Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
47.6K subscribers
17.1K photos
2.2K videos
70 files
6.4K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#tanlov
#bir_bayroq_ostida_birlashamiz

📣📣📣📣📣

🤩 AGENTLIK "BIR BAYROQ OSTIDA BIRLASHAMIZ" MAVZUSIDA TANLOV EʻLON QILADI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Bir bayroq ostida birlashamizmavzusida videoroliklar tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlov 3 bosqichda:

1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida,15-noyabrdan 20-noyabrga qadar;
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy), 20-noyabrdan 22-noyabrga qadar;
3-bosqich – Respublika (Agentlik) miqyosida, 25-noyabrdan 1-dekabrga qadar boʻlib oʻtadi.

❗️Ishtirokchilar diqqatiga:

Taqdim etiladigan videoroliklar tanlov mavzusiga hamda tanlov oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalariga mos kelishi kerak;

Videorolik syujeti original bo‘lib, boshqa videoroliklarning syujet va g‘oyasini takrorlamasligi kerak;

Ijodiy ish baholanishi jarayonida musiqali fon, videoeffektlardan foydalanilganligi, tomoshabinda tuyg‘u va tasavvur uyg‘ota olishi, kreativlik, ishning uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi, badiiy va texnik darajasi, efirga uzatish imkoniyati ham hisobga olinadi.

Tanlov iqtidorli va ijodkor yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish orqali ularda Vatanga sadoqat, Vatan bayrog‘i bilan faxrlanish va yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirish, jahon internet tarmog‘ida Oʻzbekiston va oʻzbek xalqi milliy qadriyatlariga oid kontentni ko‘paytirish va targ‘ibot qilish kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichida yuqori (1-, 2-, 3-) o‘rinni egallagan o‘quvchilar ta’lim muassasasi va hududiy boshqarmalar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan o‘quvchilar ta’lim muassasasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi Agentlik tashkiliy qo‘mitasi tomonidan oʻtkazilib, 1-2-3-oʻrinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarning eng sara ijodiy ishlari agentlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM