Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Yoshlar_siyosati

Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga tadbiq etish, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎤 Jumladan, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va bir qancha davlat idoralari mas’ullari yoshlar bilan muloqot qilishdi, ularning muammo va takliflarini o‘rganishdi. Uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayev ham ishtirok etdi.

⚡️ Yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi, turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyat yaratib berish ta’kidlandi. Jumladan, ularning bir nafariga sport komleksi ochish uchun kredit ajratilishi aytildi hamda o‘quv markazi ochishni reja qilgan 2 nafar universitet bitiruvchilari uzoq muddatlik arzon ijara joy bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
#Yoshlar_siyosati

Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularda vatanparvarlik tuygʻusini rivojlantirish maqsadida "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyiga sayohat tashkil etildi.

🔸 Oʻquvchilar Temurbeklar harbiy maktabi foaliyati, u yerda yaratilgan imkoniyatlar bilan bir qatorda o'quv yurtidagi harbiylashtirilgan ta'lim tizimi va muhiti, tartib-intizomi bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#5tashabbus #Yoshlar_siyosati

✔️⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar va boks bo'yicha Osiyo chempioni, WBA Intercontinental kamari sohibi, "Uzbek tigers" jamoasi a'zosi, "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori Isroil Madrimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

⛹️‍♂️🤽‍♀️Uchrashuv davomida sportchi maktab bo'ylab sayohat qildi, sinflarga kirib o'quvchilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, bildirilgan taklifga ko‘ra, o'quvchilar bilan sport mashg'ulotlari o'tkazdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_siyosati

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan joriy yilda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021 - yilga mo‘ljallangan Yoshlar dasturi” bo‘yicha, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizimni yaratish, taʼlim muassasalarida o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi va ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

📌 Agentlikning O‘quvchilarni maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalash va psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i E’zozxon Karimova bilan suhbatni saytimizda o'qing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_siyosati

Yoshlarga oid davlat siyosatiga nisbatan ijobiy munosabatni yanada mustahkamlash hamda yoshlar bilan uchrashuvlar samaradorligini oshirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida joriy yilning 27 may kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbariyatining Ellikqal'a tumani "Yoshlar markazi"da yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_siyosati

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari Amirulla Abdullayev Ellikqal'a tumani "Yoshlar markazi"da yoshlar bilan uchrashdi.

🔸Unda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birgalikda, o'z taklif va mulohazalarini ham bildirishdi.

🔰Mazkur uchrashuv yoshlarga oid davlat siyosatiga nisbatan ijobiy munosabatni yanada mustahkamlash hamda yoshlar bilan uchrashuvlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_siyosati

Joriy yilning 11-iyun kuni Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi vakillari va yoshlar o'rtasida Navoiy shahrining "Yoshlar markazi"da uchrashuv bo'lib o'tadi.

🔸Uchrashuv davomida yoshlar mutasaddilardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo'ladi.

🔰Mazkur uchrashuv yoshlarga oid davlat siyosatiga nisbatan ijobiy munosabatni yanada mustahkamlash hamda yoshlar bilan uchrashuvlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yoshlar_siyosati

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirullo Abdullayev hamda Navoiy shahar hokimi Muhiddin Bozorov ishtirokida "Vazir, hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv Navoiy shahridagi "Yoshlar markazida" o‘tkazildi.

🔹Uchrashuv doirasida yoshlar mutasaddilardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlishdi. Shuningdek, o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini ham bildirishdi. Ushbu uchrashuv yoshlarga oid davlat siyosatiga nisbatan ijobiy munosabatni yanada mustahkamlash hamda ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda

🎥 Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Yoshlar telekanalining "Yoshlar siyosati amalda" ko'rsatuvida.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube