Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.6K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Raqamli_avlod_qizlari

Bugun, 28-fevral kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari - 2022” haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, yig’ilganlarga omad tiladi:

“So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasida ayol-qizlarning roli tobora ortib bormoqda. Bu yil “Raqamli avlod qizlari” tadbiri ikkinchi marta tashkil etilmoqda va sizlarni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham o’z samarasini beradi”.

📆Raqamli avlod qizlari-2022” 5 kun davom etadi, darslar onlayn va offlayn shaklda bo’lib o’tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 "Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

📆 25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

📝 Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn;
Raqamli dizayn;
Startup loyihalar;
Grafik dizayn.

📝 Onlayn yo'nalishlar:
Python;
Sun'iy intellekt (AI);
Frontend (React.js);
Web dizayn;
Back-end (.Net);
Back-end (Go);
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉 Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Raqamli_avlod_qizlari

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda "Digital Generation Uzbekistan" NNM bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan "Raqamli avlod qizlari-2025" loyihasi haqida kuzatuvchilardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda:


"Raqamli avlod qizlari-2025" da Start-up loyihalar qaysi yo‘nalishlarda qabul qilinadi?

Bunda ishtirokchilar tomonidan 4 ta yo‘nalishdagi Start-uplar taqdim qilinadi:
Ta’lim,
Sun’iy intellekt,
Yashil iqtisodiyot,
Iqlim ozgarishi.

Mazkur tadbirda kimlar qatnasha oladi? Yosh chegarasi mavjudmi?

"Raqamli avlod qizlari-2025" loyihasida ishtirok etish uchun yosh chegarasi 30 yoshgacha deb belgilangan.

Loyihada ishtirok etish uchun jamoalarni shakllantirishda cheklov bormi? Bitta jamoa tarkibida necha kishi ishtirok etishi mumkin?

Bir jamoa tarkibida faqat 2 ta ishtirokchi qatnashishi mumkin. Shuningdek, loyihada yakka tartibda ishtirok etishga ham ruxsat berilgan.

______________

Eslatib o‘tamiz, loyihaning bu yilgi mavsumi 24-29-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

Loyiha ishtirokchiligidan mentorlikkacha — Charos Abdusattorova
"Raqamli avlod qizlari" haqida...

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabasi Charos Abdusattorova 2022-yildan buyon "Raqamli avlod qizlari" loyihasida ishtirok etib kelmoqda.

Shu kunga qadar ushbu IT tadbirda uning Quyosh panellari samaradorligini oshirish va LMS — ta'limni raqamlashtirish kabi Startap loyihalari g‘olib bo‘lgan.


✈️O‘tgan yili g‘oliblar qatorida u ham Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida bo‘ldi.

🌐 Batafsil videoda.
___________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

"RAQAMLI AVLOD QIZLARI" ning FAOL QIZLARI: ishtirokchidan koordinatorlikkacha

Ummatoy Yo‘ldosheva — loyiha koordinatori:

"Men ushbu loyihaning har yilgi mavsumida qatnashib kelmoqdaman. Dastlab ishtirokchi, keyin spiker, endi esa koordinatorman.

Yangi mavsumda ham malakali spiker va mentorlar bilan birgalikda yurtimizga manfaatli loyihalarni amalga oshiramiz"

Yutuqlari:
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi,
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
Parij shahridagi ESCP Biznes maktabining Liderlik moduli bitiruvchisi;
Markaziy Osiyo bo‘ylab ayollarni raqamli ko‘nikmalar va neyron tarmoqlar bo‘yicha o‘qitadigan "Anora" platformasi asoschisi.

Madina Namozova — loyiha koordinatori:

"Raqamli avlod qizlari" jamiyatda va IT sohasida o‘z bilimlarini oshirishga yordam beradi. Mening yutuqlarimda ham bu loyiha poydevor vazifasini o‘tagan".

Yutuqlari:
“Islom Karimov” nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi;
Uzbek-Chicago assotsiatsiyasi granti sovrindori;
"Yangi O‘zbekiston" universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

Muxlisa Mamajonova — loyiha koordinatori:

"Dunyoning TOP 100 ro‘yxatiga kirgan universitetga magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilinishimda "Raqamli avlod qizlari" dagi faoliyatim katta yordam bergan".

Yutuqlari:
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori;
"El-yurt umidi" jamg‘armasi Stipendianti;
Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibasi;
Dunyoning TOP-100 ro‘yxatidagi University of Glasgow magistratura bosqichi bitiruvchisi.

______________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_avlod_qizlari

Ummatoy, Madina, Muxlisa... Ular loyihaning oddiy ishtirokchisidan koordinatorlari darajasiga chiqa oldi. Buni ularning oʻzlaridan eshiting.

Raqamli avlod qizlari” loyihasidan maqsad ham shu. IT sohasiga qiziqadigan, iqtidorli qizlarni bir yerga jamlash, qoʻllab-quvvatlash.

Ishonaman, loyiha sabab koʻz oʻngimizda hali yuzlab, minglab qizlarimizning mana shunday muvaffaqiyat hikoyalari yaratiladi.

Eslatma! Ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish jarayonlari davom etmoqda.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰
#Raqamli_avlod_qizlari

"Raqamli avlod qizlari" ning xitoylik ishtirokchilari: "O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz"

"Raqamli avlod qizlari-2025" tadbirida malakali mentorlar va spikerlar bilan birgalikda xorijiy mamlakatlardan ham ishtirokchilar qatnashadi.

Xitoyning “Yinghua Academy” o‘quvchilari va ustozlaridan iborat jamoa mazkur IT tadbirda o‘zbekistonlik o'quvchilar bilan birgalikda tajriba almashishlari kutilmoqda:

Qadimgi Ipak yo‘lidan tortib to bugungi raqamli davrgacha Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam do‘stlik mavjud bo‘lib kelgan.

Mazkur sayohatimiz orqali biz nafaqat texnologiyalar va yangi bilimlarni egallash niyatidamiz, balki o‘zbek yoshlari bilan yanada yaqin do‘stlik aloqalarini o‘rnatamiz, deb umid qilaman.


"Raqamli avlod qizlari" loyihasi orqali o‘z g‘oyalarimizni o‘rtoqlashish, turli davlatlardan do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. O‘zbekistonga safarimizni intizorlik bilan kutyapmiz.


Maktabimizda o‘zbekistonlik ko‘plab sinfdoshlarimiz ham bor. Biz ular bilan ko‘pincha birga shug‘ullanamiz. Oramizda samimiy do‘stlik aloqalari shakllanib ulgurgan.

____________

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmadingizmi? Unda shoshiling!

🔴
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

So‘z loyihaning faol qizlariga
"Yutuqlarimda menga ilhom va bilim bergan eng katta yordamchim — "Raqamli avlod qizlari" bo'ldi"

Iroda Shokirova — "Raqamli avlod qizlari" loyihasining faol ishtirokchisi. U mazkur tadbirning barcha mavsumlarida ishtirok etgan holda Digital Art yo‘nalishida o‘z bilimlarini oshirib kelmoqda.

✈️Iroda 2024-yilgi mavsumda g‘oliblar safidan o‘rin olib, Birlashgan Arab Amirliklarida ta'lim sayohatida ham bo‘ldi.


Iroda Shokirova shuningdek, Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovning rassomchilik yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

🌐 Batafsil videolavhada.

______________
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari


"Raqamli avlod qizlari—2025": mavsum boshlandi

🔴 Ayni damda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida mashg‘ulot jarayonlari boshlab yuborilgan.

Bu yilgi mavsumda ishtirokchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z startap loyihalar ustida ish olib borishmoqda.

📊 Ma'lumot o‘rnida: "Raqamli avlod qizlari-2025" da ishtirok etish uchun 5 ming nafardan ortiq qizlar royxatdan o‘tishdi.


Ular orasidan 120 nafardan ortiqroq qizlar offlayn mashg‘ulotlar uchun saralab olindi.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari
#NO_COMMENT

"Raqamli avlod qizlari—2025" IT tadbirining 1- va 2-kundagi jarayonlaridan videolavha.

📊 Ma'lumot o‘rnida: ushbu tadbirda qizlar:


Ta’lim,
Sun’iy intellekt,
Yashil iqtisodiyot,
Iqlim ozgarishi kabi yo‘nalishlarda startap loyihalari ustida ish olib borishmoqda.

Shuningdek xorijiy va mahalliy spikerlar ishtirokida davra suhbatlari ham tashkil etilgan.

Digital Generation Uzbekistan

Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM