Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.8K subscribers
17.4K photos
2.26K videos
70 files
6.52K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Yoshlar_forumi

🔰 Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.

🔹 Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

📌 Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_forumi

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORI HILOLA UMAROVANING YOSHLAR FORUMIDAGI OCHIQ MULOQOTDAN FIKRLARI

▶️ Inson faoliyati yo'nalishi istalgan vaqtda o'zgarishi mumkin. Bunga men o'zim misol. Sizlarga ham ko'nglingiz buyurgan sohada bo'ling, deyman.

▶️ Qizlarning ta’lim olishiga alohida e’tibor qaratish shart. Chunki, qizlar bilimli bo‘lsa, ular kelajak avlodni ham bilimli qilib tarbiyalaydi.

▶️Bolaning qayerda o‘qiyotgani, uning ijtimoiy kelib chiqishi umuman ahamiyatga ega emas. Uning iste’dodi muhim. Ota-ona farzandining bilim olishiga e’tibor qaratsa, u bilan shug‘ullansa – bola albatta ilmga qiziqadi, muvaffaqiyatga erishadi.

🔰Taqdimot yakunida qizg'in fikr-mulohazalarga boy bo'lib, yoshlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

👉Savollarga javoblarni saytimizda o'qing.
#Yoshlar_forumi
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

▶️Toshkent yoshlarni Forumi-2021” doirasida joriy yilning 20-21-dekabr kunlariTashkent city Congress hall” majmuasida “Yoshlar birdamlik va taraqqiyot yo‘lidashiori ostida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkent yoshlar modeli loyihasi tashkil etildi.

▶️ Mazkur loyihada ishtirok etish istagi bilan 5 mingdan ziyod yoshlar ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lib, shundan birinchi saralash bosqichida 250 nafar eng faol yoshlar saralanib olingan. Saralashning ikkinchi bosqichida esa yoshlarning intelektual bilimi, xorijiy tillarni bilishi, tashabbuskor g‘oyalari kabi darajalar orqali 150 nafar yoshlar saralab olindi.

▶️ Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-"b" sinfi o'quvchisi Abrorov Saidmurod Toshkentning eng faol 150 nafar yoshlarning orasidan joy oldi. U TYMUN(Tashkent Youth Model United Nations) davomida Gruziyaning delegati sifatida qatnashib, tadbir yakunida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.