Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.3K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.65K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 19-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga,
Ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati bugun tugaydi.

📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📊 Ushbu arizalarning 20-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

❗️Eslatib o’tamiz, bugun hujjatlar qabulining oxirgi kuni.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#statistika

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi.

📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#ishchi_guruh
#Samarqand

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 2-son, Pastdargʻom tuman 2-son hamda Nurobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#ijodiy_imtihon

⚡️IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

Bugun, 27- iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish uchun kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❗️Ushbu ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 5 511 ta ariza qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi

🗣 Imtihon jarayonlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#ijodiy_imtihon

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazilayotgan kirish imtihonlarining 1-bosqichi yakunlandi.

Eslatib oʻtamiz:
Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Qashqadaryo viloyati Qarshi, Qamashi, Kitob, Yakkabogʻ hamda Koʻkdala tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Agentlik tizimidagi maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladigan obyektlarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Shuningdek, A.Ubbiyev Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham boʻlib, taʼlim maskaniga yangi oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olishni koʻzda tutuvchi kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlarini yaqindan kuzatdi.

Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#press_tur
#qabul_2024

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI OʻTKAZILADIGAN UZEKSPO MARKAZGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan OAV vakillari uchun o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga oʻquvchilar hujjati qanday tartibda topshiriladi?

Oʻquvchilarning hujjatlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga oʻquvchilar hujjati qanday tartibda topshiriladi?

Oʻquvchilarning hujjatlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga oʻquvchilar qabul qilishda jins chegarasi bormi?
Mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilar qabul qilishda jins chegarasi yoʻq. Yaʼni, boks yoki gimnastika bilan professional shugʻullanish istagida boʻlgan oʻgʻil-qizlar ushbu sport maktablarining tegishli sinflariga qabul uchun hujjat topshirishlari mumkin.


Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida hududlardan kelgan oʻquvchilar uchun yotoqxona mavjudmi?
Ushbu ixtisoslashtirilgan sport maktablarida hududlardan kelgan oʻquvchilar uchun yotoqxona mavjud.


Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida
qaysi fanlar chuqurlashtirib oʻtiladi?
Mazkur ixtisoslashtirilgan sport maktablarida O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy til oʻrgatiladi.


☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun qaysi sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi?
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 5–6 hamda 9–10-sinflarga oʻquvchilar qabuli amalga oshiriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.


Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan, ammo fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning farzandlari hujjat topshira oladimi?

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sport maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Shuningdek, chet el fuqarolarining farzandlari sport maktablariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.


Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga turli viloyatlardan o‘quvchilar hujjat topshira olishadimi?

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.


☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun qaysi sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi?
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflarga uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.


Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan, ammo fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning farzandlari hujjat topshira oladimi?

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sport maktablarida taʼlim olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Shuningdek, chet el fuqarolarining farzandlari sport maktablariga Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.


Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga turli viloyatlardan o‘quvchilar hujjat topshira olishadimi?

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.


☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qanday tartibda imtihon topshiriladi?

Mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.

Birinchi bosqich:
umumiy jismoniy tayyorgarlik – 6 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 30 ball beriladi);
maxsus jismoniy tayyorgarlik – 3 ta yo‘nalish bo‘yicha (jami topshiriqlar uchun 70 ball beriladi).

Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
60 m. masofaga yugurish;
1000 m. masofaga yugurish;
turnikda tortilish;
past turnikda 90° tortilish;
turgan joyidan uzunlikka sakrash;
oldinga egilish.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
soya bilan jang;
qoplar bilan ishlash;
sparing tushish.

Ikkinchi bosqich (test sinovlari):
5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi)

📆 Eslatma, hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#7_avgust_25_avgust
#soʻragan_edingiz

⚡️ Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul kvotasi tasdiqlandi

📝 Yuqoridagi jadval orqali belgilangan qabul kvotalari bilan tanishishingiz mumkin.

Izoh: Sport maktablariga hujjat topshirgan talabgorlar soni hamda qabul imtihonlari natijalariga ko‘ra qabul kvotalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

❗️Diqqat! Sport maktablariga 2022/2023-o‘quv yilida qabul qilingan o‘quvchilar saralash imtihonlarisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM