#eko_aksiya
RESPUBLIKAMIZDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKO-AKSIYASI O‘TKAZILADI
25-oktabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
“Xalqaro qog‘ozsiz kun” munosabati bilan o‘tkaziladigan aksiyadan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.
Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qog‘ozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini qayta ishlashga qaratilgan targ‘ibotlar amalga oshiriladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 1 tonna qog‘ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg'i va 4000 kVt/soat elektr energiyasini tejab qoladi.
Ushbu eko-aksiyada faol ishtirok eting!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube