#yil_sarhisobi
#iyul_2024
⚡️ 2024-YIL IYUL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅ Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universiteti hamda barcha maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkazildi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy viloyatida boʻlib, tizimdagi taʼlim muassasalarida yaqindan oʻrganish olib bordi.
✅ Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
✅ "Yangi Oʼzbekiston" universitetida ilk marotaba Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari oʻz faoliyatini boshladi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Nukus shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida sayyor qabul o‘tkazdi.
✅ Oʻquvchilarimiz 65-Xalqaro matematika olimpiadasi, 54-Xalqaro fizika olimpiadasi, 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi, Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi, Xalqaro matematika musobaqasi, “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.
✅ Agentlik tizimidagi maktablarning fransuz tili oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi.
✅ “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
✅ Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari IELTSdan yuqori natija koʻrsatdi.
✅ Ijod maktablari oʻquvchilarining ijod namunalari toʻplami nashr etildi.
✅ "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident (1-bosqich), ijod, tayanch, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilindi.
✅ Ijod maktablari 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari boʻyicha kuchli oʻntalikka kirdi.
✅ Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#iyul_2024
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM