Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
45.8K subscribers
17.5K photos
2.26K videos
70 files
6.53K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Termiz_Prezident_maktabi

⚡️TERMIZDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

Bugun, 1-noyabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida yangi o'quv yiliga start berildi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi:

- Sifatli ta'lim va malakali kadrlar mamlakatning rivoj topishidagi eng muhim omil hisoblanadi. Umid qilamaki, bugun mening qarshimda turgan siz yoshlar ertaga yurtimiz taraqqiyotining yangi davrini boshlab berasizlar. Hammangizga bu yo'lda zafar yor bo'lsin.

📌Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov va jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, o'quvchilarni yangi o'quv yili bilan tabriklashdi va kelgusi ishlarida omad tilashdi.
__________
A new academic year has begun at the Presidential School in Termiz. At the event, the head of the Agency Hilola Umarova, the Hokim of Surhandarya region To'ra Bobolov and members of the community congratulated the pupils.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️ Surxondaryo viloyatida “Yangi Oʻzbekiston - maʼrifatli jamiyat” shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviyat festivali doirasida Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir jarayonlaridan videolavha.

🌐Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE
#Jarayon
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida imtihon haftaligi boshlandi.

🎥Ushbu videorolik orqali imtihon jarayonlari bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bizning_shunday_o‘quvchilarimiz_bor
#Termiz_shahri

⚡️Prezident
ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchilari 2022-yil holatiga ko‘ra qayd etgan natijalar sarhisobi.

Xalqaro IELTS imtihonidagi natijalari
:
Abdug'afforov Bobur-7 ball
Xo'jayev Asror-7 ball
Boyqobilov Zayniddin-6.5 ball
Ziyoqulova Aziza-6.5 ball
Sayfiddinova Nurjahon-6.5 ball
Abdumurodova Mo'tabar-6.5 ball
Eshdavlatov Behruzbek-6.5 ball
Ergashova Moxidil-6.5 ball
Jumakulov Salmon-6 ball
Shokirova Ruxshona-6 ball
Eshmamatov Bobur-6 ball

Xalqaro SAT imtihonidagi natijalari
:
✔️Xo'jayev Asror-1330
✔️Eshdavlatov Behruzbek-1280
✔️Ko'charova Fotima-1280
✔️Qurbonov Quvonchbek-1240
✔️Abdumurodova Mo'tabar-1230
✔️Abduxakimov Jahongir-1230
✔️Jummayev Muhammadjon-1190
✔️Boyqobilov Zayniddin-1160
✔️Abdug'afforov Bobur-1110

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Aziza Muxtorova chalqancha suzish bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" sohibasi bo‘ldi.

📣Joriy yilning 21-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston kubogi" musobaqasida Termiz shahridagi Prezident maktabi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi (suzish bo‘yicha) Muxtorova Aziza faol qatnashib, 50 metrga chalqoncha suzish bo‘yicha 30.01 natijani qayd etdi va faxrli I o‘rinni egalladi.

❗️U, shuningdek,100 metrga erkin suzish bo‘yicha ham 1.00.24 natijani ko‘rsatib, III o‘rin sohibasiga aylandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Liderlar_haftaligi
#Termiz_shahri

📣Joriy yilning 7-10-fevral kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.

🔰Seminar-treningning 1-kuni
Termiz shahridagi Prezident maktabida Termiz shahrida joylashgan 27 ta umumta’lim maktablarining direktorlari jam bo‘lishdi.

Ushbu seminar-treningdan ko‘zlangan maqsad, Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

⚡️
Termiz shahridagi Prezident maktabida "I am a future entrepreneur" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida "Biznes asoslari" fani o‘qituvchilari Dr. Eric Embang hamda Abdug‘affor Shomirzayev tomonidan tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

⚡️Iqtidorli yoshlar — millat g‘ururi, mamlakat tayanchi!

📣
Termiz shahridagi Prezident maktabining iqtidorli o‘quvchilari hamda fidoyi o‘qituvchilarining tashabbusi bilan maktabning ilk – “BUZZ” deb nomlangan jurnali nashr etildi.

2023-yil 23-fevral kuni
Termiz shahridagi Prezident maktabi Amfiteatrida ushbu jurnalning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va jurnalning chop etilishida beminnat xizmat ko‘rsatgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yangi jurnal – BUZZga ulkan zafarlar, tashkilotchilariga esa muvafaqqiyatlar tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Termiz

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.


Uchrashuvlar doirasida Hilola Umarova Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, muassasa jamoasi va bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yaxshilash kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuningdek, Hilola Umarova maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va to‘garakka a’zo qizlar bilan muloqot qildi.

Vazir Surxondaryo viloyatida bog‘cha yoshidagi bolalarni gimnastika to‘garaklariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi hamda o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda Termiz shahrida 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning barchasida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur to‘garaklar “Sog‘lom zurriyod” shiori ostida tashkil etilgan, darslar malakali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM