Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#tashrif #Kyrgyzstan

Qirgʼiziston Respublikasining Jalоlobod viloyati gubernatori Аbsattar Sirgabaev boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

🏢 Delegatsiya aʼzolariga oʼquvchilarning taʼlim olish jarayonlari, maktabda yaratilgan sharoitlar va maktabning noodatiy uslubdagi arxitektura yechimlarining qulayliklari bilan tanishtirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Pokiston Islom Respublikasining Lahor universiteti prorektori, professor Shahid Mahmud Malik boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

🏢 Delegatsiya aʼzolari o'quvchilarning taʼlim olish jarayonlari, maktabda yaratilgan sharoitlar va erishilgan yutuqlar bilan tanishtirildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Adju #Tashrif

Agentlik tizimidagi Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga Toshkent shahridagi Adju universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Djey Ik Lim, professor Sang Vu Park va universitet rektor yordamchisi Umarali Tuxtashevlar tashrif buyurishdi.

🔸Ular o'quvchilarga universitetdagi shart-sharoitlar, imtihon kunlari, talab qilinadigan hujjatlar va imtiyozlar haqida to'liq ma'lumot berishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Agentlik tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabiga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, akademik Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Odiljon Tojiyev hamda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon G’aniyevlar tashrif buyurdi.

🏢🧑🏻‍💻Tashrif davomida mehmonlar o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi, ularning ta’lim jarayonlarini kuzatib, yaqindan suhbat qurdi.
Shundan so‘ng Halima Xudoyberdiya ijod maktabi muzeyidagi shoiraning esdalik suratlari, yod etuvchi turli ko‘rgazmalar bilan tanishildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Ашхободга жўнаб кетди.
Давлат раҳбарларининг учрашувида икки мамлакат ўртасидаги дўстлик, яхши қўшничилик ва стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, турли соҳалардаги ҳамкорликни ривожлантириш масалалари муҳокама қилинади.
Ашхободдаги “Туркманбоши руҳи” мажмуасида хотира тадбири бўлиб ўтади.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев отбыл в Ашхабад.
Главы государств проведут двустороннюю встречу, на которой будут обсуждены вопросы дальнейшего укрепления отношений дружбы, добрососедства и стратегического партнерства, развития сотрудничества в различных сферах.
С участием лидеров состоятся поминальные мероприятия в комплексе “Туркменбаши Рухы” в Ашхабаде.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tashrif

Nukus shahridagi Prezident maktabiga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tashrif buyurishdi.

⚡️Ular maktabda olib borilayotgan ishlar, loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. San’atga qiziquvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirilishini ta’kidlab, ularning kelajakda yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishlariga ishonch bildirishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif #Qabul_2021

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida 2021-2022-o‘quv yillari uchun Andijon viloyatidagi Prezident va ijod maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini tekshirish bilan birga, ijod maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida yo‘lga qo‘yilgan zargarlik to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Namangan viloyatidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga ham tashrif buyurib, u yerdagi o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda qabul jarayoniga tayyorgarlik holatini ko'zdan kechirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_konferensiya #Tashrif

Toshkent shahrida 15-16 iyul kunlari bo'lib o'tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan UNESCO Bosh direktorining ta'lim ishlari bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Janini va UNESCO ta'lim sektori Ijroiya idorasi rahbari Astrid Gillette Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

🔰Ularga UNESCO bo'yicha Milliy komissiya bosh kotibi va Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi direktori Gayane Umerova va Tashqi ishlar vazirligi bo'lim boshlig'i Nabijon Quvondiqov hamrohlik qilishdi.

🔹Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik rahbari o'rinbosari va vakillari bilan uchrashishdi. Uchrashuv davomida "Yangi O'zbekiston" Universitetining tashkil etilgani Prezident maktablari loyihasining mantiqiy davomi sifatida ta'limda uzviylikni ta'minlashi UNESCO vakillari tomonidan alohida ta'kidlandi.

👉 Bu haqda batafsil saytimizda o'qing.
#Tashrif

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova Samarqand shahrida joylashgan Prezident maktabiga tashrif buyrdi va maktabning yakuniga yetib qolgan ta'mirlash ishlari bilan tanishdi.

Agentlik rahbati jihozlash ishlari ketayotgan maktab bo'yicha quruvchilarga taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔹Bundan tashqari Prezident maktablariga eng ko'p talabgor hujjat topshirgan hududlardan biri bo'lgan Samarqand viloyatida imtihonga tayyorgarlik jarayonlari haqida mas'ullar bilan suhbatlashdi.

🔹Mas'ullarga karantin qoidalariga qat'iy amal qilish va ota-onalardan ham shuni talab qilish topshirildi.
#Tashrif

14-sentabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Andijon viloyatidagi Prezident maktabining qurilish-ta’mirlash jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun tashrif buyurdi.

🔰 Shuningdek, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida ham bo'lib, u yerdagi o‘qish jarayonlari bilan tanishdi, maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

🔹 Ijod maktablariga qo‘yilgan vazilfalar ijrosini tekshirdi hamda Muhammad Yusuf ijod maktabida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy vazifalarni belgilab berdi.

🔸Shu bilan birga, uchrashuv davomida ijod maktabi to‘garak rahbarlari va ijodkor o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tashrif

Bugun, 15-sentabr kuni Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiya Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati bilan tanishishdi.

🔸Mehmonlarga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki direksiyasi vakillari hamrohlik qilishdi.

⚡️Tashrif davomida mehmonlar maktab faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va robototexnika xonalari bilan tanishishdi. Delegatsiya vakillari, shuningdek o'quvchilar bilan suhbatlashib, ularning maktab haqidagi fikrlariga quloq tutishdi.

📌Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan XMK delegatsiyasi 14-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev qabulida bo‘lishdi. Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
#Tashrif

Bugun, 19-sentabr kuni "Valday" xalqaro klubi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, maktab faoliyati hamda yurtimizda axborot-texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

⚡️Mehmonlar Agentlik direktori Hilola Umarova hamrohligida maktabda yaratilgan imkoniyatlar, o'quvchilar uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar zamonaviy robotexnika xonalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, maktab o'quvchilari tomonidan qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida taqdimot qilindi.

📌Ma'lumot o'rnida, joriy yilning 20-sentabrida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda “Valday” xalqaro munozara klubi hamkorligida Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o'tadi.