Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Qutlov

Yoshlar kuni munosabati mukofotlanganlar qatorida Agentlik tizimidagi o'qituvchilar ham bor. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Namangan shahridagi Prezident maktabi direktori o‘rinbosari Yelena Mustayeva “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

💥Yelena Mustayeva chet tilidan malaka va uni bilish darajasi bo‘yicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, IELTS, CEFR, TOEFL kabi sertifikatlariga ega. Uz.TEA hamkorligida respublika va viloyat miqyosida seminar-treninglarda trener sifatida ishtirok etgan. 2018 yil Teaching Excellence and Achievement dasturi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, 2018 yil yanvar-mart oylarida AQSHning Massachusets shtati universitetida malaka oshirish kurslarida qatnashgan. 2018 yil O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng faol olima ayoli” tanlovi ishtirokchisi.

🔹Ma’lumot o‘rnida, Yelena Mustayeva dastlab Agentlik tizimidagi Ibrat nomidagi ijod maktabida ingliz tilidan dars bergan.
#Qutlov

⚡️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilari bilan bir qatorda o'quvchisi ham "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu ro'yxatdan Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Firdavs Abduqayumov ham joy oldi.

💥Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, Firdavs 12 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasining 1 005 000 AQSh dollari miqdoridagi grantlari sohibi ham bo'lgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Mukofot_muborak #Qutlov

HILOLA UMAROVA "MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR A'LOCHISI"!

Kecha Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

🔹“Raqamli avlod” loyihasi bilan Mehribonlik uylarini bosqichma-bosqich qamrab olish va Mehribonlik uylari bolalarining o'zlari tarbiyalangan maktablarda mentor bo'lib tayinlanishi uchun yaratilgan imkoniyat hamda ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlash borasidagi olib borilgan ishlari hamda islohotlarni hayotga tadbiq etishda jonbozlik ko'rsatayotgani tufayli e’tirof etildi.

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Hilola Umarovani yuksak ishonch va mukofot bilan muborakbod etadi.
So'nmas shijoatingiz va kasbga bo'lgan fidoyiligingiz doimo sizga yor bo'lsin!