Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari_tajribasi
#Kembrij_oʻquv_dasturi

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi.

Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi.

Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_va_yoshlar
#ixtisoslashtirilgan_maktab

🤩Agentlik tizimidagi Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan muloqot tashkil etildi.

Unda oʻquvchilar huquqiy sohada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, yoshlar tomonidan soha rivoji uchun qator takliflar ilgari surildi.

Muloqotda A.Toshqulov oʻquvchilarimizning huquqiy bilimlarini yuqori baholab, ularning kelgusida Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishlariga ishonch bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan viloyati Direktorlar kengashi hamkorligida "Zamonaviy maktablar boshqaruvi: Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar misolida" mavzusida Chortoq tumanidagi umumta'lim maktablari direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Trening Prezident maktabining mahalliy va xorijiy o‘qituvchilari hamda Kengash aʼzolari tomonidan olib borildi.

Mazkur tadbir yuqori sifatli taʼlimga erishish, ta’lim va tarbiya uygʻunligini kuchaytirish, jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish kabi maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM