Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.6K subscribers
17.5K photos
2.27K videos
70 files
6.54K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Paxtachi_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Биринчи_қўнғироқ

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Paxtachi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham yangi o’quv yiliga start berildi. Mazkur tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va ko'plab mehmonlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, o’quvchilarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi:

- Bugun barchamiz uchun o'ziga xos ahamiyatga ega kun. Mazkur ixtisoslashtirilgan maktab bu yil ilk o'quvchilarini qabul qilmoqda. Siz aziz yoshlar o'zingizga bildirilgan ishonchni oqlab, yurtimizga munosib farzand bo'lishingizga ishonaman. O'qishlaringizda omad va zafarlar yor bo'lsin! Doimo olg'a boring, biz sizni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.

❗️
Paxtachi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab to'liq ta'mirdan chiqarilib, 2022-2023-o'quv yilida foydalanishga topshirildi. Ta'lim muassasasi zamonaviy jihozlar va barcha kerakli shart-sharoitlar bilan ta'minlangan.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube