashishdi.

❗️ Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥇2 ta oltin, 🥈3 ta kumush va🥉2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi!

G’oliblarimiz bilan tanishing:

🥇Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - oltin medal;

🥇 Mahmudov Abdulloh - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi - oltin medal;

🥈 Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal;

🥈Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o'quvchisi - kumush medal;

🥈Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o'quvchisi - kumush medal;

🥉Hafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi - bronza medal;

🥉Hakimova Shahzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - bronza medal.

✔️Mazkur g'alaba bilan o'quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xushxabar
#Olimpiada
#Matematika

🥉 Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etayotgan o’quvchilar 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

⚡️Joriy yilning 8-13-may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekiston o'quvchilari 4 ta bronza medali sohibi bo'ldi.

G'olib o‘quvchilar:

🥉Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, IMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Eslatib o'tamiz, O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🔬Xabar berganimizdek, to‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etdi.

Agentligimiz tizimidagi maktablarning uch nafar o‘quvchilari sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishdi.

🥇 Oltin medali – Mahmudov Abdulloh, Toshkent shahridagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
🥇 Oltin medali – Nazarov Azizbek, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
🥈 Kumush medali – Hakimova Shahzoda, Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
🥉 Bronza medali – Dilmurodov Sohibjon, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

🧪 Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariya davlatida o'tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishdi.

💫 Barcha o'quvchilarimizni g'alabalari bilan tabriklaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#xalqaro_olimpiada

⚡️Agentlik tizimidagi maktab oʻquvchilari Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “STEM Olimpiadasi – taʼlimda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

📝 Jumladan:
1-oʻrin – Abdulhamid Xidirov, Boxirbek Ibrohimov – Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
3-oʻrin – Muso Rahimberganov, Umrbek Oktabrov – Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

🗣Maʼlumot uchun, mazkur olimpiadada 5 ta (Oʻzbekiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Estoniya, Qozogʻiston) davlatdan jami 150 ta guruh qatnashdi.

💫 Oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan tabriklab, ularning kelgusidagi oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM