Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.5K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Oʻqituvchilar_qurultoyi
#Xorazm

VAZIR: TA’LIM ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISHDA FIDOYI USTOZLARNING O‘RNI BEQIYOS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan "O‘qituvchilar qurultoyi" doirasida Respublikamiz bo'ylab ustozlar bilan ochiq muloqot hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda Xorazm viloyatida boshlangan qurultoyning navbatdagi tadbirlarida vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda hududdagi faol o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Vazir fidoyi ustozlarimiz xizmati bugun Yangi O‘zbekistonda yuksak qadr topayotgani va pedagog maqomini yanada oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganligini qayd etib o‘tdi.

Mazkur tashabbuslar natijasi o‘laroq, bugungi kunda Xorazm viloyatidagi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar soni 48,7 foizdan 66,5 foizga oshganligi va joriy yilda Xivada o‘tkazilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etganligini ta’kidladi.

Shu ma’noda soha oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etishda joylardagi fidoyi ustozlarning o‘rni katta va beqiyos ekanligini qayd etdi.

✔️Tadbir davomida hududdagi fidoyi ustozlarning 5 nafari "Xalq ta’limi a’lochi" ko‘krak nishoni, 2 nafari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining tashakkurnomalari, 7 nafari “Faxriy yorliq” 9 nafari viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.


🔴 Qurultoy jarayonlari xorijiy va mahalliy trenerlar ishtirokidagi seminar-trening tadbirlari bilan davom etmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_qurultoyi
#Qoraqalpogʻiston

Qoraqalpog‘istonlik 1200 nafar o‘qituvchi yuqori oylik maoshi olib kelmoqda

🔴 Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "O'qituvchilar qurultoyi" tadbirlarining navbatdagi uchrashuvlari Nukus shahrida bo'lib o'tdi.

"Ustoz - ta'lim bunyodkori" shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etishdi.

Samimiy muloqot shaklida davom etgan tadbirda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda kelgusida mo‘ljallangan rejalar atroflicha muhokama etildi.

Vazir Hilola Umarova: Davlatimiz rahbarining “men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, deb ta’kidlashim bejiz emas. Chunki ta’limni rivojlantirmasdan turib yuksak taraqqiyotga erisha olmaymiz...”, — degan xalqchil e’tirofi har bir o‘qituvchi qalbiga iftixor bag‘ishlashi, uni yanada mas’uliyat bilan ishlashga undashi, tabiiy.


❗️ Ushbu yuksak e’tibor natijasida pedagoglarimizni oylik maoshi bosqichma-bochqich oshib bormoqda. Hozirda mamlakatimizdagi 30 ming nafarga yaqin, shundan 1200 nafar qoraqalpog‘istonlik o‘qituvchilar yuqori oylik maoshi olib kelayotgani ham fikrimiz tasdig‘idir.


⚡️Qurultoy doirasida 120 nafardan ortiq o‘qituvchi va ustozlar ishtirokida boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.

⚡️ Tadbir doirasida 7 nafar ustoz“Ta'lim a'lochisi” ko’krak nishoni bilan, 10 nafar o’qituvchi esa Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qildi.

#Mirziyoyev #muloqot #taʻlim #oʻqituvchilar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#1_kun

⚡️Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi oʻtkazilmoqda

Olimpiadaning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda olimpiada ishtirokchilari va mutasaddilari qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#2_kun

👍👍👍

🔴 Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi ikkinchi tur jarayonlari BOSHLANDI

Jarayon 2 bosqichda oʻtkazilmoqda:
➡️Yozma ish,
➡️Laboratoriya.

⚡️Ayni paytda ishtirokchilar kimyo fanidan yozma ish, fizika fanidan laboratoriya sinovlarida qatnashmoqda.

🔰Yozma ish topshiriqlarini bajarish uchun ishtirokchilarga 3 soat vaqt beriladi.

🧪Laboratoriya topshiriqlariga esa 2 soat vaqt ajratiladi.

Jarayonlar Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida jonli efir tarzda uzatilmoqda.

💫Olimpiada ishtirokchilariga omad yor boʻlsin.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#Taqdirlash_marosimi

⚡️Oʻqituvchilar olimpiadasi Respublika bosqichining taqdirlash marosimi boshlandi

Tadbirda O‘zFA prezidenti, akademik Shavkat Ayupov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, olimpiada ishtirokchilari va mutasaddilar ishtirok etmoqda.

▶️ Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi

OʻQITUVCHILAR OʻRTASIDA RESPUBLIKA OLIMPIADASINING MUTLAQ G‘OLIBLARI ANIQLANDI

📢Fizika va kimyo fanlari boʻyicha O‘qituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘yicha mutlaq g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

⚡️Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Kimyo fani boʻyicha,
🥇1-o‘rin: Sardor Zokirov - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 9-IDUM o‘qituvchisi;
🥈2-oʻrin: Doniyor Tohirov - Namangan viloyati, Chust tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi;
🥉3-oʻrin: Omadillo Zokirov - Andijon viloyati, Marhamat tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi.

Fizika fani boʻyicha,
🥇1-o‘rin: Asliddin Fayzullayev - Toshkent shahar, Olmazor tumani 249-sonli maktab o‘qituvchisi;
🥈2-oʻrin: Otabek Hasanov - Toshkent viloyati, Zangiota tumani Qorako‘l NTM o‘qituvchisi
🥉3-oʻrin: Shirin Baratov - Toshkent viloyati, Ohangaron shahar ITMA IM o‘qituvchisi.

🎁Gʻoliblar maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM