Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.1K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#metodik_yordam
#Sirdaryo

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan ta’lim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Sardoba tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori G.Ziyoyeva boshchiligidagi ishchi guruh hududdagi 6-, 12-, 21-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, dars jarayonlarida qatnashdi. Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga yangi baholash mezonlari tartibi, BSB va I-chorak CHSB tahlillari, eMaktab platformasi bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Z.Alimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan hududdagi 1-, 2-, 3-, 22-, 24-, 36-, 40-, 52-sonli umumta’lim maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining oʻrinbosari D. Shermatov boshchiligidagi ishchi guruh Xovos tumanidagi 1-, 9-, 14-, 30-sonli umumta’lim maktablarida boʻlib, oʻqituvchilariga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazdi. Shuningdek, zarur metodik tavsiyalar berilib, ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori oʻrinbosari B.Koʻldoshov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ham hududdagi 5-,6-,16-sonli umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga ayni yoʻnalishda metodik tavsiyalar berildi.

Agentlik tizimidagi ta’lim maskanlarining hududlardagi umumta’lim maktablariga metodik yordam berish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#metodik_yordam
#Jizzax

UMUMTA’LIM MAKTABLARIGA METODIK KOʻMAK BERILMOQDA

🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan taʼlim maskanlari rahbarlari va pedagoglari hududlardagi umumiy oʻrta ta’lim maktablarida boʻlib, oʻquv jarayonlarini samarador usullarda olib borish boʻyicha oʻz tajribalari bilan boʻlishmoqda.

Xususan, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi rahbar xodimlari va malakali pedagoglaridan iborat ishchi guruh hududdagi 4-, 8-, 14- , 31-umumta’lim maktablarida boʻlib, dars jarayonlarida qatnashdi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur maktablar oʻquv jamoalari uchun seminar-treninglar tashkil etilib, yangi baholash tizimi, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishda samarador usullar yuzasidan nazariy-amaliy tushunchalar berildi.

Shuningdek, oʻqituvchilarga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarning ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi yuzasidan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazib, zarur metodik tavsiyalar berildi. Ta’lim maskanlarining ish rejalari birgalikda koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM