Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️AGENTLIK TOMONIDAN TASHKIL ETILAYOTGAN XALQARO TA'LIM FORUMI DOIRASIDA AYNI PAYTDA TOSHKENTDA BO'LIB TURGAN MEHMONLARNING TA'LIM BORASIDAGI FIKRLARI

🔸 John Brisson - Massachusets Texnika instituti J-WEL Oliy ta'lim bo‘yicha maslahat kengashi raisi, professor.

- Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur maktablar loyihasini alohida e'tirof etishim kerak. Bu yerni bitirgan o‘quvchilar ertaga mamlakat uchun foydali kadrlar bo‘lib yetishadilar;

- O‘zbekistonda ta'limni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tahsinga sazovor;

- Ta'lim tizimi doimiy islohotlar va harakatni talab etadigan soha. Ta'lim doimo diqqat markazda bo‘lsagina katta natijalarga erishish mumkin;

- Innovatsiyalar yoshlar qo'li bilan yaratiladi. Chunki, innovatsiya chegara bilmas yoshlar ijodidir
.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot va [email protected] orqali yo’llang!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Jana Legtenborg,
TUM International
Biznes taraqqiyoti bo’limi rahbari
,

- O‘zbekistonda ikkinchi marta bo‘lishim. Har safar bu mamlakatni yanada yaxshiroq o‘rganyapman. E'tirof etishim kerak, birinchi sayohatimdayoq O‘zbekiston va o‘zbekistonliklar menda juda yaxshi taassurot qoldirgan.

Biz hozirda "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan birgalikda seminar-treninglar o‘tkazyapmiz. Ularda asosiy e'tibor innovatsion eko-tizimlar mavzusiga qaratilgan. Chunki, universitetlar eko-tizimning bir bo‘lagidir. Biz shu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun hamkorlar bilan ishlaymiz.

Biz "Yangi O‘zbekiston" universiteti bilan o‘qish, o‘rganish, tadqiqotlar olib borishning yangi platformasini yaratish yo‘lida hamkorlik qilmoqdamiz. Kelajakda ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilishiga umid qilaman.

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari o‘qishga, o‘rganishga juda chanqoq. Bu yerda mahalliy mutaxassislar bilan yelkama-elka ishlash chin ma'noda ajoyib bo‘ldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETI DUNYONING BOSHQA HUDUDLARI UCHUN HAM O‘ZIGA XOS MODELGA AYLANA OLADI

Vijay MS Kumar,
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL direktori

- O'zbekistonga kelganimga atigi bir kun bo‘ldi, ammo allaqachon bir olam taassurotga egaman;.

- Bizning tashkilotimiz butun dunyoda ta'limni ijobiy tomonga o‘zgartirish va shakllantirishda ishtirok etadi. Bunda xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz, shulardan biri "Yangi O‘zbekiston" universitetidir.

- "Yangi O‘zbekiston" universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning boshqa hududlari uchun ham o‘ziga xos modelga aylana oladi. Tabiiyki, bu vaqt talab etadigan jarayondir.

- Biz mazkur universitet bilan o'quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda o'zimizning eng yaxshi tajribalarimizni 'Yangi O‘zbekiston" bilan bo'lishamiz.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Julia Reynolds-Cuellar,
Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL Oliy ta'lim bo'yicha direktor yordamchisi

-Yurtingizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar, mazkur maktablar va ayniqsa o'quvchilar menda chuqur taassurot qoldi. J-WEL va "Yangi O'zbekiston" o'rtasida hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilayotganimizdan xursandmiz.

- Hozirda "Yangi O'zbekiston" universiteti va J-WEL o'rtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Biz kelajakdagi ishlar hamda hamkorlikdagi loyihalar ustida ishlayapmiz.

- Tashkilotimizda boshlang'ich va o'rta maktab ta'limi bilan shug'ullanuvchi bo'lim mavjud. Bu borada ko'plab yangi loyihalar ustida ishlashimiz mumkin.Umid qilamanki, ta'lim sohasida olib boriladigan hamkorligimiz har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'ladi

👉https://eduforum.uz/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Lachin Italmazova,
Times Higher Education tashkiloti mintaqaviy direktori

- Biz Times Higher Education tashkiloti sifatida jahon universitetlari xalqaro reytingini baholashda 13 turdagi me'zonlarga tayanamiz. Xususan, OTMlarning ilmiy tadqiqotlar olib borishi, mazkur ilmiy izlanishlarning sifatiga alohida e'tibor qaratiladi.

- Aytish mumkinki,"Yangi O'zbekiston" dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo'lish uchun ulkan salohiyatga ega. Tabiiy, bu vaqt talab etadigan jarayondir. Bunda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

-Top universitetlar reytingiga kirish nafaqat jahon miqyosida tan olinish, balki eng yaxshi iqtidor egalarini jalb etish va jahon OTMlari hamda tashkilotlar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish demakdir
.

👉Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Jemal Yildiz,
Turkiya Milliy ta'lim vazirligi Oliy va xorijda ta'lim va xalqaro aloqalar bo’yicha bo’lim boshlig’i

🔸Forum doirasida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladik. Mazkur memorandum ikki tomonlama hamkorlik aloqalarimizni yanada kuchaytiradi, deb umid qilaman.

🔸Men Samarqanddagi Prezident maktabida bo'ldim, aytish mumkinki, maktab juda chiroyli loyihaga ega. O’quvchilar ham juda aqlli. Ularning ertaga O’zbekiston taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shishlariga ishonaman.

🔸Biz Turkiya tomoni sifatida Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan talabalar almashinuvi va boshqa bir qancha sohalarda hamkorlik qilish niyatidamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Shanmugam Moorthi,
Team Coach International tashkiloti rahbari (Malayziya)

-Forum doirasida taklif etilgan mehmonlar bilan bilim va tajriba almashinuvi juda ajoyib bo’ldi. Shuningdek, forum yakuniga bag’ishlangan konsert ham esda qolarli bo’ldi.

-Prezident maktablari tashabbusi, umuman O’zbekiston ta’lim tizimi boshqalar uchun ham o’ziga xos modelga aylana oladi.

-Biz Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan o’zaro hamkorlik istiqbollari, shuningdek o’qituvchilar, o’quvchilar va rahbar kadrlar uchun seminar-kurslari tashkil etish masalalarini muhokama qildik.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

Martin Seviour,
Nottingham Trent universiteti PEAP (Akademik maqsadlar uchun yo’naltirilgan ingliz tili) dasturi rahbari

- Biz mazkur xalqaro ta'lim forumi doirasida o'zaro fikr almashishga muvaffaq bo'ldik. Aytish mumkinki, forum juda yaxshi tashkil etilgan, xalqaro darajaga ega.

- Tadbir so'ngida Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzolab, kelajakdagi hamkorlik masalalarini kelishib olganimizni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman.

- Biz Agentlik bilan Agentlik tizimidagi maktablarning ingliz tili o'qituvchilari uchun kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish, xususan EAP (English for Academic Purposes) yuzasidan hamkorlik qilish niyatidamiz.

-O'zbekistonga ilk bora 1994-yilda kelganman, hozirda shu vaqt mobaynida sodir bo'lgan o'zgarishlarga guvoh bo'lib turibman.