Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Diplomacy_education

PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTAB O’QUVCHILARI ITALIYAGA JO’NAB KETISHDI!

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi o’quvchilar “Diplomacy Education” dasturida ishtirok etishmoqda.

❗️Bugun mazkur dasturda g’olib bo’lgan 10 nafar o’quvchi Italiyaga yo’l olishdi.

⚡️Ular “Diplomacy Education” dasturi doirasida:
✔️Italiya Tashqi ishlar vazirligi faoliyati bilan tanishish;
✔️ rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish;
✔️ Italiyaning Rim va Vatikan shaharlaridagi tarixiy maskanlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diplomacy_education

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar "Diplomacy education" dasturi doirasida Italiyaning Rim shahrida bo'lib turishibdi.

Dastur doirasida o'quvchilar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari G'ayrat Fozilov hamda O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov bilan uchrashishdi.

✔️Shuningdek, o'quvchilar Rim shahrining e'tiborga molik tarixiy qadamjolari bilan tanishishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diplomacy_education

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'quvchilari Italiyaning Rim shahrida bo'lib turishibdi.

O'quvchilar "Diplomacy education" dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchixonasida bo'lishdi.

Elchixonadagi uchrashuvlar davomida ular 4 ta guruhga bo'linib, BMT modeli tarzida tashkil etilgan 4 ta qo'mita - WFP, UNESCO, UNICEF va UNSC yig'ilishlarida ishtirok etishdi.

📍Yig'ilishlar quyidagi mavzularda bo’lib o’tdi:

✔️"Ocharchilikni tubdan bartaraf etishda xususiy sektor va fondlar bilan hamkorlikni rivojlantirish"
✔️"Rivojlanayotgan dunyoda ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida texnologiyalarni tatbiq etish"
✔️"Xalqaro hamkorlik orqali kiberjinoyatni bartaraf etish"
✔️"Raqamli dunyoda bolalar uchun mavjud bo'lgan xavf va imkoniyatlar"

❗️Shuningdek, o'quvchilar uchun FAO - food and agricultural organization Green Garden bog’iga ekskursiya tashkil etildi.