Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#ijod_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi tashkil etilgan.

2022-2023-o‘quv yilida jami 223 nafar o‘quvchilar 11-sinfni bitirdi.

Bitiruvchilarimizni 187 nafari Xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan.

Bitiruvchilarimizning 33 nafariga Xorijiy Oliy ta’lim muassasasida tahsil olish bo‘yicha takliflar kelgan. Ushbu bitiruvchilarimiz 5 mln 345 ming grant sohibi bo‘lishdi.

Fan olimpiadalarining Hududiy bosqichida ijod maktabi o‘quvchilari 35 ta sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Birgina 2022-yilda jami 62 nafar o‘quvchilarimizning ijodiy ishlari chop etildi.

Bitiruvchilardan 3 nafari “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi. Ular:
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabidan
Aziza Hamidolimova (Arizona State University).
Is'hoqon Ibrat nomidagi ijod maktabidan
Dilobar Mahmudxonova (Mizzou - University of Missouri Columbia);
Gulyora To‘ychiyeva (Mizzou - University of Missouri Columbia).

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#erishilgan_yutuqlar

📈IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

📆 Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

🏛 Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

💯Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

🪪 Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSh dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

💫 Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

🏅Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvetsariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo'ldi.

📊 Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni 66 nafar o‘quvchi bitirdi.

🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:

57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida maktab o‘quvchilari Azizbek Nazarov – oltin hamda Shahzoda Hakimova – bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Shvetsariya davlatida o‘tkazilgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida Azizbek Nazarov – oltin va Shahzoda Hakimova – kumush medallari sohibi bo‘lishdi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida Azizbek Nazarov – oltin, Shahzoda Hakimova – oltin, Biloliddin Zuhriddinov – kumush, Axrorbek Baxodirov – kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

✔️ Mintaqaviy va mahalliy fan olimpiadalarida esa maktab o‘quvchilaridan 10 nafari 1-o‘rinni, 4 nafari 2-o‘rinni, 8 nafari 3-o‘rinni egalladi:

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada maktab o‘quvchilarining 5 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni, 2 nafari 3-o‘rinni egalladi.
Al- Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida maktab o‘quvchilaridan 1 nafari 1-o‘rinni, 1 nafari 2-o‘rinni, 2 nafari 3-o‘rinni egalladi.
Vazirlikning asosiy fan olimpiadasida maktab o‘quvchilaridan 4 nafari 1-o‘rinni, 2 nafari 2-o‘rinni, 4 nafari 3-o‘rinni egalladi.

🏛 Maktabning 36 nafar bitiruvchisi 103 ta xalqaro universitetlarga o‘qishga qabul qilingan.

❗️Maktabning 24 nafar bitiruvchisi esa, 26 ta mahalliy OTMlarga o‘qishga qabul qilingan.

💫 Bitiruvchilardan 26 nafari xalqaro IELTS sertifikatini, 7 nafari esa Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 114 nafar o‘quvchi bitirdi.

🏅Mahalliy hamda Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilar 11 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. (Elbek Zohidjonov - 2 ta oltin, 2 ta kumush, Asilbek Sunnatov - 1 ta bronza, Abdulaziz Radjabov - 1 ta bronza, Ozodbek Axtamov - 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)

🏛 Maktabning 19 nafar bitiruvchisi Xalqaro universitetlarning grant sohiblari bo‘lishdi.

💯 Bitiruvchilarning barchasi mahalliy universitetlarga qabul qilindi.

Yaponiyaning Chibo shahrida o'tkazilgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) hamda Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov bronza medallarini qo’lga kiritdi.

✔️ IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatini 84 nafar o‘quvchi oldi.

SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi.

💫 Maktabning 10-sinf o‘quvchilari Jaloliddin Ismoilov, Shahrizoda Karimova hamda Zumrad Akbarova AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqichining 100% lik TAʼLIM GRANTIni qo‘lga kiritdi. Ular 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi. U yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashishadi.

📊 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida Behruz Ernazarov munosib qatnashib yuqori ballni qo‘lga kiritdi va "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar

📈 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

📆 Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 38 nafar o'quvchi bitirdi.

🏅O‘quvchilar Xalqaro olimpiadalarda 1 ta oltin, 6 ta bronza medallari sohibi bo‘lishdi:

✔️ Xalqaro “International Calculus Olympiad-2022” olimpiadasida oliy matematika yo‘nalishida Jaloliddin Boymaxammadov – oltin medalini qo‘lga kiritdi.
✔️ Belarus Respublikasida onlayn o'tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultanov, Jaloliddin Boymaxammadov Abdulloh Mamniyazov – bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
✔️Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasida Javohir Sultonov – bronza medalni qo’lga kiritdi.
✔️ 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar Xalqaro olimpiadasida Abdulmalik Xoltemirov – bronza medali sohibi bo'ldi.

Agentligimiz tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan оlimpiadada, Umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy olimpiada hamda al- Xorazmiy nomidagi fan olimpiadasida maktab o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi.

🏛 14 nafar bitiruvchi Xalqaro universitetlarning jami 7.009.600 AQSH dollari miqdoridagi grantlar sohibi bo'ldi.

Bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega.

✔️ 7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.

📊 Kamoldinov Akbarjon hamda Izbayev Bexruzbeklar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti bo‘lishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#nurafshon_pm
#erishilgan_yutuqlar

📈 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️Joriy yilda Nurafshon shahridagi Prezident maktabini 24 nafar o‘quvchi bitirdi.

Ularning barchasi Xalqaro IELTS (100%) sertifikatini hamda 10 nafari SAT sertifikatini, bir nafar o‘quvchi Xitoy tilidan HSK 4-darajasini qo‘lga kiritdi.

🏛 Bitiruvchilarimizning 22 nafari Arizona State university, University of Arizona, Colorado State University, Lancaster University,Toronto school of Management kabi 119 ta Xorijiy Oliy ta'lim muassasalaridan tahsil olish bo‘yicha takliflar olishdi.

💫 "Youth creating a peaceful future", "The Earth Prize", Clime science Olympiad, "Breakthrough Junior Challenge", "International Young Eco-Hero Awards", Harvard International Relations Scholars Program singari xalqaro tanlov va dasturlarda g‘olib bo‘lishdi.

💯 Shodiyor Shukuraliyev, Orifjon Qarshiboyev, Mardona Nuriddinova, Behzod Asqaraliyev, Jahongir Gafarov kabi besh nafar bitiruvchilar Turkiyaning oliy ta'lim muassasalarida to‘liq grant asosida tahsil olish imkonini beruvchi "Turkiye Burslari" dasturidan 100 foizlik grant sohibi bo‘lishdi.

🪪 Maktab bitiruvchisi Nurshoda Qodirberganova 17 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 1,332,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

❗️Yana bir bitiruvchi Himoyiddin Abdumalikov hozirgi kunda umumiy miqdorda $1,132,000 grant sohibiga aylanib, 27 ta nufuzli oliygoh talabasiga aylandi.

➡️ Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:

✉️ Telegram
📷 Instagram
🗳 Facebook

📍 Manzil: Nurafshon shahri, Yangiobod mahallasi.
📞 Telefon: +998 55 900 03 04

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi

📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI

⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini 37 nafar bitiruvchi tamomladi.

Xalqaro til bilish sertifikatlarini 28 nafar o‘quvchi qo‘lga kiritgan bo‘lib, ularning 24 nafarini bitiruvchilar tashkil etadi.

❗️Ijod maktabining 11 nafar 10-11-sinf o'quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.

🟢 Joriy yilda ijod maktabi o‘quvchilari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada, “Kitob - kamolot kaliti” nomli xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasida, Ozarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilgan “Yosh Qutqaruvchilar” xalqaro musobaqasida faol ishtirok etdilar.

Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

🌐 Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram
Facebook
Instagram

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM