Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.8K subscribers
17K photos
2.2K videos
70 files
6.39K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#millat_bayrogʻi

🤩 Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Millat bayrogʻi” shiori ostida maʼdaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar, rasmlar, videoroliklar va insholar tanlovi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Chirchiq Oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti faoliyati bilan yaqindan
tanishdi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Bolalar tashkilotining "Maktab sardorlar Kengashi"
tashkil etildi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar va oʻqituvchilar ishtirokida basketbol musobaqasi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Jizzax shahridagi Prezident maktabida "Spelling bee" bellashuvi
oʻtkazildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga
sayohat qildi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida suv sporti musobaqalari
boʻlib oʻtdi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Milliy Gvardiya Xorazm viloyati Chavandozlar maktabida koʻrgazmli mashgʻulotda
qatnashdi.

⏺️Fargʻona shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari xalqaro olimpiadada
gʻolib boʻldi.
 
⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabida oʻquv jamoaning birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bilimlari
mustahkamlandi.

⏺️Andijon shahridagi
Prezident maktabi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Zakovat” intellektual oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabida favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻquv-seminari
oʻtkazildi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga Qirgʻiziston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi vakillari
tashrif buyurdi.

⏺️Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf oʻquvchisi Durdona Abdumanonova xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballga
ega boʻldi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi "Vatan bayrogʻi sharafim mening" shiori ostida she’riyat kechasi
tashkil etildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida taniqli kinoijodkor bilan ijodiy uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari tomonidan shoir Usmon Nosir tavalludining 112 yilligiga bagʻishlangan videorolik
tayyorlandi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Hayot darsi” loyihasi
oʻtkazildi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Ingliz tili bilimdoni" olimpiadasi
boʻlib oʻtdi.

⏺️Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi "Non festivali"ga
mezbonlik qildi.

⏺️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ”Deputat va yoshlar” uchrashuvi
tashkil etildi.

⏺️
Zomin, Guliston tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari yoshlari akademiklar bilan uchrashdi.
 
⏺️Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Farhod Xurramov xalqaro SAT imtihonidan yuqori natijani
qoʻlga kiritdi.

⏺️Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Komandir va yoshlar" uchrashuvi
oʻtkazildi.

⏺️Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarining yong‘in xavfsizligiga oid bilimlari
oshirildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#laboratoriya_mashgʻuloti

Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf oʻquvchilari uchun kimyo fani doirasida "Karbonat kislota va karbonatlarning xossalari" mavzusida laboratoriya mashgʻuloti oʻtkazildi.

Jarayondan suratlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mahorat_darsi
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYALIK OLIMLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

Agentlik tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Bartin universiteti professor va doktorlari Orhan Uzun hamda Ahmet Yirmibesh ishtirokida
mahorat darsi oʻtkazildi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida va ijod maktabi turk tili oʻqituvchisi Ogun Yavuzda tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasi, bugungi yosh avlod ana shunday buyuk ajdodlarga munosib voris sifatida ilm-fan choʻqqilarini egallashlari lozimligi taʼkidlandi.

Mahorat darsida turkiyalik olimlar oʻz sohalari boʻyicha yangiliklar, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, Turkiya oliy taʻlim tizimi, xorijiy talabalar uchun dasturlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Muloqotda mehmonlar oʻquvchilarimizning turk tili boʻyicha bilimlariga yuqori baho berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal