Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
56.3K subscribers
20.7K photos
2.61K videos
72 files
7.57K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#mening_birinchi_kitobim
#taqdimot
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARINING ILK KITOBLARI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilarining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan birinchi kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov, Agentlikning mas’ul xodimlari, ijodkor o‘quvchilar, shoir-yozuvchilar, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida ijod maktablari o‘quvchilari Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning "Istak", Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning "Iftixor", Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" nomli kitoblari chop etildi.

Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#digital_art
#ijod_maktablari
#Besh_tashabbus

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida Raqamli sanʼat (Digital art) toʻgaraklari tashkil etilgan.

Mazkur toʻgaraklarda oʻquvchilar darsdan boʻsh vaqtlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, grafik planshetlar, dasturiy taʼminot yordamida raqamli tasviriy sanʼat sirlarini egallamoqda, ijodiy gʻoyalarini roʻyobga chiqarmoqda.

Agentlik tomonidan ijod maktablaridagi Raqamli sanʼat toʻgaraklari barcha zarur vositalar bilan taʼminlangan boʻlib, mashgʻulotlarni olib borishga ayni yoʻnalishda maxsus bilim va malakaga ega mutaxassislar jalb qilingan.

Videolavhada Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida faoliyat koʻrsatayotgan Raqamli sanʼat toʻgaragidagi mashgʻulot jarayonlari aks etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#ijod_maktablari

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari yoʻnalishida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan infografika

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI UCHUN SEMINAR-TRENING

Agentlik tizimidagi ijod maktablarida 2024-yil 23-25-dekabr kunlari ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika va biologiya fanlaridan ChSB sinovlari oʻtkazilgan edi.

ChSB sinovlari natijalarini tahlil qilish hamda metodik tavsiyalar berish maqsadida Agentlik tomonidan ijod maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida "Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" nomli onlayn seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Seminarda trener sifatida oʻquvchilari yuqori natija koʻrsatgan fan oʻqituvchilari biriktirilgan boʻlib, Agentlik masʼul xodimlari tomonidan ZOOM platformasi orqali olib borilmoqda.

Onlayn seminar-trening joriy yilning 10-yanvariga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ijod_maktablari

🤩 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Shuhrat To‘xtasimov va akademiyaning Urganch filiali direktori Maxsudjon Qo’chqorov tashrif buyurdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#ochiq_darslar

🤩 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida fanlar doirasida ochiq darslar oʻtkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#digital_art
#ijod_maktablari
#Besh_tashabbus

🤩 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining "Raqamli sanʼat" toʻgaragi aʼzolari tomonidan "Toshbaqa va chayon" animatsion multfilmi tayyorlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surilgan Besh muhim tashabbus doirasida "Raqamli sanʼat" (Digital art) toʻgaraklari tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mahorat_darslari
#ijod_maktablari

🤩 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon hamda Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Allanazar Abdiev ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi 
#ijod_maktablari

🤩 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Ubbiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ijod_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Toshkent shahri);
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qarshi shahri);
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan shahri);
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi (Nukus shahri);
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Andijon shahri);
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi (Xiva shahri);
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Margʻilon shahri);
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri);
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
(Guliston shahri)ga 7-sinflar uchun hujjatlar qabul qilinadi.

📶 "Ijod yoshlari" Respublika tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari hujjat topshirayotganda mazkur tanlov diplomining elektron nusxasini yuklashlari kerak boʻladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, ijod maktablariga oʻquvchilar uch bosqichli (ijodiy matn, ijodiy suhbat, test sinovlari) imtihon asosida har bir sinfga 20 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM