Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.4K subscribers
17.6K photos
2.28K videos
70 files
6.57K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#9aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi” mavzusida sinf soatlari o‘tilmoqda.

✏️Ushbu darslarda Sohibqiron Amir Temurning hayoti, davlat boshqaruvida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida maʼlumotlar berib o‘tildi.

✏️Shu bilan birga “Temur tuzuklari” asari ham o‘quvchilar bilan muhokama qilinib, Sohibqironning donolik, mardlik, to‘g‘riso‘zlik, davlatni adolatli boshqarish, ilm-fan, maʼnaviy dunyoqarashning rivojlanishidagi hissasi alohida ta’kidlandi.

✔️ “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qatʼiy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi.”

✔️ʼʼKuch – adolatdadur!ʼʼ

✔️''...davlat ishlarining to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdimʼʼ.

©
Temur Tuzuklari.
Forwarded from Hilola Umarova
#9aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni

Bugun buyuk sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Ulug‘ sarkarda davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari va amallari bilan dunyoga mashhur hamda buyuk davlat asoschisidir.

Sohibqiron Amir Temur tarqoq qavmlarni birlashtirish, ularni yagona, kuchli va ahil millatga aylantirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygandi. Bu maqsad yo‘lida kuchini ham, vaqtini ham ayamadi.

Amir Temurning Temur tuzuklari” doim ilm ahlini qiziqtirib kelgan, alohida nusxa ko‘chirilib, shaxsiy kutubxonalardan joy olgan. Ijtimoiy-siyosiy faoliyatda undan muhim yo‘l-yo‘riq sifatida foydalanilgan.

Ushbu asar ilmiy jamoatchilikni 600 yildan ziyod vaqt mobaynida qiziqtirib kelmoqda. Ushbu asar o‘lmas durdona sifatida alohida qadr-qimmatga ega. Buyuk ajdodimizning "Kuch – adolatda" shiori esa har birimiz uchun dasturulamal bo‘lishi lozim.