Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
66.5K subscribers
20.8K photos
2.62K videos
72 files
7.59K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan. U Xalqaro kimyo olimpiadasining Boshqaruv qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon bolalar kuni muborak bo‘lsin! Keling, har bir bola o‘z orzusiga intila oladigan dunyoni barpo etaylik.

#BizTurlimizBizTengmiz



Поздравляем со Всемирным днём детей! Давайте создадим мир, в котором каждый ребенок сможет следовать за мечтой!

#МыРазныеМыРавные

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Millat bayrogʻi” shiori ostida maʼdaniy-ma’rifiy tadbir
oʻtkazildi
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suvni_asrang

Yosh avlod ongida ichimlik suvidan oqilona foydalanish, suv isteʼmoli madaniyatini yanada rivojlantirishni targ‘ib qilish maqsadida taʼlim muassasalarida ochiq darslar tashkil etilmoqda.

Guliston shahridagi Prezident maktabida ham Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, "Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati, Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislari hamda Osiyo taraqqiyot banki eksperti ishtirokida ayni mazmunda targʻibot-axborot tadbiri oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#psixologik_trening

🤩 Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Samarqand filialida 5-sinf o‘quvchilari uchun "Beshinchi sinf bo‘lish osonmi?" mavzusida psixologik trening-mashg‘uloti o‘tkazildi.

Shu kabi treninglar o‘quvchilarga bir-birlari bilan yaqinroq tanishish uchun imkoniyat yaratib, guruhda hamjihatlikni shakllantirish, diqqatni oshirishga ko‘mak beradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Hudud | Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi mezbonligida "Jadidlar izidan" tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi
#mening_yurtim

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#uchrashuv

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Chet ellik turklar va qarindosh jamiyatlar yetakchiligi (YTB) vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazirlik vakillari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, YTB rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida turli sohalarda bo’lgani kabi ta'lim sohasida ham o‘zaro hamkorlik yanada rivojlanib borayotganligi aytib o’tildi.

Mehmonlar Agentlik tizimidagi maktab bitiruvchilari uchun Turkiyaning oliy ta’lim muassasalarida grant asosida o‘qishni davom etirishga ko‘maklashish, Turkiyada o‘qish qiziqishini bildirgan bitiruvichilar uchun alohida grant o‘rinlarini ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish haqida to’xtalib o‘tdi.

Ko’plab ijobiy muzokaralar almashilgan uchrashuv so’ngida har ikkala tomon istiqboldagi rejalar bo’yicha onlayn va oflayn muzokaralar olib borishga kelishib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Munavvar kun | Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli oʻquvchilari ustozlari bilan teledasturda ishtirok etdi.
#surxondaryoMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#dars_jarayoni
#Prezident_maktablari

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida zamonaviy yondashuv fani doirasida 7-sinf oʻquvchilari uchun “Qonun va jinoyat” mavzusida amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar tomonidan amerikalik bolalar yozuvchisi Doktor Syuzning “Loraks” asari asosida sud jarayoni sahnalashtirildi. Sud jarayonida asar qahramoni Vonsler daraxtlarni kesib, tabiatga ziyon yetkazish va havoni ifloslantirilishda aybdor deb topildi.

Qiziqarli dars jarayoni oʻquvchilarga mavzuni mukammal oʻzlashtirishga yordam berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM