Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Qaror_ijrosi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi zimmasiga umumta’lim maktablar foydalanishi uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, fizika fani bo‘yicha zamonaviy multemediya mahsulotlarini yaratish hamda tayanch maktablar va fizika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar uchun metodik ko‘mak ko‘rsatish kabi vazifalar yuklatildi.

📃 👉 Batafsil

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi

🔴 Ayni damda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xodimlari ishtirokida "Ma’naviyat soati" bo'lib o'tmoqda.

Ushbu "Ma'naviyat soati" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash asosida tashkil etildi.

📑📖 "Ma’naviyat soati" yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muxiddinova tomonidan olib borilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Agentlik tizimida ham bir qancha ishlar olib borilmoqda.

🔹Xususan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi faoliyatida buning namunasini ko‘rish mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi

“Agentlik Ingliz tili olimpiadasi"ning final bosqichiga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-sonli "Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻqitishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlik tizimidagi maktablar uchun ikki bosqichli “Agentlik Ingliz tili olimpiadasi” tashkil etildi.

🔹Olimpiadaning 1-bosqichidan yuqori natija koʻrsatgan jami 30 ta oʻquvchi Namangan viloyatida oʻtkazilayotgan final bosqichida ishtirok etishmoqda.

🔰Olimpiadani yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida chet ellik mutaxassislar bilan birgalikda Namangan davlat universitetining yuqori malakali professor-oʻqituvchilari hakamlar hay'ati tarkibiga jalb etildi.

Natijalar va gʻoliblar haqida olimpiada yakunlangach batafsil xabar beramiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔰Bo‘zatov FESTning yakuniy bosqich ishtirokchi va mehmonlari tantanali ravishda kutib olindi.

🔹Agentlik vakillari ham ishtirok etayotgan ushbu festivalda Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining o‘quvchi yoshlari qatnashib, "Mening ilk kitobim" loyihasida tashabbuskorlik ko‘rsatishdi.

🔸Festival davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi

✔️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabi o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'rtasida imzolangan "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash chora-tadbirlari rejasi"ga muvofiq Qurolli kuchlar Akademiyasida bo'lishdi.

🔸O'quvchilar Akademiyada harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va ta'lim olish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

⚡️O'quvchilar, shuningdek harbiy texnikani boshqarishni o'rganish uchun mo'ljallangan o'quv apparatlarida mustaqil ravishda mashqlar bajarib, Akademiya tarixiga bag'ishlangan muzeydagi eksponatlar bilan tanishishdi.
#Qaror_ijrosi
#Prezident_maktablari

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA PREZIDENT SOVG’ASI TOPSHIRILDI

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-sonli "Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida, jumladan 2023-yil 1-yanvarga qadar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan har bir hududdagi Prezident maktablarini bittadan avtobus bilan ta'minlash belgilab qo'yilgan edi.

🔸Bugun, 10-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova tomonidan Prezident maktablariga Prezident sovg’asi - avtobuslar topshirildi.

🏢 Avtobuslar Guliston, Namangan, Buxoro, Qarshi, Samarqand, Farg'ona, Xiva va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga taqdim etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Ijod maktabida OTM kafedrasi boʻlimi ochildi


Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti masʼullari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan muloqotda har ikki ta’lim muassasasining hamkorlikdagi istiqbolli rejalari muhokama qilindi, rejalar tuzib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Abdulla Qodiriy ijod maktabi va universitet oʻrtasida memorandum imzolandi.

Shu munosabat bilan, ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi bo’limi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va masʼul xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan muloqotda tomonlar taʼlim sohasida oʼzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Universitet professor-oʻqituvchilari ishtirokida mahorat darslarini doimiy ravishda olib borish belgilab olindi.

Shuningdek, mehmonlar ijod maktabida yaratilgan zamonaviy ta'lim sharoitlari, o‘quv jarayoni, to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Uchrashuv doirasida ijod maktabida O‘zDJTU tarjimonlik kafedrasi filiali ochilish marosimi ham oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida’’gi qarori qabul
qilingan edi.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor–oʻqituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ijod maktabi oʻquv jamoasi va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi vakillari oʻrtasida boʻlgan muloqotda oʻzaro hamkorlik masalalari, istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida taʼlim yoʻnalishida hamkorlik oʻrnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti oʻrtasida qo'shma qaror imzolandi.

Shu munosabat bilan ijod maktabida mazkur oliy taʼlim muassasasining "Jahon tillari va adabiyoti" hamda "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedralarining filiallari tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube