Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.4K subscribers
20.3K photos
2.59K videos
72 files
7.45K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
"Yosh fermer" loyihasi doirasida Nukusda biz oziq-ovqat xavfsizligi sohasida duch kelayotgan xavf-xatarlar, iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga qanday tahdid solishi, hosildorlikni pasaytirishi va ocharchilikni oshirishi haqida eslatib turuvchi kun — Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Qoraqalpog‘istonlik g‘oliblarga Yashil bayroqni qo‘lga kiritgan O‘zbekistondagi yana 8 ta maktab o‘quvchilari onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.

Bo‘lajak COP-29 ga bag‘ishlangan eko-festival turli voqealarga boy bo‘ldi: "Yosh eko-chempionlar" dasturi yetakchilari Qoraqalpog‘istonda Yoshlar jamoatchilik ekologik nazoratini yo‘lga qo‘yish tashabbusini taqdim etdilar. Ular tuproq holatini o‘rganish, organik chiqindilar va barglarni biogumusga qayta ishlash ko‘nikmalarini egalladilar, barqaror issiqxona xo‘jaligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etdilar, mevali bog‘ ekdilar, "daladan dasturxongacha" oziq-ovqat yo‘lini qisqartirish bo‘yicha o‘z usullarini taklif qilgan holda bahs-munozaralarda qatnashdilar. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha nutritsiologlarning mahorat darslarini tingladilar va barcha mehmonlarni hayratga solgan qizg‘in fleshmob namoyish etdilar. Tadbirda Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan FAO tomonidan e’lon qilingan plakatlar tanlovining taqdimoti o‘tkazildi, unga arizalar qabul qilish 8-noyabrga qadar davom etadi.

Ta’lim eko-festivali doirasida "Zamin Creative" inklyuziv studiyasining "Tanho qayiq" nomli teatrlashtirilgan spektakli namoyish etildi va avstriyalik fotosuratchi Klaus Pixlerning "Fermadan qutigacha" fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazmada oziq-ovqat mahsulotlarining buzilib borishining turli bosqichlari tasvirlangan hayratlanarli va ayni paytda noxush tasvirlar namoyish etilgan. Bekorga yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bag‘ishlangan ushbu fotoko‘rgazma juma kunigacha davom etadi.

#EcoSchoolsUzbekistan #YoungFarmer #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Zamin Foundation
Bugun, Xalqaro iqlim kunida Toshkentda yoshlar va hukumatlar o‘rtasidagi muloqot uchun samarali xalqaro platformaga aylanadigan Global yoshlar festivali boshlandi, unda yosh ishtirokchilar barqaror rivojlanish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechimlarni taklif qiladilar.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Raqamli "yashil" tashabbuslar haftaligi ochilishida ishtirok etib, u yerda bolalar bilan birgalikda ekologik loyihalar va startaplar bilan tanishdi, recycle-buyumlar yaratish bo‘yicha mahorat darslarida qatnashdi.

Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollar bilan suhbatlashdi. Shuningdek festivalning jajji mehmonlari bilan birga kitob mutolaa qildi, "Yashil Makon" va "Bek va Lola" animatsion multfilmlarini tomosha qildi. Barcha hohlovchilar shu hafta oxirigacha Yapon bog‘ida ushbu multfilmlarni tomosha qilishlari va shinam muhitda kitob o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

Festival har bir hafta uchun alohida to‘rtta mavzuni qamrab oladi hamda15-maydan 30-iyungacha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadi. Keng ko‘lamli tadbirda 50 dan ortiq mamlakatdan 300 dan oshiq xalqaro tashkilotlar hamda yoshlar tuzilmalari vakillari, mutaxassislar, ekspertlar va eko-yoshlar ishtirok etmoqda.



Сегодня, в Международный день климата, в Ташкенте стартовал Глобальный молодёжный фестиваль, который станет действенной международной платформой для диалога между молодёжью и правительствами, в ходе которого молодые участники будут предлагать инновационные решения, направленные на устойчивое развитие и улучшение экологической ситуации.

Председатель Попечительского совета Фонда Zamin посетила открытие Недели цифровых «зелёных» инициатив, где вместе с ребятами познакомились с экологическими проектами и стартапами, участвовали в мастер-классах по созданию recycle-изделий.

Зироат Мирзиёева пообщалась с молодыми экоактивистами и присоединилась к самым маленьким гостям фестиваля, чтобы вместе почитать книги и посмотреть анимационные мультфильмы Yashil Makon и «Бек и Лола», которые все желающие смогут увидеть и почитать в уютной обстановке Японского сада до конца этой недели.

Фестиваль охватит четыре тематические недели и будет проходить с 15 мая по 30 июня в Ташкенте, Республике Каракалпакстан и Самаркандской области. В масштабном мероприятии принимает участие более 300 представителей международных организаций и молодёжных структур, специалистов, экспертов и экомолодёжи из более, чем 50 стран.

#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌊 Suv yo‘qolganda, umid ham yo‘qolishi mumkin.

⛏️ Ammo biz harakat qilmoqdamiz. Biz yechimlar topmoqdamiz.

🌲 Orol dengizining qurigan tubi maydoni 6 million gektarga yaqin, shundan O‘zbekiston hududida 3,2 million gektar. Bu yerda 2018-yil dekabr oyidan boshlab keng ko‘lamli o‘rmon barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 2 million gektar maydonga daraxtlar ekildi. Ishlar davom etmoqda.

🎯 Bir hudud. Bir maqsad. Bir kelajak.

~~~

🌊 Когда исчезает вода, может исчезнуть и надежда.

⛏️ Но мы действуем. Мы находим решения.

🌲 Площадь осушенного дна Аральского моря составляет около 6 миллионов гектар, из них на территории Узбекистана — 3,2 миллиона гектар. Здесь, начиная с декабря 2018 года начали проводиться крупномасштабные работы по посадке лесных насаждений. И сегодня уже высажено 2 миллиона гектар. Работа продолжается.

🎯 Один регион. Одна цель. Одно будущее.

#GlobalYouthFestival #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

Siz har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishi natijasida 600 millionga yaqin odam kasallanishini bilarmidingiz? JSST ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan taxminan 420 ming kishi, jumladan, besh yoshgacha bo‘lgan 125 ming nafar bola halok bo‘ladi.

☝️ Mazkur raqamlar shunchaki oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi savodxonlikni oshirish muhimligini anglatadi. Bu haqda bugun Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabida suhbatlashdik.

🥗 "Yosh fermer" loyihasi doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi sohasida ta’lim, fan va texnologiyalar yakdilligi muhimligini muhokama qildik. Maktab o‘quvchilari interaktiv mashg‘ulotlar, ma’ruzalar va ko‘rgazmali taqdimotlarda qatnashdilar va asosiysi, oziq-ovqat ta’minoti zanjirining barcha ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchilardan tortib iste’molchilargacha xavfsizlik standartlariga rioya qilishning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarini oshirdilar.

🥞 Mutaxassislar oziq-ovqat xavfsizligi nafaqat salomatlik masalasi, balki ta’lim sifati va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi ham ekanligini ta’kidlashdi.

❗️ Siz ham bu haqda o‘yab ko‘ring!

~~~

👋😊 Всем привет!

Вы знали, что каждый год около 600 миллионов человек заболевают из-за употребления небезопасных продуктов питания? По данным ВОЗ, из них погибает порядка 420 тысяч человек, включая 125 тысяч детей младше пяти лет.

☝️ Эти цифры просто кричат о важности повышения осведомленности о безопасности пищи. Об этом мы поговорили сегодня в средней школе №9 Юнусабадского района Ташкента.

🥗 В рамках проекта «Юный фермер» совместно с МДШО и Продовольственной и сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО) мы обсудили важность единства образования, науки и технологий в сфере безопасности пищевых продуктов. Школьники участвовали в интерактивных занятиях, лекциях и наглядных презентациях и, что важно — повысили свой уровень знаний о важности соблюдений стандартов безопасности всех участников цепочки поставок продовольствия: от производителей до потребителей.

🥞 Эксперты подчеркнули, что безопасность питания — это не только вопрос здоровья, но и качество образования и экономическая стабильность страны.

❗️ Задумайтесь об этом и вы!

#WorldFoodSafetyDay #ЮныйФермер #EcoSchoolsUzbekistan

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM