Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#amaliy_seminar

🤩 Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlikning Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi maktablarida “Maktab maslahatchisi” lavozimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

NOCHIZIQLI FIZIKA BOʻYICHA JAHON ILMIY MAKTABI ASOSCHISIDAN MAHORAT DARSI


Agentlik tizimidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi Fathulla Abdullayev ishtirokida "Soliton va uning ahamiyati" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.


Muloqotda fizik olim ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar bilan tanishtirib, iqtidorli yoshlarni ilmiy ishlar, loyiha va kashfiyotlar qilishlariga yo‘nalish berish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligini taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida, F.Abdullayev nochiziqli fizika boʻyicha jahon ilmiy maktabining asoschisi hisoblanadi. Olim oʻz ilmiy tadqiqotlari asosida "Soliton birlashtiruvchi nazariyasi"ni yaratgan. “Lazer nurlanishining materiya bilan oʻzaro ta’sirining chiziqli boʻlmagan toʻlqin jarayonlarini oʻrganish” turkumidagi ishlari uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi fan va texnika boʻyicha Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Bose-Eynshteyn kondensatini oʻrganish boʻyicha qator ishlari uchun al-Xorazmiy medalini olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_muloqot

AKADEMIK BILAN DAVRA SUHBATI

Agentlik tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida OʻzFA akademigi Xolboy Ibraimov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi, Jizzax shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari, pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida X.Ibraimov jadid bobolarimizning ibratli hayoti, ularning ta’lim-tarbiya va ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari, shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. Akademik bilan uchrashuv barchada katta taassurot uyg‘otdi.

Ma’lumot oʻrnida, X.Ibraimov pedagogika yoʻnalishida 4 ta monografiya, 10 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Akademik uzoq yillar davomida oliy ta’lim sohasida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Farmon_ijrosi_amalda
#ingliz_tili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-55-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini Kembrij o‘quv dasturi asosida ingliz tilida o‘qitish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Mazkur dastur 2024/2025-o‘quv yilining sentabr oyidan Xo‘jayli tuman hamda Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida tashkil etildi. Jarayon davom ettirilib, bugun Agentlik tizimidagi Angren shahar, Yangiyer shahar, Buxoro tuman va Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, imtihon jarayonlari Prezident maktablari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida, Agentlik tizimidagi boshqa ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham STEM fanlarni ingliz tilida o‘qitish amaliyoti bosqichama-bosqich joriy qilinib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube