Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.4K subscribers
17K photos
2.19K videos
70 files
6.37K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda taʼlim tizimiga doir qator vazirlik va tashkilotlar mutasaddi vakillarining fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

❗️
Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi ham ishtirok etdi. Agentlik rahbariyati va masʼullari ishtirok etgan ushbu qabulda fuqarolardan ixtisoslashtirilgan maktablar masalasida 11 ta murojaat bo‘ldi. Ushbu murojaatlarning 8 tasi shu yerning o‘zida hal qilinib, 3 nafar murojaatchiga tegishli tushuntirish berildi.

– Men Prezident maktabi imtihonlarining birinchi bosqichidan o‘tdim. Ikkinchi bosqichdan 0.1 ball bilan chiziqdan pastda turganimni ko‘rib, xafa bo‘ldim va bugun bu yerga keldim. Agentlik direktor o‘rinbosari men bilan savol-javob qildi va Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qishni davom ettirishim mumkinligini aytishdi. Men va onam bundan juda xursandmiz, – deydi Gulnoza Ro'zimbayeva.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#sayyor_qabul

⚡️AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan fuqarolar qatnashib, o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish, og‘irini yengil qilish, ko‘mak berish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Qashqadaryo

🤩 QASHQADARYODA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Qarshi shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Qoraqalpogʻiston

🤩 QORAQALPOGʻISTONDA AGENTLIK DIREKTORI ALISHER UBBIYEVNING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

Aholining ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida tashkil etilgan sayyor qabulda shahar va tumanlardan fuqarolar qatnashib, oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan Agentlik rahbariyatiga murojaat qildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan boʻlsa, ayrim murojaatlarning o‘rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali oʻquvchilari bilan muloqot qilib, ularning talim maskanidagi oʻquv jarayonlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Oʻgʻil-qizlarga yanada kuchli bilim olish, bir nechta xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini mukammal egallash lozimligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM