Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
49K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Munosabat

🔰Prezident maktabiga kirish imtihonlari birinchi bosqichining 1-smenasi yakuniga yetdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon o‘tkazilish joylari bo‘yicha e’tirozli fikrlar bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-maydagi 7- sonli majlis bayoni asosida imtihonlar o‘tkaziladigan hududlar belgilab berilgan. Bunda imtihonni o'tkazishga mas'ul barcha tashkilotlar tomonidan mazkur hududlarning video-kuzatuv, internet, elektr va boshqa shu kabi shart-sharoitlar bilan ta’minlanganligi inobatga olingan.

Shu bilan birga, mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda imtihon davomiyligi 90 daqiqadan 60 daqiqaga qisqartirildi.

O'tgan yili pandemiya tufayli Prezident maktablariga qabul o'tkazilmagan edi. Bu yil pandemiya sharotida qanchalik qiyin bo‘lmasin, qat’iy tartib-qoidalar asosida ochiq havoda kirish imtihonlari tashkil etilmoqda.

❗️Shu o'rinda, har bir kishi, jumladan, ota-onalar shaxsiy mas’uliyatini oshirishga va ijtimoiy masofa saqlashga muntazam da’vat etilmoqda.

✔️Eslatib oʻtamiz, Cambridge Assessment tashkilotining talablari asosida barcha sharoitlar maksimal darajada tashkil etilmoqda. Imtihonlar 2 smenada yaʼni 8:00 va 19:00 da boshlanadi.
#Munosabat

🔴Farg'ona shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining 2-bosqich ingliz tili fanidan imtihon yuzasidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan rasmiy bayonot beriladi.

🔰Unda:
▶️Prezident ta'lim muassasalari agentligi mas'ullari;
▶️Qabul komissiyasi raisi va
▶️Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell ishtirok etishadi.

👉 Bizni bugun 18:30 daYouTube kanalimiz orqali kuzatishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat #Cambridge_Assessment

Cambridge Assessment tashkilotining Test ishlab chiqish va qabul jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti boshlig'i Gwen Caudwell Prezident maktablariga kirish imtihonlari yuzasidan munosabat bildirib, kirish imtihonlari natijalarining adolatli bo'lishini ta'kidlab o'tdi.

🎥 Mazkur intervyu subtitr bilan e'tiboringizga havola etilmoqda.

🔹Hurmatli ota-onalar, natijalar e'lon qilinmasdan, turli gap-so'zlarga yo'l qo'ymasligingizni so'raymiz. Cambridge Assesment tashkiloti har bir nomzod natijasining adolatli bo'lishini ta'minlashni o'z zimmasiga oldi.

❗️Eslatib o'tamiz, asossiz korrupsiyada ayblash, shaxsga nisbatan qilingan bo'hton va tuhmatlar uchun qonun oldida javobgarlik belgilangan.
#Munosabat
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari "O’zbekiston" telekanalining "Munosabat" ko'rsatuvida ishtirok etishmoqda.

✔️Ko'rsatuvni onlayn tomosha qiling 👉 https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Munosabat
#Jonli_efir

🔴 Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari "O’zbekiston" telekanalining "Munosabat" ko'rsatuvida ishtirok etishmoqda.

✔️Unda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida 5-aprel kuni xalq ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma'lumot beriladi.

👉Ko'rsatuvni onlayn tomosha qiling: https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari va Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari bitiruvchi o'quvchilari "O'zbekiston" telekanalining ''Munosabat'' ko'rsatuvida.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari jarayonida talabgor-o’quvchi qiz bilan sodir bo’lgan tushunmovchilikni bartaraf etish uchun ota-onalar tanlagan vakillar Agentlik mutasaddilari ishtirokida imtihonga kiritildi.

Vakillarga ushbu o’quvchi qizning Toshkent shahridagi maktablardan birining 4-sinf bitiruvchisi ekanligi isbotlab berildi.

Mazkur jarayonlardan video-lavha taqdim etilmoqda.
#Munosabat

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Qoraqalpog‘istondagi imtihonlar sanasi o‘zgarganidan va bu test sinovlari javoblari eʼlon qilinishi ortga surilishiga sabab bo‘lganidan xabaringiz bor.

Oxirgi imtihon kecha, 7-avgust sanasida bo‘lib o‘tgani va Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari aynan 7-avgust kuni yakuniga yetgani haqida rasmiy sahifalarimizda xabar berganmiz.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon natijalari bir vaqtda eʼlon qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon javoblari kechikishiga “Boylarning bolalari saralab olinyapti” degan mazmundagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini va imtihon natijalari tez orada eʼlon qilinishini maʼlum qilamiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube