Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.3K subscribers
17.7K photos
2.28K videos
70 files
6.58K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#amaliy_mashgʻulot_darslari

HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI BOSHLANDI

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabida CHQBT fanidan Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda 11 - sinf o'quvchilariga amaliy mashg'ulot darslari bo'lib o'tdi.

O'quvchilar kamondan o'q otish bilan birga AK-74 qurolida dastlabki o'q otish mashqini bajarish tartibi va otish vaqtidagi xavfsizlik qoidalarini o'rganishdi hamda amaliyotda sinab ko'rishdi.

🔸🔸🔸

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Amaliy_mashgʻulot
#Shovot_IMI

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI OʻQUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

🗺 Maktabning 10-"B" sinf o'quvchilari Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da boʻlishdi.

Oʻquvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichlari, mahsulotni qadoqlash hamda korxona mahsulotlarini eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot oʻtashdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_mashgʻulot
#Qoʻshtepa_IM

🗺Agentlik tizimidagi Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf oʻquvchilari tumanda joylashgan "Global textile infinity" qoʻshma korxonasida boʻlishdi.

🗣Tashrif davomida paxta xomashyosidan kalava ip tayyorlash, undan mato toʻqish, tayyor matodan milliy brenddagi kiyimlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amaliyot oʻtashdi.

Tashrif yakunida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#amaliy_mashgʻulot

OʻQUVCHILAR ENERGETIKA SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

Agentlik tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, ayni yoʻnalishda Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarini energetika sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Unda Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari issiqlik elektr stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga ega boʻldi.

Ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#amaliy_mashgʻulot

🤩 Xiva shahridagi Prezident maktabida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash boʻyicha amaliy dars mashgʻulotlari o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_sanʼat
#amaliy_mashgʻulot
#Prezident_maktabi

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida “Folklor musiqasi va dostonchilik san’ati” mavzusida amaliy dars oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar ming yillar davomida sayqallanib, avloddan avlodga oʻtib kelayotgan dostonchilik san’ati, xalq qoʻshiqlari milliy madaniyatimizning muhim boʻlagi, ota-bobolarimiz turmushi va ijtimoiy hayotining oʻziga xos koʻrinishi ekanligi haqida tushunchalarga ega boʻlib, mavzuning nazariy asoslarini puxta oʻzlashtirdi.

Amaliy dars davomida oʻquvchilar "Chamanda gul", "Chittigul", "Boychechak" kabi bolalar folklor qoʻshiqlarini kuylab, "Oq terakmi, koʻk terak", “Kim oladi-yo, shuginani-yo?” kabi xalq o‘yinlarida mahoratini koʻrsatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
#amaliy_mashgʻulot

🤩 Andijon shahridagi Prezident maktabida “Shakllarning ahamiyati. Yuza va perimetr” mavzusida amaliy dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar geometrik shakllar yordamida “Tasavvurimdagi shahar” mavzusida loyiha ishlari bajarib, bilim va koʻnikmalarini oshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi
#amaliy_mashgʻulot

OʻQUVCHILAR AVTOMOBILSOZLIK SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, ayni yoʻnalishda Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilarini avtomobilsozlik sohasiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida ADM Jizzax zavodida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Amaliy mashgʻulot davomida oʻquvchilar Kia avtomobilining "Sorento", "Seltos", "Sonet", "Kia K5" va "Kia K8" kabi rusumlari va boshqa 10 dan ortiq avtomobillarni yigʻish, sinovdan oʻtkazish hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, xizmat koʻrsatish korxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlar oʻquvchilarimizning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan ham mustahkamlashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi
#amaliy_mashgʻulot
#standartlashtirish_metrologiya

OʻQUVCHILAR METROLOGIYA SOHASINI AMALIY OʻRGANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish ishlari tizimli tashkil etilmoqda.

Xususan, ayni yoʻnalishda Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilarini standartlashtirish va metrologiya sohalariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kasbga yoʻnaltirish maqsadida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, shuningdek, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasida amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotda oʻquvchilar etalonlar bazasi, oʻlchov texnikasi va uning amaliy qoʻllanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini tekshirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shu kabi tadbirlar oʻquvchilarning amaliy tajribalar orqali yangi koʻnikmalarni egallashlari, oʻzlari qiziqqan sohalari boʻyicha bilimlari yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube