Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.7K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Xalqaro ta’lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo'yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi.

🔸Xalqaro ta’lim forumi o'z ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq ta'limi tizimidagi maktab o'qituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy ta’lim yo’nalishidagi muassasalar uchun "Yangi O’zbekiston" universitetida davom ettiradi.

✔️Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy ta’lim vazirligi oliy va xorijda ta’lim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining ta’lim bo’yicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottenghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark so'zga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga o'tayotgani haqida so'z yuritildi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum doirasida mahorat darslari boshlandi

Forumning amaliyotga bag’ishlangan qismida Agentlik tizimidagi maktablarning mahalliy va xorijlik o’qituvchilari hamda Vestminster xalqaro universiteti o’qituvchilari tomonidan ta’limning dolzarb masalalari va yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan metodika bo’yicha mahorat darslari tashkil qilindi.

Sho’balarda
- “Tabiiy fanlarni tadqiqotchilikka asoslanib oʼqitishda formativ baholash”,
- “PISA tadqiqotlarida matematik savodxonlik”,
- “Turli savol berish texnikalari yordamida oʼquvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish”,
- “Аnalogiyalar va modellashtirish yordamida abstrakt fizik tushunchalarni oʼqitish”,
- “Oʼrganish uchun qayta aloqa (“feedback”)”,
- “Tabiiy fanlar darslarida fan va til integratsiyasi”
kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

📌 Ushbu mahorat darslari har bir ishtirokchining kelgusi faoliyatida o’zining ijobiy samarasini beradi deb, umid qilamiz.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun
#Янги_Ўзбекистон_университети

⚡️Xalqaro ta'lim forumi doirasida oliy ta'lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va raqamli davrda innovatsion ta'lim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

✔️ Unda “Yangi O’zbekiston” universiteti prorektori Elyorjon Jumayev, TUM Int rahbari Frederika Hettinger, Times Higher Education mintaqaviy direktori Lachin Italmazova va Agentlik vakillari so'zga chiqishdi.

📍Tadbirda ta'lim tizimiga zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish, "Yangi O'zbekiston" universiteti va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik istiqbollari, xususan oliy ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot markazlarining o'rni, raqamli ta'limning afzalliklari kabi masalalar muhokama qilindi.

🔸Forum davom etadi.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forumning ikkinchi kunida pedagoglarning malakasini oshirish, xorijning eng ilg'or ta'lim metodlarini o'rganishga bag'ishlangan treninglar amaliy mashg'ulotlarga boy bo'ldi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Forum so'ngida seminar-treninglar o'tgan mahalliy va xorijiy ta'lim sohasi vakillariga sertifikatlar topshirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta’lim forumi yakuni va “Yangi O’zbekiston” universitetining tantanali ochilish marosimiga bag’ishlangan madaniy tadbir bo’lib o’tmoqda.

👉Tadbirni jonli efirda kuzating.
#Xalqaro_forum
#Ikkinchi_kun_yakuni

⚡️"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI VA FORUM YAKUNIGA BAG'ISHLANGAN KONSERT DASTURI BO'LIB O'TDI

🔸Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forum yakuni va Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining tantanali ochilish marosimi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.

📌Konsertda O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Farrux Zokirov va maqom, opera va baxshichilik san’atining namoyondalari ishtirok etib, tadbirga alohida fayz bag'ishladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O’zbekiston ta’limi: islohotlar yo’lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro ta’lim forumining 1-kunidan lavhalar.
#Xalqaro_forum
#Aks_sado

⚡️Agentlik tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta'lim forumi ishtirokchilaridan biri - Buyuk Britaniyada joylashgan Times Higher Education tashkiloti mintaqaviy direktori Lachin Italmazova forum haqidagi taasurotlari bilan bo'lishdi.

U o'zining LinkedIn sahifasida "Yangi O'zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik" forumidagi ishtiroki va taassurotlari haqida so’zlab berdi.

https://www.linkedin.com/posts/ugcPost-6870347356366229504-uMWV
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum

🎼Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston ta'limi: islohotlar yo'lida muvaffaqiyatli hamkorlik”
xalqaro ta'lim forumi yakuni va “Yangi O’zbekiston” universitetining tantanali ochilish marosimiga bag'ishlangan konsert dasturidan lavhalar.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum
#Mahorat_darslari

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta'lim forumi doirasida Agentlik tizimidagi hamda umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🎥 “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi - mahorat darslarini yuqoridagi videorolikda tomosha qiling.
#Yosh_tadqiqotchilar_taqdirlandi
#Xalqaro_forum
#Ilm_fan_iftixori

🗺 Toshkent shahrida Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro ilmiy forumda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari – "Yosh tadqiqotchilar" to‘garagi a'zolari munosib ishtirok etishdi.
🎖Sitora Naimjonova “Erkin Vohidov she’riyatida polisemantik so‘zlar” maqolasi uchun;
🎖 Vazira Ahmadqulova "Xalqona she’riyatning poetik sintaksisi xususida maqolasi uchun;
🎖 Rushana Olimova “Doston matnida uchraydigan dialektal so‘zlar izohi” maqolasi uchun ko‘rik-tanlovning "ILM-FAN IFTIXORI" esdalik nishoni va guvohnomasi bilan taqdirlandi

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Xalqaro_forum
#Angliya

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda.

📍 Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo’lib, unda butun dunyodan ta'lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda.

Butunjahon ta’lim forumi:

▶️ bugungi kundagi ta'lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish,
▶️ yuzaga kelgan ta'lim va o‘quv masalalarida firk almashish,
▶️ ta'lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish,
▶️ davlatlar tomonidan ta'limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo'lishish uchun
xalqaro maydon hisoblanadi.

✔️ Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.

📆 Forum 10-maygacha davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube