Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#xotira

Abdulla Oripov ijod maktabiga O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning 80 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan tadbirga turli tashkilotlardan mehmonlar tashrif buyurishdi.
Mehmonlar Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo’yib, shoirning muzeyi va maktab foyesida tashkil etilgan ko’rgazma bilan tanishdilar. Mehmonlar tashrifi davom etmoqda.

✍️Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati.
#Xotira

Xalq shoiri tavalludining 80 yilligi ijod maktablarida keng nishonlanmoqda

O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan 19-mart kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi harbiy orkestr jamoasi, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi havo hujumidan mudofaa qo'shinlar va harbiy havo kuchlari qo'mondonining o'rinbosari, polkovnik Usmanov Davron Abduqahharovich, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o'quv metodika va harbiy vatanparvarlik bo'limi boshlig'i Ma’mura Zohidovalar qatnashdi.

"Qodiriy izdoshlari" to'garagi a’zolarining ijodiy chiqishlari barcha tamoshabinlarga manzur bo'ldi. Tadbir yakunida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari va hamkor tashkilotlar bilan Abdulla Oripov ijodidan qizg'in bahru-bayt o'tkazildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

🎬 Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari Shokirjon Kukiboyev va Dilorom Toshkanboyeva O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oriovning "Sohibqiron" drammasidan parcha ijro etishdi.


⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda Abdulla Oripov ijod maktabi hamkorligida O'zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi.

Bu haqda "O'zbekiston24" telekanalida erfirga uzatilgan ko'rsatuvda tomosha qilishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Toshkent davlat agrar universiteti "Nihol" badiiy-ijodiy to'garagi hamda Abdulla Qodiriy memorial muzeyi hamkorligida " Ajdodlarni xotirlash- muqaddas qadriyat" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xotira

YURAKKA KO'MILAR ASL SHOIRLAR...

Bugun, 26-aprel kuni O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tug'ilgan kun. Shoir hayot bo'lganida 67 yoshga to'lgan bo'lardi.

U o'nga yaqin she'riy to'plam, ko'plab qo'shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi.

Muhammad Yusuf ijodiga xos xususiyat - bu uning she'riyatida oltinday yarqirab turuvchi soddalik, xalqonalik. Uning har satri, har bayti, bir qarashda oddiy, ammo teran, obrazli mushohadalar bilan ziynat topgan.
Shoir butun borlig'ini, iste'dodini Vatan madhini tarannum etishga bag'ishlagandi...

Vatanim

Men dunyoni nima qildim,
O'zing yorug' jahonim,
O'zim xoqon,
O'zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg'izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O'zing mening ulug'lardan
Ulug'imsan, Vatanim…

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#xotira

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligi munosabati bilan Andijon shahrida shoir nomidagi xiyobonda adabiy anjumani o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan anjumanda dastlab keng jamoatchilik vakillari shoir haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.
Adabiy anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, Andijon farzandi, xalq shoir Muhammad Yusuf ijodini alohida e'tirof etdi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shoir va yozuvchilar, oliy ta'lim muassasalari professor o‘qituvchilari, adib nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari qatorida keng jamoatchilik vakillari hamda shoirning farzandlari, singillari, yaqinlari ishtirok etdi. 

Shundan so‘ng, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari hamda turli soha vakillari tomonidan shoir ijodidan namunalar o‘qildi.
#Xotira_kuni

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda Xotira va Qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda, 5ta yo'nalish
🖊insho yozish
🖍asfaltga rasim chizish
💻ppt taqdimot
📜devoriy ro'znoma tayyorlash
🎞mavzuga oid videolavha tayyorlash bo'yicha tanlov natijalari e'lon qilindi va g'oliblar taqdirlandi.

🔹Bundan tashaqari, tibbiyot fanlari nomzodi (tarix, Yel universiteti) Tarix professori, hozirda esa 2021 yil AQSh va O'zbekiston o'rtasidagi kelishuvga binoan, O'zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi oliy ta'lim maslahatchsi Robert Baumann tashrif buyurdi.

🔸Bu kabi bayram tadbirlari yurtimiz bo'ylab davom etmoqda.
#Xotira_va_qadrlash_kuni

Agentlik tizimidagi maktablarda 9-may - "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan turli tadbirlar o'tkazildi.
---
Jumladan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Toshkent shahrida barpo etilgan G'alaba bog'iga borib, urushda bevaqt vafot etganlari xotirlashdi.
---
Shuningdek, Ogahiy ijod maktabida "Xotira abadiy, qadr muqaddas" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
---
Muhammad Yusuf ijod maktabining o'quvchilari esa motamsaro ona haykali poyiga gul qo'ydilar va ulugʻ Vatan urushi qahramonlarini xotirlashdi.
---
Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi jamoasi hamda o’quvchilari II jahon urush qatnashchisi Xolmat ota Sharipov xonadoniga borishdi va Xolmat otani tabriklab, ijod maktabi homiylari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etishdi.
---
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Xotira abadiy, qadr muqaddas” mavzusida  ochiq dars mashg’uloti o'tkazildi.
#Xotira

Bugun Guliston shahrida O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Halima Xudoyberdiyevaning tavallud kuni munosabati bilan ma’rifiy-adabiy tadbir o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova o‘z nutqida Halima Xudoyberdiyevaning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida to‘xtaldi:

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijod olami vakillarining haqiqiy maʼnoda qadr topishi yo‘lida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shoira izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan Halima Xudoyberdieva nomidagi ushbu ijod maktabida ko‘plab Halimalar tahsil olmoqda va maktabni bitirib chiqadigan oʼquvchilarimiz Halima Xudoyberdievaning vorislari bo'lishiga ishonamiz. Bugungi
xotira kechasi yoshlarga shoira hayotini ibrat sifatida yanada yaqindan o‘rganishlari uchun imkon beradi.
#Xotira

Bugun, 6-iyun kuni poytaxtimizda Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludining 222 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi vakillari ham ishtirok etdi.

Tadbirda Pushkin she’rlaridan namunalar o‘qildi hamda Rus milliy madaniyat markazi qoshidagi badiiy jamoa tomonidan musiqiy kompozitsiya namoyish etildi.

Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi O.Malginov Pushkin asarlari o‘zbek tiliga mohirona o‘girilganligi va ular o‘zbek adabiyotining durdonasiga aylanganligini e’tirof etdi.

Marosim yakunida vazirliklar va jamoat tashkilotlari nomidan shoir haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik tilaymiz.

Xonadonlaringizdan fayzu baraka arimasin.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi jamoasi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarda 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o'tkazilib, urush faxriylari holidan xabar olindi.

🔰 Shuningdek, "Xotira — ulug' qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham o'tkazildi.

📸 Hududlarda bo'lib o'tgan ushbu tadbirlardan foto va video lavhalar taqdim qilamiz.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi tashkilotlar jamoasi Gʻalaba bog‘ida “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qo‘yishdi.

📍 Shuningdek, tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, ular ham majmua poyiga gullar qo‘yishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#sharaf_lentasi
#Xotira_aziz

⚡️Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilib, oʻquvchilarimiz ustozlari boshchiligida urush qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar olmoqda.

🗣Shuningdek, "Xotira – ulugʻ qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 2-martdagi PF-2243-son farmoni bilan mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan.

📶 Jarayonlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#sharaf_lentasi
#Xotira_aziz

⚡️Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan #Sharaf_lentalari chellenjiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube