Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Mustaqillik_30yil

Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan tanlov yakunlandi

🔰Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan “Vatan taraqqiyotiga mening qo‘shgan hissam” tanlovi yakuniga yetdi.

🔹Tanlov 2 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqichda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar – 11 ta qo‘lda chizilgan rasm, 16 ta she’r va hikoya hamda 9 ta maqola tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish taqdim etilgan.

👉2-bosqich natijalari va g‘oliblari bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.
#Mustaqillik_30yil #Mukofot

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʼttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida”gi farmoniga asosan bir guruh hamyurtlarimiz mukofotlandi.

⚡️Ular safida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o'qituvchilari ham bor. Jumladan quyida nomlari keltirilgan ustozlar "Shuhrat" medali bilan taqdirlanishdi.

▶️ Bekova Mahkamtosh Kupaysinovna - Toshkent shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
▶️ Boqixanova Muyassar Mashrabxonovna - Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Mustaqillik_30yil #Bayram_shukuhi

Bugun, 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” tadbirining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda faol ishtirokchilar va “Hackathon” (Respublika dasturchilar musobaqasi) g‘oliblari taqdirlandi.

🔰Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi:

“Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bunday tadbirlarning tashkil etilishi yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan ulkan e’tibordan darakdir. Sizlar bizning umidimizsiz. Har biringizni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Omad doimo yor bo'lsin”.


🔸Ma'lumot o'rnida, Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” 23-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, Raqamli media va marketing, Robototexnika kabi yo'nalishlar bo'yicha bilim olishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_OAV #Mustaqillik_30yil

Cambridge Assessment tashkilotining rasmiy veb saytida Prezident maktablari haqida maqola va video e’lon qilindi.

⚡️"Ochilganiga endigina 2 yil bo‘lgan Prezident maktablarining o‘quvchilari A level imtihonlarida tarixiy natija qayd etib, bitiruvchilarning katta qismi xorijiy o’quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindilar”.

🔹 "Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova: “Ta'limga kiritilgan investitsiya juda muhim sarmoyadir. Chunki, biz bu orqali mamlakat kelajagiga investitsiya kiritmoqdamiz".

🔸"Cambridge Assessment tashkilotining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King: "Prezident maktablari Kembrij bilan hamkorlikda tashkil etilgan va bu yerdagi natijalar ikki tarafning ham yutug‘i hisoblanadi.Prezident maktablarida tahsil olayotgan yoshlar mamlakat kelajagiga katta hissa qo‘shadilar, deb o’ylayman"

📌Videoda, shuningdek, Agentlik tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar haqida so‘z boradi.
#Xorijiy_OAV #Mustaqillik_30yil

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universiteti haqida Cambridge University Press saytida maqola e'lon qilindi.

📌Unda Universitetning Markaziy Osiyo va butun dunyoda birinchi darajali fan va texnologiya markaziga aylanishi xususida so'z boradi.

⚡️Yurtimizdagi kelajakda eng muhim bo'lishi kutilayotgan kasblar aniqlandi va "Yangi O'zbekiston" universitetida aynan mazkur yo'nalishlar bo'yicha tahsil olish joriy etildi.

🔰Hamkorlik
▶️Myunxen texnika universiteti (TUM) faxriy prezidenti, professor doktor Volfgang A.Herrmann "Yangi O'zbekiston" universitetining faxriy prezidenti
▶️ TUM Yangi O'zbekiston Universitetining strategik va operativ hamkori
▶️ Massachusets Texnologiya Instituti o'quv dasturlarini ishlab chiqish, almashish dasturlari va malakasini oshirish bo'yicha hamkor
▶️ Cambridge Admission Testing tashkiloti kirish imtihonlarini ishlab chiqadi va qo'llab-quvvatlaydi.